1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


-mavzu. Shan va Chjou podsholigining ichki va tashqi siyosati



Download 1,53 Mb.
bet20/80
Sana22.03.2023
Hajmi1,53 Mb.
#920608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi(1)

19-mavzu. Shan va Chjou podsholigining ichki va tashqi siyosati
Reja:

  1. Qadimgi Xitoyda ilk davlatlar vujudga kelishining shart-sharoitlari.

  2. Shan-In davlati.

  3. Chjou podsholigi

Ma’lumki, Xitoyning sharqiy qismidagi qulay labiiy geografik muhit mazkur hududda ancha erta termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan chorvachilikka o‘tishga, nihoyat hunarmandchilik vujudga kelib rivoj topishiga shart-sharoit yaratdi. X o'jalikning bu uch tarm og'i m.av. IV—II mingyilliklarda astasekin rivoj topgan. Xuanxe, Yanszi va boshqa daiyo hamda soy bo'ylarida yashagan ziroatchi qabilalar dastlab ziroatchilikning motiga dehqonchiligi bilan shug'ullanib, bug‘doy. arpa, sholi, tariq, kunjut va boshqa dukkakli o‘simliklar ekib parvarish qilganlar. Chorvada qo'y, cchki, cholchqa va yirik shoxli qoramol asraganlar. Ular tosh va jezdan har turli mehnat qurollari yasab ishlatganlar. Keyinchalik esa hunarmand-dehqonlar yog'ochdan omoch yasab motiga dehcionchiligidan omoch dehqonchiligiga o'tgan. Omochga ulov qo‘shib yer haydab, ekin ekish mehnat unumdorligini bir necha hissa oshirgan. Bu davrda chorvachilik va hunarmandchilik rivoj topgan. Ilududda mehnatning birinchi buyuk ijtimoiy bo‘linishi sodir boigan. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan, savdo-sotiq ham rivoj topgan. Mazkur davrga kelib odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik, tabaqalanish shakllanib, Qadimgi Xitoyda ilk davlatning vujudga kelishi uchun shart - sharoit paydo bo’lgan.


Shan-In Xitoydagi eng qadimgi davlatlardan biridir. M.av. III mingyillikda Xitoydagi qabilalar tarqoq yashar cdilar. Xo'jalikning asta-sekinlik bilan rivojlanishi natijasida qabilalar birlasha boshlagan. M.av. II mingyillik boshlariga kelib Sya xonadoniga mansub kishilar qabilalarni birlashtirib, Sharqiy Xitoyda davlat barpo etganlar. Sya xonadoniga mansub podsholar kuchayib, boshqa qo'shni qabilalarni o'/lariga itoat ettirganlar. Sya sulolasining so‘nggi podshosi boshqa qabilalar ustidan zulmni kuchaytirgan. Shu davrda Xuanxe sohillariga ko'chib kelgan Shan qabilasi kuchayib, qattiq janglardan so‘ng syalarni vengib ularni o'zlariga itoat ettiradi. U lar Xuanxe daryosi havzasining katta qismini egallaydi. M. av. XVIII asrda Chen Tan degan kishi davlat tuzib, uni o’z qabilasi Shan nomi bilan ataydi. U yangi sulolaning asoschisi bo’lgan.
Mil. av. XVIII asrdan boshlab sulola Shan-In deb atala boshlagan. Bu davlatning povtaxti Shan shahri boigan. U-Din degan podsho davrida Shan-In davlati kuchayib, atrofdagi hududlarni bosib oladi Ammo XIII asr oxiri va XII asr boshlaridan boshlab Shan-In davlati kuchsizlatiib qoladi. Bundan foydalangan qo‘shni qabilalar birin-ketin Shan-Inga hujum boshlaydi va uning yerlarini bosib oladi. Shan-In podsholigi davrida xo'jalik ilgarigiga qaraganda ancha rivojlangan edi. Xitoyda ilk dehqonchilik jilg'a, soy etaklari va daryo bo'ylarida liman va qayr asosida shakllangan. Mazkur davr mobaynida mehnat qurollari takomillashgan, Shu bois mehnat unumdorligi oshgan. Keyinchalik mehnat qurollarining takomillashuvi tufayli sug'orma dehqonchilik ancha taraqqiy etgan. Odamlar daryolarga to’g'on, dambalai qurib, suv omborlari barpo etishgan. Kanallar qazib ekinzorlarni sug‘orishgan. Xitoy dehqonlari tariq, sholi, arpa, bug'doy, choy va boshqa donli ekinlar ekkanlar. Ular sabzavotchilik va bog’dorchilik bilan ham shug'ullangan. Tut ekib, ipak qurti boqqanlar. Ipak qui ti pillasidan ipak tolalari olganlar. Xitoyliklar ipak qurti boqish va ipakchilikning asoschisi hisoblanadilar.
Kulolchilikda qo'l charxi, to'qim achilikda esa to‘qimachilik dastgohi ishlatilgan. Ular ipak, jun va zig'ir tolalari304 dan ip yigirib ajoyib mato va gazlamalar to'qiganlar, ajoyib liboslar tikib kiyganlar. Xitoy ustalari tosh, yog'och, loy va xom g'ishtdan saroylar, ibodatxonalar, uylar va devorlar qurishgan. O‘sha davrda xitoyliklar savdoga ham katta ahamiyat bergan. Xitoydan tashqariga ipak, jun mahsulotlari, qurol-yarog' va boshqa buyumlar chiqarilgan. Chet mamlakatlardan esa jun. teri, qimmatbaho toshlar keltirilgan. Janubdan, ya’ni Yanszi havzasidan esa mis va qalay keltirilgan. Xitoyda dehqonchilik. chorvachilik, hunarmandchilik va savdo sotiqning rivojlanishi tabaqalanishni yanada kuchaytirgan. Odamlar asta-sekin boy-badavlat, o‘rtahol va kam bag‘al kishilarga ajrala boshlaganlar. Urushda asir tushganlar va qarzdorlar qullarga aylantirilgan. Shunday qilib, m.av. XVIII-XIII asrlarda Xitoyda dastlabki quldorlik davlati tashkil topgan. Bu davlat m. av. XIII asrgacha yashab, keyinchalik o‘z о 'm ini Chjou podsholigiga bo'shatib bergan.
Chjoular va ularning mashg‘ulotlari. Podsho U-Din vafotidan keyin Shan-In davlati kuchsizlana boshlaydi. Shan-Inga qaram bo‘lgan qabilalar mustaqil bo‘lib oladi. Shunday qabilalardan biri Xuanxe daryosining irm og'i Vey daryosi b o 'у lari da yashagan jangovar chjou qabilalari edi. Ular asosan chorvachilik, qisman dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan sbug'ullanib hayot kechirgan. Shan-In davlati kuchaygan vaqtlarida chjoular unga tobe bo'lib, boj-xiroj to ia r edilar. Shan-In davlati kuchsizlanganligidan foydalangan chjou qabila sardorlari Shan-Inga tez-tez hujumlar uyushtirib, shahar va qishloqlarini talab qaytganlar. Chjou qabilalari xo‘jalik va madaniyat jihatidan Shan-Inlaidan ancha orqada edilar. Chjou podsholigining tashkil topishi. M. av. XIII asr oxiriXII asr boshlarida chjou qabilalari hukmdor Chan - “Ma’rifatparvar hukm dor’ qo'l ostida birlashib kuchaygan. 305 M. av. 1027-yili Channing o'g‘li U-Van boshchiligidagi katta qo‘shin Shan-Inga bostirib kirgan. Shiddatli janglardan so'ng U-Van qo shinlari podsho Shou Sin boshliq Shan-ln qo'shinlarini tor-mor keltirgan. Bu mag'lubiyatdan so'ng podsho Shou Sin o'zini o‘zi o'ldirgan. Shundan keyin Shan-In davlati qulagan va Xitoyda C'hjou podsholigi tashkil topgan.
Mil. avv 1027-yili Chjou knyazi U Van, Shan podshosi Di Singa qarshi isyon ko‘tarib, Mu-e yonidagi jangda shanliklar ustidan g‘alabaga erishadi. Shan podshosi Di Sin poytaxti Chaoge shahriga qochib, o‘z saroyi “Kiyik minora”da joniga qasd qilgan. Dushman qo‘shini shaharga kirib kelib, U Vanni podsho deb e’lon qiladi. Shu tariqa Xitoyni 300 yil birlashtirib turgan Chjou davlatiga asos solinadi. Chjou Sharqiy va G‘arbiy Xitoyni nazorat qilib turishga erishdi. Shimoliy Xitoydagi bir-necha yirik qabilalar birlashtirildi. Bosib olingan yerlami U Van qarindosh urug’lari va tarafdorlariga bo‘lib beradi. So‘ngra taxtga U Vanning o‘g‘li yosh Chen-Van keladi. Hukmronligining dastlabki yetti yilligi davrida davlatni amakisi Chjou-gun boshqardi. Shanliklar isyoni bostirildi va ular o‘z yerlaridan ko‘chirib yuborildi. Ko‘chmanchi I qabilariga qarshi yurish qilindi.
Mil. avv. 996-yili taxtga Chen-Vanning o‘g‘li Kan-Van keladi. Qaram viloyatlar boshqamvi isloh qilinib, ulaming soni 55 dan 36 taga kamaytirildi va ixchamlashtiriladi. Yozma manbalaming ta’kidlashicha, (“Bambuk kitoblar”va “Shisszi”) Chjou davlatida tinchlik hukm surgan. Mil. avv. 977-yilda imperator vafot etadi. Keyingi imperator Chjao-Van janubdagi isyonlami bostirishga urinadi va yangi tuzilgan Chu podsholigi bilan urushda halok bo'ladi.
Chjou podsholari “shanfu”(yuz boshi) va “szay”(boshliq yoki to‘g‘irlovchi) unvonlariga ega bo‘lgan saroy a’yonlariga tayanib davlatni idora qilganlar. Podsho saroyi davlat boshqaruvining markazi hisoblangan. Davlat yerlarini nazorat qilish uchun podsho alohida mansabdor shaxsni tayinlar edi.
Mil. avv. VIII asr boshlarida Chjou davlatidan shimoli g‘arbda yashagan “jun” qabilalari talonchilik yurishlarini amalga oshiradilar. Chjou podshosi Yu-Van (mil. avv. 781-771-yy) ulami to‘xtatish uchun urush olib boradi. Chjouning o‘troq aholisi junlami varvar qabila sifatida ko‘rar edi.
Chjou (ayrim manbalarda G‘arbiy Chjou) davlatining poytaxti Xao shahridan Loi shahriga (zamonaviy Loyan) ko‘chirihshi bilan (mil. avv. 771-yilda) Sharqiy Chjou sulolasining davri boshlandi. Ammo bu davlat ham Chjouning avvalgi shuhratini tiklay olmaydi. Garchand podsho Syan-Van davrida ko‘chmanchilar bilan tinimsiz urush olib borilsada davlat kuchsizlanadi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish