1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant



Download 239,94 Kb.
bet7/71
Sana28.06.2022
Hajmi239,94 Kb.
#715295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
1-58 arxeologiya

5-variant

  1. Arxeologiya davrlashtirishning ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Paleolit davri tosh qurollari to‘g‘risida ma'lumot bering?

  3. Yevrosiyoning shimoliy hududidagi eneolit davri madaniyatlari

\1


Rimlik antik davri mutafakkiri Lukresiy Kar (mil.avv. I asr) o'z davrida insoniyat tarixini tosh, mis, bronza, temir davrlariga bo'lgan. Bu davrlashtirish zamonaviy arxeologiyada ahamiyatini saqlab qolgan. Arxeologiya fan sifatida XIX asrda toliq shakllangandan keyin garblik arxeologik olimlar o'zlarining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanib, ibtidoiy davr va davlatlar paydo bo'lishining ilk bosqichlariga oid davrlarini ishlab chiqishadi. Hozirgi paytda insoniyatning qadimgi davr tarixini tosh (paleolit, mezolit, neolit), paleometall (eneolit, bronza), temir va o'rta asrlariga bo'lib o'rganish an'anasi qabul qilingan. Ular o'z navbatida kichik davrlar va bosqichlardan tashkil topgan. Kishilik jamiyati tarixi davrlarini belgilashda nisbiy va mutloq davrlashtirish usullaridan foydalaniladi.
Nisbiy davrlashtirish usuli yodgorlikning aynan bir madaniy qatlami yoki qatlamlari va ulardan olgan ashyoviy manbalarning ma'lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda qollaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning ishlangan ashyosi, yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma'lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlariga (ilk, o'rta, so'nggi) tegishli ekanligi togrisidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davrni aniqlashda o'ziga qadar o'rganilgan madaniyatlar yoki yodgorliklar aniq natijalariga tayanilib, ular bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Mutloq davrlashtirish esa voqea va hodisaning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik) ni aniqlab beradi. Mutloq davrlashtirishda yozma manba ma'lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma'lumotlari asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Davrlashtirishning bunday usulidan yozuv paydo bo'lgandan keyingi tarixini ayniqsa, qadimgi va o'rta asrlar davrlarini aniqlashda yaxshi natija beradi.
Mutloq davrlashtirishning boshqa bir turi tabiiy-ilmiy usullar bo'lib, ulardan ibtidoiy tarixning mutloq sanasini aniqlashda keng foydalaniladi. Bular uran-toriy, termolyuminisisent, kaliyargon, radiokarbon (radiouglerod), arxeomagnit, dendroxronologik va boshqalardan iborat. Uran-toriy, termolyuminisisent, kaliyargon usullaridan million va undan ortiq bo'lgan davrlarni belgilashda, radiokarbon usulidan esa 40-50 ming yilgacha davrlarni aniqlashda foydalaniladi.
2 Olduvay davrida asosan qopol uchirilgan uzunchoq (sferoid) qurollardir. Ular go'sht va o'simlik mahsulotlarini maydalash maqsadida foydalanilgan. Uchinchi turdagi tosh quroli “chopper” (ing. - kesuvchi) tomondan urib-uchirish asosida yasalgan bo'lib, kesish va chopish maqsadlarida foydalanilgan. Ishlov berilmagan yuqori qismi ushlash uchun qulay bo'lgan. Keyinchalik ikki tomondan urib uchirilgan “chopping” lar paydo bo'ladi. Olduvay davri tosh qurollari orasida nukleuslar muhim o'rin egallaydi. Nukleus - toshning mehnat quroli yasash maqsadida tabiiy qobigi uchirib olingandan keyingi holati bo'lib, undan tosh qurollari yasash uchun bo'lakcha ko'chirib olish bilan bir vaqtda o'zidan qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan. Olduvay bosqichi tosh qurollarining o'lchami 8-10 sm. ni tashkil etgan. Ayrim arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishga ko'ra olduvayliklar dastlabki qol choqmoridan foydalanishgan. qol choqmori zamonaviy tadqiqotlar davomida aniqlangan ashyoviy dalillarga ko'ra taxminan 1,5 mln. yilliklarda paydo bo'lgan ekan. Tosh qurolining bunday turi arxeologiya fani tilida “bifas”, deb ataladi. Dastlabki qol choqmorlari yirik (uzunligi 35 sm. gacha) oval yoki bodomsimon shaklga ega bo'lgan ogir mehnat quroli hisoblangan. Yuqori qismi keng va pastga tomon torayib, o'tkir uch hosil qilgan bu qurol bilan o'ng qolda zarba berilib, nisbatan ogir vazifalar bajarilgan. Bunday turdagi tosh qurollari majmuasiga nisbatan “Olduvay madaniyati” atamasi arxeologiya fani sohasida keng qollaniladi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Gruziya respublikasidagi Dmanisi shaharchasi yaqinidagi ilk tosh davriga oid makondan ham tosh davrining ibtidoiy odamining eng qadimgi vakillariga tegishli suyaklar topib o'rganilgan bo'lib, uning mutloq sanasini mil.avv. 1600 yilliklar bilan sanalangan. Bu bevosita insoniyatning Olduvay davrining oxirgi bosqichlaridan boshlab ibtidoiy odamlar Sinay yarim oroli orqali Yaqin Sharq hududlariga o'ta boshlaydi. Bu hudud fauna va florasi hozirga ancha yaqin bo'lgan. Bundan 2 million yillar avval Sharqiy O'rta yer dengizi atroflari hududlaridagi yerlarlarda villafrank faunasiga xos fil, etrusk nasorgi, gippopatam, timsoh va shular kabi issiqsevar hayvonlar yashagan. Bu davrda yer yuzining relefi ham hozirgidan ancha farq qilib, nisbatan past va tekis bo'lgan. Dengiz atrofi hududlari savannani eslatgan. Taxminan ikki milion yillar avval tog tizmalarining ko'tarilishi va toglar oraligi vodiylarining pasayish jarayoni faollashadi. Toglarning ko'tarilishi va eroziya jarayoni natijasida tabiiy gorlar ochib, keyinchalik qadimgi odamlar panoh topish imkoniyati paydo bo'ladi. Bunday qulay tabiiy sharoit so'nggi olduvay davri ibtidoiy odamlarining ushbu hudud bo'ylab keng tarqalishiga imkon yaratgan. Suriya va Livanning dengiz bo'yi hududlaridagi ibtidoiy makonlardan choppinglar va ularni yasashda hosil bo'lgan ko'plab mayda uchirindilar topilgan. 

Download 239,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish