1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O



Download 27,16 Mb.
bet215/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

Mantiqiy bomba (LB)

Xarbiy va fuqarolik infrastrukturalarining ob’ektlarini boshqarishni ta’minlaydigan axborot tizimlar va tarmoqlarga oldindan kiritib qo‘yiladigan dasturli qo‘shimchalar. Bomba signal bo‘yicha yoki belgilangan vaqtda ishga tushiriladi, zararlangan kompyuterdagi ma’lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, oqibatda uni ishdan chiqaradi.


5. «Troyan oti»

Mantiqiy bombaning bir turi. Bu yashirin ma’lumotlar olish uchun dushmanning axborot muhitiga yashirin, ruxsatsiz kirishni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturdir.



VositalarKompyuter viruslari va mantiqiy bombalarni fuqarolik va xarbiy axborot tizimlari hamda tarmoqlariga kiritishga, ularni masofadan turib boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bu vositalar xaqiqiy vaqt davomida doimiy ishlab turadigan izlab topish va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlariga katta zarar ko‘rsatadi. G‘arb ekspertlarining hisoblashlari bo‘yicha bunday tizimlar xususan SPRN (raketa xujumi xaqida xabar berish tizimi), PRO boshqaruv tizimlarining ishdan chiqarilgan vazifalarini tiklash mumkinligi juda ham past, shuning uchun ularning ishlariga aniq maqsad bilan buzib kirish ommaviy xujum qurolini qo‘llash oqibatlari bilan teng aloxida og‘ir oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.

INFOR odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata oluvchi, ularning xarakatlarini boshqaradigan INFOR. Matbuotda ilgari elon qilinganidek, Fors ko‘rfazi xududi urushi yakunlangandan keyin pentagonning ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlarida ishlab chiqilgan vositalar xaqida, xususan fazoda islom jafokashlarining galografik tasvirlarini yaratish imkonini beruvchi vosita yaratilganligi xaqida xabar berilgan edi, ular «osmondan turib o‘zi bilan bir dindagilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqiradilar». Bu vositalarni sinovdan o‘tkazish xozirgi kunlarda olib borilmoqda. 1993 yili fevral oyida cho‘l bo‘roni paytida Mogadisho (Somali) atrofida AQSh dengiz piyodasi jangchilari uncha katta bo‘lmagan balandlikda inson yuzi tasvirini ko‘rib qoladilar, u «faqatgina tanish yuz bo‘libgina qolmay Iso payg‘ambarning tasviri edi, butun dunyoda diniy kitoblarda, suratlarda va xaykallarda odatda tasvirlanadigan ko‘rinishda edi». Tasvir besh daqiqa davomida saqlanib turdi, lekin bu Amerika askarlari orasida kuchli xayajonlanish uchun yetarli bo‘ldi. G‘arb ekspertlari bu Somalida xarakatlar olib borayotgan Amerika qo‘shinlari psixologik operatsiyalar bo‘linmalari yaratgan «galografik surat» edi deb hisoblaydilar.

«VIRUS №-666» deb ataluvchi virus xaqida ham xabarlar bor, u EHM operatorining «psixofizik xolatiga» ta’sir ko‘rsatib uni o‘limga olib kelishi mumkin. Bu «qotil-virus» ekranga aloxida maxsus ranglar kombinatsiyasini chiqaradi, u odamni o‘ziga xos gipnotik karaxt xolatga tushiradi va unda shundan ongsiz qabul qilish keltirib chiqaradiki u yurak-qon tomir tizimining ishlashini keskin bosh miya tomirlarini ishlatmay qo‘yishgacha o‘zgartiradi.

Radioelektron bostirish (REP). Bu radioelektron kurashning aloxida turi (REB). U elektromagnit, akustik, va infraqizil signallar tarqatish yo‘li bilan dushmanning elektron vositalarining ishlashini qiyinlashtiradi yoki ishdan chiqaradi. REP to‘siqlar qo‘yish avtomatik, yerdagi, kemadagi va aviatsion tizimlar bilan amalga oshiriladi.

REPdan keng miqyosda foydalanish birinchi bor 1991 yili Qo‘shma Shtatlar tomonidan Fors ko‘rfazi xududidagi urushda «Saxroda bo‘ron» operatsiyasi paytida namoyish etilgan edi, buning natijasida amerikaliklar o‘z strategik maqsadlariga ancha tez erishadilar: Yaqin Sharqda neft zaxiralarini nazorat ostiga olish va bu regionda AQShning doimiy xarbiy joylashishlariga erishish. Bu urushda muvaffaqiyatga erishish zamonaviy REB vositalarini va yuqori aniqlikka ega qurollarni ommaviy ishlatish bilan ta’minlandi, uning yuqori samaraliligini ta’minlovchi asosiy elementlari ham elektron axborot tizimlar hisoblanadi. Operatsiya boshlanishidan bir necha kun ilgari kuchli REP natijasida Iroq xududida davlat va xarbiy boshqaruvi tizimlari, PVO tizimi va aloqa ishdan chiqarildi. Bu Iroqqa qarshi shunday kuchli radioelektron zarba, efirdagi to‘fon ediki, xatto sobiq ittiffoqning janubiy xarbiy okruglari ba’zi radio yo‘nalishlarida ham aloqa buzildi. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan AQSh qurolli kuchlari kompyuterli ta’minlanganliklarini baxolab amerikalik mutaxassislar Fors ko‘rfazidagi urush «kompyuterdagi funsiya kremniy raketadagi tonna urandan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan» birinchi urush bo‘ldi, deb aytadilar.

REP keyinchalik Yugoslaviya, Afg‘oniston va Iroqdagi urushlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shunday qilib, ko‘rsatilgan xodisa va voqealar radioelektron axborot qurol bizning davrimiz xaqiqati ekanini ko‘rsatadi. Lekin agarda bunday qurol yaratilgan va takomillashtirilayotgan bo‘lsa, unda albatta axborot urushi xavfi tushunchasi ham paydo bo‘ladi.Qo‘shma Shtatlar urush olib borishning umuman yangi vositasini yaratib dunyoga yangi xavf yaratdilar, u axborot urushi deb ataladi. «Axborot urushi» atamasi birinchi bor 1991 yili Amerika xarbiylari doirasida foydalanila boshlandi. Bu muammo bo‘yicha birinchi iy xujjat, balki «Axborot urushi» deb atalgan 1992 yili 21 dekabridagi AQSh mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bo‘lgan. Unda xususan «dushmanning qarshilik ko‘rsatganida Qurolli kuchlar boshqarmasi tizimida axborot vositalarini xar tomonlama hisobga olish zarurligi» ko‘rsatilgan. 1993 yilda Shtablar boshliqlari Komitetining №30 ko‘rsatmasida endi axborot urushini olib borish asosiy prinsiplari ko‘rsatib berildi (INFOV) va nixoyat AQSh armiyasi ustavi loyixasida axborot urushiga quyidagicha ta’rif berildi: «Milliy strategiya manfaatlarida axborot ustunlikka erishish uchun amalga oshirilgan va dushmanning axborotlari va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shu bilan bir vaqtda o‘zining axborotlarini ximoya qilish xarakatlari». Xozirgi davrda axborot urushiga tayyorgarlik bo‘yicha keng doiradagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tayyorgarlik uch yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda: qurolli kuchlarda, maxsus xizmatlarda va milliy miqyosda.

Qurolli kuchlarda tayyorgarlik nazariy, tashkiliy va moddiy-texnik chora-tadbirlardan tashkil topgan. Armiyada, flotda va xarbiy xavo kuchlarida INFOV muammolari bilan shug‘ullanuvchi ofitserlar lavozimi kiritildi (Infowar officers). 1995 yilda mudofaa Milliy universitetida INFOV muammolari bo‘yicha mutaxassislarning birinchi bitiruvchilari chiqishi bo‘ldi. Xarbiy-o‘quv yurtlarida INFOV o‘quv rejalarini o‘rganish bo‘yicha o‘yinlar va mashqlar o‘tkaziladi.

1996 yil oxirida Pentagonda 1994-1995 yillarda o‘tkazilgan INFOV olib borish bo‘yicha o‘ndan ortiq maxfiy shtab o‘yinlarining natijalari umumlashtirildi. Nixoyat bizningcha eng asosiysi: AQSh qurolli kuchlari jadallik bilan INFOR xar xil turlari bilan qurollantirilmoqda; 1994 yildayoq axborot texnologiyalarni sotib olishga birinchi navbatda etibor berilib bu soxani mablag‘ bilan ta’minlash, xatto raketa - yadro va kosmik dasturlardan ham o‘zib ketdi. Maxsus xizmatlarda INFOVga «o‘zlaricha» tayyorgarlik olib bormoqdalar. Masalan, Milliy xavfsizlik Agentligi to‘satdan kompyuterlarni «zararlantirish» metodikasini hamda kompyuter viruslari va mantiqiy bombalar uchun «kiritish» turli sxemalarini ishlab chiqmoqda.

SRUda tayyorgarlik ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda.

• dushman VPK axborot tizimlariga kerak paytda osongina ishga tushiriladigan mantiqiy bombalar va viruslarni kiritish usullari ishlab chiqilmoqda.

• mudofaa korxonalarida ishlovchi dasturchilarni ular xizmat ko‘rsatadigan axborot tizimlariga viruslar va mantiqiy bombalar kiritish, ularni jalb etish maqsadida ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish.

Milliy miqyosda INFOVga tayyorlanish barcha elektron OAV, bank tizimlari, aloqa tizimi, transport, energetika, sanoat va xizmat ko‘rsatish soxalarini o‘z ichiga olgan «milliy axborot infrastrukturasini» takomillashtirishdan iborat. Bundan tashqari bu infrastruktura amalda muntazam o‘sib borayotgan «Internet» tarmog‘i bilan ham to‘ldiriladi, uning mijozlari o‘nlab millionlardan iborat bo‘lib butun dunyo bo‘ylab tarqalganlar. Shunday qilib, kelajakda bo‘ladigan INFOV kibernetik muhiti endi davlat chegaralari bilan cheklana olmaydi. «Internet» AQShning INFOR infrastrukturasida o‘ziga xos rol o‘ynaydi.

Ma’lumotlar bo‘yicha 2002 yil oxiriga kelib, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni AQShda 158 million, Evropada to‘qson besh, Osiyoda esa 90, Lotin Amerikasida - o‘n to‘rt, Afrikada uch millionni tashkil etdi. Rossiyada turlicha baxolar bo‘yicha Internetdan foydalanuvchilar soni 3,5 milliondan 8 milliongacha ekan.

Bugungi kunda Internet jaxonning hamma mamlakatlariga kirib bormoqda deb aytish mumkin, chunki yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan (mobil akustik aloqa qurilmalarini qo‘llash bilan) Internet tarmog‘iga Yer sharining xar qanday nuqtasidan ulanish mumkin.Agarda keng infrastrukturasi xaqida gapiradigan bo‘lsak unda Internet bugungi kunda jaxonning 150 dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. «Internet» ning imkoniyatlari qanday? «Internetda» deyarli hamma narsa mumkin: xar qanday region, mamlakatga elektron pochta jo‘natish, xar qanday minglab kilometr uzoqlikda joylashgan kompyuterni o‘zining shaxsiy kompyuteri kabi ishlatish mumkin, maxsulotlar sotish va sotib olish, kerakli ma’lumotlar olish, «elektron nashrlarni» o‘qish, turli mavzulardagi xatto xarbiy-strategik muammolar va qurollar bo‘yicha mavzudagi munozaralarda ishtirok etish mumkin; xujjatlar matnlarini va videotasvirlar va boshqalar mumkin. Bu «Axborot muhit bo‘yicha sayoxatlar» hammasi «Uchta W» sababli mumkin bo‘ldi («World Wide Web»-«butun jaxon to‘qimasi») bu xozirda eng mashxur global gipermatnli axborot ma’lumot tizimi, o‘ziga xos «Planetar ensiklopediyasi». «Internet»ning xar bir foydalanuvchisi bir necha sekundda o‘zining modemi yordamida xar qanday elektron adresga ulanishi mumkin, u xatto AQSh prezidenti rezidensiyasi bo‘lsin, kongress kutubxonasi yoki mamlakatdagi axborot infrastrukturasiga ega bo‘lgan boshqa bir foydalanuvchi bo‘lsin. «Internet»ning ikkita muhim va xavfli xususiyatlarini aloxida ta’kidlash kerak: yashovchanligini va strategik ahamiyatdagi xarbiy ob’ektlarni boshqarish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish mumkinligi.

Internetning yashovchanligi xaqida. Siz bilishingizcha, Internet tarmog‘i 1973 yilda bombardimon yoki xatto yadro xujumi paytida ham qisman zararlanganda ishlay oladigan istiqbolli tadqiqotlar va AQSh mudofaa vazirligi loyixalar Boshqarmasi doirasida «Arpanet» tarmog‘i yaratilganda paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu tarmoqqa boshqa boshqarmalarning axborot tarmoqlari ulangan.

Fors ko‘rfazi xududidagi urush paytida kuchli REP qo‘llanilishiga qaramay Qo‘shma Shtatlari Iroqni tashqi dunyodan to‘liq uzib qo‘ya olmadilar. Iroq xukumati aynan «Internet» tarmog‘i orqali qurol sotib olgan, maxsulot yetkazib bergan firmalarga chet ellardagi banklarda saqlangan pullarni o‘tkazgan.

O‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi xaqida. Strategik ob’ektlarga tarmoq Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi xaqida g‘arb matbuotlarida keltirilayotgan ko‘plab misollar dalil bo‘la oladi. Misol uchun, 1994 yili 16 yoshlik Londonlik maktab o‘quvchisi Internet orqali AQShning xavo xujumidan ximoyalanish tizimlarining biri kompyuter tarmog‘iga kirib oladi, keyin esa «qonun buzar» xuddi shunday Internet orqali Nyu-York yaqinida joylashgan Amerika yadro tadqiqot markazi tarmog‘iga ham ulanadi. «Axborot qaroqchini» aniqlab olinganidan keyin (aytgandek, uni aniqlash operatsiyasi Amerika va ingliz maxsus xizmatlari uchun 400 ming dollarga tushdi), uni ish ustida qo‘lga olishga qaror qilindi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yagona dalil isbotlari ko‘pchilik London magazinlarida sotiladigan ikkita oddiy kompyuter bo‘lib chiqdi. Ammo, bu daliliy ashyolardan olingan axborotlar Amerika xarbiy ob’ektlari xaqida shunchalik ko‘p maxfiy ma’lumotlarga ega ekanki ular uch ming bet matn bo‘lishi mumkin edi.

Xarbiy ob’ektlar kompyuterlariga Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish AQShda o‘ziga xos «tabiiy ofat» bo‘lib qoldi. Misol uchun, faqatgina NASAning kompyuterlariga bunday ulanishlarning soni oyiga mingdan ortiqni tashkil etadi. AQSh mudofaa vazirligida xarbiy axborot tarmoqlardagi «Kompyuter ChP» larini qayd etish uchun maxsus gurux tashkil etilgan. Amerika maxsus xizmat axborot maydonlarini xavfsizligini ta’minlash uchun AQShda yopiq «Interlink» tarmog‘i yaratilgan, u faqatgina Razvedka xizmatlari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan. SRUda aloxida extiyotkorlik choralari ko‘riladi, u «o‘zining axborot imkoniyatlarini Internetda joylashtirishda» juda ham sinchkovlik bilan ish olib boradi.

AQShning maxsus xizmatlari va idoralarining elektron avtomatlashishi tarqalganligi oddiy kompyuter viruslari yordamida axborot qo‘poruvchilik va «kompyuter josusligi» uchun sharoitlar yaratib beradi. Shu bilan birga bu josuslik xarakatlari mamlakat ichkarisidan ham, tashqarisidan ham olib borilishi mumkin. Eng qiziqarlisi shundan iboratki bu xarakatlar AQShning o‘ziga qarshi yo‘naltirilgan. Xozirgi kunda dunyoda ma’lum darajada AQShni kompyuter josusligi ob’ekti hisoblanadigan taxminan 50 mamlakatlar bor. Bir qator davlatlarda xozir «xakerlar» deb ataluvchi guruxlar tashkil etilgan va ish olib bormoqdalar. Xakerlarni formterroristlar yoki yana «elektron bosqinchilar» deb ham ataydilar.

Quyidagi «ma’lumotni o‘ylab ko‘rish» uchun keltirish qiziqarli bo‘lsa kerak. 1995 yilda AQSh XXKda 757 ta axborot tizimlar va tarmoqlarning xavfsizligini ajoyib tekshirish o‘tkazildi, ularga atayin (o‘quv tartibida), lekin yashirin xakerlar kiritildi. Natijalari xayratlantiradigan emas, xatto janjalli bo‘lib chiqdi. Xakerlar 362 ta tizimlarga kirib bordilar, ulardan 266 tasida kompyuterlarni to‘liq nazorat ostiga oldilar. 362 ta kirib borishdan taxminan 117 tasi aniqlandi. Eng muhimi 117 ta aniqlangan xakerlar kirib olishlaridan faqatgina bir nechtasi xaqida xizmat qiluvchi xodimlar o‘z boshliqlariga axborot berdilar, agarda bu xakerlarning buzib kirishlari o‘quv mashqi bo‘lmaganida, deb ta’kidlaydilar G‘arb ekspertlari unda Amerika XXK xavfsizligi uchun oqibatlari va faqat ular uchun emas, aytib bo‘lmaydigan og‘ir bo‘lishi mumkin edi.

Lekin, baribir AQSh milliy axborot infrastrukturasini tinmay rivojlantirib va takomillashtirib bormoqda, u o‘zining asosiy g‘oyasi dunyoda Amerika yetakchiligi g‘oyasiga bo‘ysundiradi. AQShda yaratilgan axborot quroli ulkan texnologik o‘sish natijasida yaqin kelajakda bu g‘oyaning amalga oshishiga imkon berishi mumkin. INFORning arzonligi bir tomondan ma’lum darajada xarbiy byudjetni qisqartirishga imkon beradi, boshqa tomondan esa XXI asrning yuqori samarali «o‘ldirmaydigan qurolini» yaratilishiga imkon beradi, uni qo‘llash dushmanni tez bostirish, uni xarakatizlantirish, qurolli kuchlarni ishga solmay, odatiy janglarsiz va xarbiylarni yo‘qotmay turib, taslim bo‘lishga imkon beradi.

Axborot urushning O‘zbekiston uchun mumkin bo‘lgan xavfi nimalardan iborat. Birinchi navbatda axborot urushi qaysi tomondan kelishi mumkinligini aniq bilish kerak. Xech bir davlat biz tomonimizdan mumkin bo‘lgan dushman sifatida qaralmasa ham, shunga qaramay rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega davlatlar siyosati va strategiyasini hisobga olmay bo‘lmaydi.

Aftidan axborot urushi odatiy urushlar uchun xos bo‘lgan xech bir tayyorgarliksiz to‘satdan boshlansa kerak. Axborot urushining boshlanishi matbuotda uchraydigan ssenariylar ko‘rsatishi bo‘yicha turli xil INFOR tizimlarini ommaviy qo‘llashdan boshlanadi, ular yoki sputnik buyruqlari bo‘yicha, yoki xujum qilinayotgan ob’ektdan uzoqda joylashgan boshqaruv pultlaridan, yoki portativ pultlardan signallar bo‘yicha darxol ishga tushiriladilar.

Internet tarmog‘i ancha jiddiy xavf tug‘diradi, lekin uning to‘rlari xali «juda ham ingichka va katta kataklidir» (balki, bizning «axborot mudofaamiz» xozircha shundan iboratdir). Ana shu mazmunda mashxur amerikalik biznesmen Dj.Sorosning faoliyati etiborni o‘ziga jalb etadi, u go‘yoki Rossiyada fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash uchun xalqaro Ilmiy jamg‘arma tashkil etgan. Dj.Soros xususan Rossiyani ochiq jamiyatga yaqinlashtirish uchun davlatdan aloxida mustaqil axborot va kommunikatsion tizimlar yaratishga mablag‘larni jalb etish hammadan foydaliroq, deb hisoblaydi. Bu erda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Odatda investorlar eng extiyotkor va xatto cho‘chiydigan ishbilarmonlar hisoblanadilar, bu yerda esa mana shunday yuzlab million dollarli xayriya.

Bular nima uchun kerak? Ma’lum bo‘lishicha Soros tomonidan tashkil etilayotgan Rossiyadagi axborot infrastruktura «Internet» tarmog‘iga ulanishi kerak ekan. Rossiya shu tariqa jaxon kibernetik muhitining bir qismi bo‘lishi mumkin, unda deyarli faqat o‘quv yurtlarining elektron tarmoqlari emas, balki parlament va xukumat elektron tarmoqlari kirib qolishlari mumkin. Buning uchun asos tayyorlab bo‘lindi. Masalan, xukumat Apparatida xujjatlarni tuzish aloxida tarmoq doirasida olib borilmoqda. Davlat Dumasi ham o‘z tarmog‘iga ega, regional raxbariyatlar ham. Soros fikricha endigi vazifa xozircha bu tarqoq xoldagi tarmoqlarga bitta umumiy to‘rni tashlab uni Internet orqali global axborot muhitga bog‘lab qo‘yishdan iboratdir. Shunday qilib, Rossiyaning markaziy va maxalliy elektron axborot tarmoqlari axborot quroli ta’siri ob’ektlari bo‘lib qolishlari mumkin.

Agarda biz o‘ylab ko‘rmasdan va kerakli extiyotkorlik choralarini ko‘rmay turib «butun mamlakatni internetlashtira boshlasak» bunday xavf bizda ham bor. Birinchi navbatda xavfni baxolash zarur. Eng mukammal axborot infrastrukturaga ega davlatlarning axborot urushiga tayyorgarligi va INFOR rivojlanishiga taalluqli muammolar butun to‘plamini muntazam o‘rganib borish kerak. INFOR va uni qo‘llash usullari bo‘yicha aniq ishonchli ma’lumotlar kerak. Axborot urushi yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai nazaridan geostrategik vaziyatni muntazam taxlil qilib borish ham talab etiladi. Bu baxolash va taxlillar ana shunday urush xavfiga qarshi xarakat qilish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xavfsizligi qoidasiga jiddiy amal qilish mamlakatimizning iqtisodiy, xarbiy va ilmiy-texnik siyosatida asosiy talablardan biri bo‘lib qolishi kerak. Bu qoidalarni aniq tizimlashtirish va aniqlashtirish kerak. Umuman olganda, esa «axborot kodeksi» kerak, u aniq tushunchalardan iborat bo‘lishi lozim: davlat axborot siyosati o‘z axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan, o‘z bozorini INFOR yashirin elementlari kirib kelishidan saqlaydigan proteksioniyatik bo‘lishi kerak. Kodeksni buzish og‘ir jinoyat hisoblanishi kerak. Kodeks axborot vositalarni ommaviy import qilish va ulardan faqatgina xususiy sektorda emas, balki davlat tashkilotlarida ham keng foydalanilishi sababli muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga import axborot tizimlaridan foydalanuvchilar ularning buzilmay ishlashlari va ishonchliligiga asosiy etiborni qaratishlarini hisobga olish kerak, bu tizimlarda yana nimalar borligi ularni xech qiziqtirmaydi.

Mana shuning uchun axborot tizimlarni xarid qilayotganda texnik nazorat zarur, maxsus metodika bo‘yicha nazorat kerak bo‘ladi, uni ishlab chiqishni maxsus ilmiy tekshirish institutlariga topshirilishi kerak.




Download 27,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish