1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O



Download 27,16 Mb.
bet213/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

3. Aborot quroli

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan xarbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning rinsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning xal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?

Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Amerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.

Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir xarf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.

Veneraga yo‘naltirilgan Amerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.

1988 yil oktyabr oyida AQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infeksiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, xarbiy ob’ektlarni boshqarishni taminlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga xujum» EHM xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, AQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.

G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991 yili Fors ko‘rfazi xududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darxol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma’lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan xolatdir.

Axborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir.

Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jaxonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan «dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma’lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot-psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma’lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» xozir ham maxsus xizmatlar qurollari bo‘lib saqlanib kelinmoqda.

Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jixozlash sodir bo‘ladi. Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy xujum vositalarining ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz.

Axborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, ximoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma’lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta’qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta’minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir».

Axborotlashtirish yagona jaxon axborot muhitini yaratishga olib keladi, uning doirasida ma’lumotlardan foydalanish, yaratish, o‘zgartirish, saqlash va eng asosiysi bu muhit sub’ektlari o‘rtasida odamlar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish amalga oshiriladi. Axborot muhitning paydo bo‘lishi, aziz joylar bo‘sh bo‘lmasligi sababli bu muhitni nafaqat taqsimlab olishni, balki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni istaganlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning uchun axborot urushlar deb ataluvchi vositalardan foydalaniladi. Axborot urushi dushmanning ma’lumotlariga va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida o‘z ma’lumotlarini, axborot tizimlarini mustaxkamlash yo‘li bilan milliy xarbiy strategiyasini ta’minlashda axborot ustunlikka erishishga qaratilgan xarakatlardan tashkil topadi. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti analitiklari ishlarida axborot quroli xarbiy va fuqarolar kibernetik tizimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun axborotlar va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘zi deganini ko‘zda tutuvchi tushunchani axborot quroli sifatida olganlar.

1996 yilda Amerika xukumati xomiyligi ostida axborot urushi bo‘yicha 5-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya materiallaridan mualliflarning chiqargan xulosalaridan biz bu yerda faqatgina bittasinigina keltirib o‘tamiz, u quyidagicha:«Axborot qurolni qo‘llash strategiyasi faqatgina xujum qilish xususiyatigagina egadir». Ilmiy hamjamiyat xali oxirigacha tushunib anglab yetmagan bu muhim natija quyidagi fikrga kelishga imkon beradi.

Axborot qurolining xujum qilish xususiyati ko‘p jixatdan axborot urushining qurilishini belgilaydi va tajribasiz odamga ham mumkin bo‘lgan axborot agressorni aniqlashga imkon beradi. Bu bir mamlakatdan ikkinchisiga maqsadga muvofiq beriladigan axborotlar xajmi aynan axborot tajovuzkorlik chorasi hisoblanadi, deb taxmin qilish mumkin deganidir. Shu bilan birga beriladigan ma’lumotlar qanday xususiyatdaligi muhim emas.

Xujum qiluvchi axborot quroli deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

• Kompyuter viruslarini;

• Mantiqiy bombalar (dasturli to‘siqlar);

• Telekommunikatsion tarmoqlarda axborot almashish vositalarini yo‘q qilish, davlat va xarbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni qalbakilashtirish;

• Test dasturlarini buzish, ishdan chiqarish;

• Ob’ektni dasturli ta’minlashga atayin kiritiladigan turli xil xatolar.
Ko‘pchilik axborot ta’sir ko‘rsatishlarning yashirinligi muammosi axborot quroli qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bu hamma xodisalarda, balki eng muhimi, ushbu turdagi quroldan zararlanuvchi, xatto moddiy-texnik omboriga va nazariyalariga ham ega bo‘la turib, faqatgina vaqt o‘tib bo‘lganidan keyingina o‘zining qurboni ekanligini tushunib yetishi bo‘lsa kerak.

Ana shu mavzuda yozuvchilarning hammasining fikri bo‘yicha axborot qurolning jiddiy ustunliklaridan biri uning boshqa qurollardan nisbatan arzonligi hisoblanadi. Samaraliligi, qimmatliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha u xar qanday turdagi qurollardan ancha ustun turadi. Nima uchun? Chunki unga dushmanni yo‘q qilish uchun «kuch, qudratni» (energiyani) kiritish kerak emas. Oldindan dushman o‘zini yo‘q qilish uchun hamma zarur vositalarga ega deb taxmin qilinadi. Axborot qurolni qo‘llash vazifasi dushmanda mavjud bo‘lgan vositalarni, shu jumladan texnik vositalarni o‘ziga qarshi o‘zi yo‘naltirishiga yordam berishdan iboratdir. Yuqorida aytib o‘tilgan ssenariylarning deyarli hammasi bo‘yicha AQSh mudofaa vazirligi perspektiv tadqiqotchilik loyixalari Boshqarmasi (ARPA) «o‘ylovchi, fikrlovchi qurol» yaratish uzoq muddatli dasturini taklif etib bo‘ldi, buning uchun AQSh va G‘arbiy Evropaning yetakchi universitetlari ishga jalb etilgan, Pentagon kompyuter tizimlari yaratuvchilari va ularni matematik ta’minlovchilar uchun moddiy mablag‘larni ayamaydi. Xatto shunday formula ham paydo bo‘ldi: «Kelajak urushida kimning dasturchilari kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi». Ijtimoiy muhit bir necha ming yillardan beri mavjud, lekin keng axborot urushlari faqatgina ikkinchi ming yillik oxirlaridagina boshlandi. Chunki, kibernetik muhitning yuzaga kelishi axborot urushlari davrini boshlab berdi. Aynan kibernetik tizimlar uchun «axborot qurol» deb ataluvchi tegishli vositalar ishlab chiqildi va aynan kibernetik muhitda bu qurollardan foydalanib ma’lum g‘alabalarga erishish mumkin.

Aniq bo‘lishi uchun texnik vositalar zamonaviy axborot urushi xaqida gapirar ekanmiz kibernetik urush va kibernetik qurol terminlarini ishlatish mumkin. Ular sodir bo‘layotgan xodisalarning moxiyatini aniqroq aks ettiradilar. Xozirgi paytda AQShda axborot qurolning turli tizimlari yaratilgan va qurol sifatida qabul qilingan (bundan keyin qisqacha INFOR). Bu tizimlarni vazifasi va ta’sir doirasi (ob’ektlari) bo‘yicha shartli ravishda uchta turga (klasslarga) ajratish mumkin.


Download 27,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish