1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. Qadimgi Sin davlati davrida Xitoy



Download 1,53 Mb.
bet21/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

20-mavzu. Qadimgi Sin davlati davrida Xitoy
Reja:

  1. Sin davlati kuchayishi

  2. Sin Shixuandi islohotlari

  3. Sin davlatining tugatilishi.


Mil.avv. IV asrda boshqa davlatlarda ham davlat hokimiyatini mustahkamlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni barqaror qiladigan islohotlar o‘tkazildi. Amaldor Shan Yanning mil.avv. 350-yillarda o‘tkazgan islohoti natijasida Sin davlati qudratli davlatga aylandi. Shu davrdan boshlab Sin hukmdorlari bosqinchilik siyosatini olib bordilar. Qo‘shni davlatlarning ichki ziddiyatlari va o‘zaro urushlaridan foydalangan Sin vanlari qadimgi Xitoyning barcha davlatlari hududlarini bosib ola boshladilar.
Mil.avv. 246-yil Sin taxtiga 10 yoshli In Chjen chiqdi. Mil.avv. 238-yil yosh podsho Chjen o‘ziga qarshi fitnani fosh qildi. Mil.avv. 230-yil asosiy raqib bo‘lgan Xan podsholigini, mil.avv. 228–221-yillar oralig‘ida boshqa besh podsholiklarni bosib oldi. Mil.avv. 221-yil Shandun yarim orolidagi so‘nggi mustaqil davlat Si podsholigi bosib olinib, Xitoy o‘z tarixida ilk bor yagona davlatga birlashtirildi. Sin davlatining poytaxti Syanyan umumxitoy davlati poytaxti deb e’lon qilindi. Sin vani 28 yoshli In Chjen Sin Shixuandi («Sin sulolasining birinchi imperatori») unvonini qabul qildi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko‘ra, Ershi («Ikkinchi»), San’shi («uchinchi») va toki o‘n minglab avlodlargacha ular abadiy merosxo‘r bo‘ladilar», deb o‘z farmonida tantanali e’lon qildi. Ammo bu davlat bor-yo‘g‘i 14 yil yashadi.
Sin Shixuandi bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Shimolga yurish qilib, syunnu qabilalarini Xuanxe havzasidan haydab chiqardi. U Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamga yurish qildi. Qo‘shin bu yurishda juda katta talafot ko‘rdi. Qadimgi Ve’tnamning Namyue (Namvyet) va Oulo (Aulak) davlatlari rasman bo‘ysundirildi xolos. Sin davlatining poytaxti Chyanyan imperiya poytaxtiga aylantirildi.
Sin Shixuandi butun mamlakatda Shan Yan ko‘rsatmalarini yuritdi. Sin hududi zodagonlari imtiyozli mavqega ega bo‘lib, barcha davlat lavozimlarini egallab oldilar. Ieroglif yozuv unifikatsiya qilinib, soddalashtirildi. Barcha to‘la huquqli erkin fuqaro uchun qonun bilan «qoraboshlar» nomi belgilandi. Qullar bozori tashkil etildi.
Mamlakat hududi 36 yirik ma’muriy okrug (szyun)ga bo‘lindi. Har bir okrug uyezdlar (szyan)ga, uyezdlar volostlar (szyan)ga, volostlar esa bir necha jamoa (li)dan iborat edi. Okrug boshlig‘i (szyun shou) va okrug qo‘shin boshlig‘i (szyun vey) imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig‘i uyezd boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlarini tayinlagan. Har ikki lavozimga bir xil miqdorda maosh berilgan. Jamoa oqsoqollari (fulao yoki sanlao) saylab qo‘yilgan. Imperatorning ikki maslahatchisi (chensyan) bo‘lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. Imperatorning barcha farmonlarini hayotga tadbiq qilishga mas’ul bo‘lganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo‘limi va inspeksiya nazorat bo‘limlaridan tashkil topgan. Harbiy ishni imperiyaning barcha qo‘shinlarining qo‘mondoni (tayvey) boshqargan. Unga okrug harbiy boshliqlari bo‘ysungan. Moliya boshqarmasi boshlig‘i Chjisuneyshi deb atalgan. Sud boshqarmasi boshlig‘i tinveyning vakolatiga jinoiy qonunlarni bajarish va nazorat qilish kirgan. Imperator oilasi bo‘limi boshlig‘i (shaofu) imperator oilasi shaxsiy ehtiyojlarining ta’minoti bilan shug‘ullangan.
Qat’iy markazlashgan davlat boshqaruv apparatida eng quyi bo‘g‘inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat jamiyat hayotining barcha jabhalarini qat’iy bir qolipga soldi. Aholidan barcha qurollar tortib olinib, qo‘ng‘iroqlar quyildi. Mamlakat bo‘yicha yozuv, pul, tanga, o‘lchov birliklari, yo‘llarning kengligi, aravalarning o‘lchami unifikatsiya qilindi. Beqiyos shavqatsiz ruhda bo‘lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan. O‘lim jazosi barcha ayblar uchun qo‘llanilgan. Jinoyatchilar ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Mafkura ham bir xil qilindi; xususiy maktablar taqiqlandi; ta’lim davlat tasarrufiga o‘tdi. Eskilik to‘g‘risida fikrlash jinoyat deb qaraldi. Konfutsiy kitoblari yoqilib, 460 olim hukmdor farmoni bilan tiriklay yerga ko‘milgan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi davrda yozilgan asarlarni yo‘q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e’tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy ta’limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo‘q qilingan. Butun Xitoy aholisi og‘ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko‘rilmagan qurilish bo‘lgan: shimoldan xunnlardan himoya vositasi bo‘lgan 5 ming km uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorini bunyod qilishga kirishildi. Uzoq davom etgan istilochilik urushlari, Buyuk Xitoy devori, sug‘orish inshootlarining qurilishi, yo‘llar, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va shaharlar qurilishi ulkan xarajatlar, yuz minglab odamlarni qurbon qilish evaziga amalga oshirildi. Sin Shi Xuandi istilochilik urushlarini olib bordi. Shimolda 300 ming kishilik Xitoy qo‘shini xunnlarga zarba berdi. Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamni bosib olish uchun urush olib borildi. Xitoy qo‘shini ulkan yo‘qotishlar evaziga qadimgi Ve’tnamning Namvyet va Aulak davlatlarini rasman bo‘ysundirdi.
Epon imperator saroyi va tog‘ qoyatoshida o‘yib qurilgan imperator sag‘anasida o‘rtacha odam bo‘yi balandligida bo‘lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi. Xitoyning barcha hududlari aholisi bu qurilishlarga majburan, zo‘ravonlik bilan haydab kelindi. Sin Shixuandi mil.avv. 210-yil to‘satdan 48 yoshida vafot etdi. Uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat qo‘zg‘olonlar ichida qoldi. Qo‘zg‘olonchilar boshida dehqon yo‘lboshchilari va eski zodagonlarning vakillari turdilar. Qo‘zg‘olonchi guruhlardan birining omadli yo‘lboshchilaridan biri, oddiy jamoachilardan chiqqan Lyu Ban xalq harakati kuchlarini birlashtirdi. Harbiy ishga Sin hokimiyatining dushmanlari bo‘lgan merosiy zodagonlarni jalb qildi. Qo‘zg‘olonchilar mil.avv. 207-yil poytaxtni ishg‘ol qilib, Sin sulolasini hokimiyatdan mahrum qildilar.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish