9-variant
O‘rta Osiyoning muste davri xususiyatlarini izohlab bering?
Xarappa madaniyati
Bronza davri madaniyatlari tavsifi
Mustye madaniyati, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-asrning 60-yillarida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaningjanubi-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi bilan fangakirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos boʻlib, ular yogʻoch yoʻnish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, oʻroq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirgʻich, pichoq hamda suyak qurollar paydo boʻlgan. Mustye davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) oʻzgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq boʻlgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi oʻzgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini taʼminlaydi. Olovni saqlab qoʻyishdan uni ishqalash yoʻli bilan hosil qilishga oʻtilishi Mustye davrining muhim yutugʻidir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Mustye madaniyatida gʻor va ochiq manzil-gohlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shimoliy bugʻusi kabi hayvonlarni ovlab, isteʼmol qilishgan hamda terimchilik bilan shugʻullangan. Mustye davri qarorgohlarida oʻchoq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy eʼtiqodlar turila boshlaganini koʻrsatadi. Mustye madaniyati yod-gorliklari Yevropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda topib tekshirilgan.Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori,Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
2
Hind vodiysi tamadduni — jez davriga oid yuksak rivojlangan shahar madaniyati (mil. av. 2500—1800 yillar). Hindistonning qad. aholisi — dravidlartomonidan yaratilgan deb taxmin etiladi. Hindiston va Pokistonning Hind daryosi vodiysi va unga koʻshni viloyatlardagi ulkan hududga (300 ming kv. km maydonga) tarkalgan.Xarappa savdo koloniyasi manzilgohi, Shim. Afgʻonistonda — Amudaryoning soʻl qirgʻogʻidagi Shoʻrtoʻqay qishloq xarobasidan aniklangan. Xarappa madaniyati aholisi dengiz vaquruklik orqali Mesopotamiya va Oʻrta Osiyo bilan qizgʻin savdo aloqalari olib borgan. Xarappa madaniyatining iqtisodiy asosini sugʻorma dehqonchilik, shuningdek, uychorvachiligi va hunarmandchilik tashkil etgan. Bu madaniyatga oid 2 asosiy shahar — Mohenjo Daro va Xarappada olib borilgan qazishma ishlari shaharsozlik sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi. Bu shaharlarning aholisi 100 ming kishiga yetgan. Shaharlar reja asosida qurilib, qalʼa (ark) va quyi shahar kismidan iborat boʻlgan shahar koʻchalariga pishiq gʻisht yotqizilgan, ariqlar oʻtkazilgan. Kengligi 10 m ga yetgan koʻchalar qatʼiy toʻrtburchak hosil qilib oʻzaro kesishgan. Koʻchalarning har 2 tomonida pishiq gʻishtdan ishlangan 2 va hatto 3 qavatli binolar qad. koʻtargan; ularning suv taʼminoti va kanalizatsiyasi tizimi puxta ishlab chiqilgan. Badavlat shaharliklar uylarida 30 tagacha xona boʻlgan. Xarappaliklar uzunlik va ogʻirlik oʻlchov birliklari tizimidan xabardor boʻlishgan. Xarappa madaniyati aholisining original yozuvni kashf etgani ushbu madaniyatning yorqin yutuqlaridan biridir. Bu yozuv bitilgan mingdan ortiq muxr, shuningdek, sopol va metall buyumlar topilgan, lekin, ularni hanuzgacha oʻqishga muvaffaq boʻlinmagan. Prof. Yu. Knorozov rahbarligidagi olimlar tomonidan matematik metodlar qoʻllanishi natijasida yozuv oʻngdan chapga yoʻnalgani va protodravidlarga mansubligi aniqlangan. Xarappa madaniyatining halokatga uchrashi (hasidoriylar istilosi, ekologik sharoitning oʻzgarishi, bezgak epidemiyasi) sabablari nomaʼlum.
3 Bu davr metallurgiya taraqqiyotining to'rtinchi bosqichi-misni eritib, boshqa bir metall bilan eritishsh asosi bronza ko'tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O'rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo'lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yaroglarining paydo bo'lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarhal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo'lishi, qabilalar o'rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi.
Ammo, jamiyat taraqqiyoti O'rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar, xususan, cho'l hududlari ancha orqada qolib ketgan. Xojalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shugullanuvchi aholi to'plangan hududlar paydo bo'ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shugullanuv-chi aholi yashasa, shimoliy va sharqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo'lgan chorvador qabilalar yashab, ular xojalik va madaniyat shakllariga ko'ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo'lishgan.
Shunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sugorish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o'rnini hayvonlarga omoch qoshilgan qaydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mamahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish, kulolchilik, toshni qayta ishlash, toqimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental memorchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e'tibor kuchayadi.
O'rta Osiyoning bronza davri mil.avv. III ming yillikning ikkinchi choragida mil.avv. II ming yillikning oxirlarga qadar bo'lgan davr doirasida davrlashtirib kelingan. Lekin, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik markazlaridagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida amalga oshirlgan ko'plab radiokarbon tekshiruv natijalari mintaqada bronza davrining sanasi biroz qadimiylikdan iborat bo'lganligini ko'rsatmoqda. Shunga ko'ra olingan kalibrli tekshiruv natijalariga asoslanib O'rta Osiyoning janubiy o’troq dehqonchilik hududining bronza davri arxeologik majmualarining quyidagi xronologiyasi taklif etiladi.
/r
|
Bronza davri bosqichlari
|
Arxeologik majmualar
|
Davri
|
1
|
Ilk bronza
|
Nomozgoh 4
|
mil.avv. 2900-2400 yy.
|
2
|
Rivojlangan
|
Nomozgoh 5
|
mil.avv. 2300-1900 yy.
|
3
|
So'nggi
|
Nomozgoh 6
|
mil.avv. 1900-1400 yy.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |