2
Paleolit (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari P.ning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk P. davriga mansub qator noyob yodgorliklar to-pilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk P. davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5— 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk P. davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Ilk P. yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, [[Koʻlbuloq manzilgohida, Jan. Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbuloq manzilgohida eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk P. odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi (qarang [[Koʻlbuloq manzilgohi). Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qad. odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.
Paleolitshunoslik tobora yangi noyob yodgorliklar bilan boyib, paleoantropologik topilmalarni har tomonlama sinchiklab chuqur tadqiq etilishi bilan nafaqat arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari kengayib, davri qadimiylashtirildi, balki, ularning bevosita avlodlari borasida fanda yangi fikr-mulohaza va gʻoyalar paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
Yuqori P. miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 yilda Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.
3 M.a. III ming yillikda Elamdagi iqtisodiy va ijtimoiy tashkilotning asosiy shakli barcha erkin shaxslar kirgan va oqsoqollar tomonidan boshqarilgan qishloq jamolari edi. Ammo m.a. II ming yillikdan boshlab qul mehnatidan foydalaniladigan xususiy xo’jaliklar jadal rivojlana boshladi. Qishloq jamolarining o’rniga paydo bo’lgan qarindoshlardan tashkil topgan uy jamoalari ham mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi tufayli bora-bora o’z ahamiyatini yo’qotdi. Elamning siyosiy tarixi Mesopotamiya tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Ikki davlat bir-birlari bilan urushlar olib borgan, tinchlik shartnomalarini tuzgan hamda qizg’in savdo va madaniy aloqalariga ega bo’lgan. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlati tarkibida bo’lgan. M.a. XXII-XXI asrlarda Urning III sulolasi davrida ham Elam Ikkidaryo oralig’ining hukmronligi ostida bo’lgan, biroq XXI asrning ikkinchi yarmida mustaqillikka erishgan. M.a. XIV asrdan m.a. XII asrgacha Elam bobilliklarga qaram bo’ladi. M.a.XII asrda Elam mustaqilligini qo’lga kiritib, hatto Bobilning ko’plab shaharlarini bosib olgan. Eronning o’zida Elam janubda Fors ko’rfazidan shimolda hozirgi Hamadon shahrigacha bo’lgan hududlarda hukmronlik qilgan. M.a. VIII asrda uzoq davom etgan Ossuriya – Bobil urushlarida Elam bobilliklarning ittifoqchisi bo’lgan. Urush so’ngida Elamning mag’lubiyati va Suzaning ssuriyaliklar tomonidan bosib olinishi bilan yakun topdi. M.a. 549 yilda urushlar tufayli zaiflashib qolgan Elam forslar tomonidan bosib olindi va o’z mustaqilligini yo’qotdi. Elam sivilizatsiyasi Qadimgi Eronning ma’naviy va madaniy hayotiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Elamliklar m.a. III ming yillikda piktografik yozuvni kashf etishdi. Hozirgacha o’qishga muvaffaq bo’linmagan protoelam yozuvida tushunchalar va so’zlarni anglatuvchi 150 ga yaqin asosiy belgilar mavjud edi. Protoelam yozuvida bitilgan sopol taxtachalar nafaqat Elam hududida (Suza, Anshan va h.k.), hatto Markaziy Erondagi Sialkda, Eronning janubi-sharqida (Tepa-Yahyo) ham topilgan. M.a. III ming yillikning ikkinchi yarmida Elamda chiziqli-bo’g’inli yozuv ixtiro qilindi. 80 ga yaqin belgilar yordamida turli mazmundagi 70 matnlarni yozish imkoni bo’lgan. III ming yillik oxiridan to m.a. V asrgacha elamliklar shumer-akkad mixxatidan foydalanganlar. Elam dini ham Mesopotamiya dini ta’sirida bo’lgan bo’lsada, o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan. Mamlakatning diniy markazi Suza bo’lgan. Elam xudolar panteoniga xudolar onasi hisoblangan Pinekir, Suza homiysi Inshushinaka, Xumban, quyosh xudosi Naxxunt kabi 37 ga yaqin ilohalar kirgan. Elamliklar m.a. IV ming yillikdayoq o’ziga xos san’at yaratishgan. M.a. II ming yillikda uning rivojiga Bobil san’ati katta ta’sir ko’rsatgan. Malika Napirasuning bronza haykali Elam san’atining nodir namunasidir. Elam me’morchiligining eng yirik yodgorligi m.a. XIII asrda Dur-Untash (hozirgi Choga-Zambil) yaqinida barpo etilgan, umumiy balandligi 42 metrni tashkil etgan zikkurat sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |