1 kurs talabalar uchun o’quv darslik (mа’ruzа mаtnlаri) Mualif: Musayeva O



Download 27,16 Mb.
bet209/232
Sana08.08.2021
Hajmi27,16 Mb.
#142204
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232
Bog'liq
Informatika MIG-1 maruza matnlari

3. Masofadan o‘qitish

Masofaviy o‘qitish tushunchasi

Masofadan o‘qitishga qiziqish shakllanganligiga uzoq yillar guvohlik beradi. Ta’limning bu shakliga sirtdan bilim olishga o‘tgan asrlardayoq, poydevor qo‘yilgan. Hozirgi davrga kelib, telekommunikativ texnologiyalar vositasida masofadan o‘qitishning keskin sur’atlarda rivojlanishi sirtqi ta’limning bir shakli sifatida alohida e’tiborga molikdir. Jahonning yetuk o‘qituvchi-pedagoglarining telekommunikatsiyalar va internetning olamshumul tarmoqlaridan umidlari katta. Bu umidlarning amalga oshishi mumkinmi? Pedagoglar texnika vositalari va yangi axborot texnologiyalari salohiyatidan to‘la foydalana oladilarmi?

Masofadan o‘qitish kurslari ta’lim tizimining to‘laqonli, ishonchli bir bo‘lagi bo‘la oladimi? Bu va shu kabi savollar bugungi kunda ta’lim tizimi va biz pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardandir. Masofadan o‘qitish metodlari shakllanayotgan va rivojlanayotgan hozirgi bosqichni bu soha bo‘yicha tajriba to‘plash davri deb nomlash mumkin.

Masofadan o‘qitish kurslarini tashqil etgan va turli sohalar bo‘yicha ta’lim berishni yo‘lga qo‘ygan pedagoglar jamoasi bu kurslarda mashg‘ulotlar olib borish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar. Ta’limni yanada samaraliroq yo‘llarini izlamoqdalar. Pedagoglarning bu yo‘nalish bo‘yicha izlanishlari masofadan o‘qitishni yangidan tashqil etuvchi turli soha mutaxassislari uchun foydali bo‘lishi va kelajakda yaxshi samara berishi mumkin. Ma’lumki, masofadan o‘qitish ochiq ta’lim jarayoniga asoslangan bo‘lib (mashg‘ulot joyining, vaqti va ta’lim shaklining erkinligining ta’limlanganligi) , kompyuter vositasida ta’lim dasturlari, zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni talab darajasida malaka oshirishning tashqil etilishi pedagoglardan yuksak darajada bilim va mahorotni talab etadi. Shu sababli ham masofadan o‘qitish metodikasining istiqboli zamonaviy axborot va telekommunikativ texnologiyalar va ilmiy-texnikaviy hamda o‘quv-metodik axborotlarni ta’lim jarayonida qo‘llanilishiga bevosita bog‘liqdir. Ular masofadan o‘qitish metodlarining kengayishi, aholining ma’lum qismi uchun ta’limning sifatli holda yetkazilishi darajasining o‘sishi, harakatlari chegaralangan insonlarga ta’lim berish, kunduzgi ta’lim tizimidan foydalana olmaydigan shaxslar uchun qulay ta’lim tizimi yaratishga mo‘ljallanmog‘i lozim.

Masofadan o‘qitishni amalga oshirish uchun aniq tanlangan va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan, bir-biriga muvofiq quyidagi uch omillar bo‘lishi zarur:


  1. O‘quv va metodik adabiyotlar

  2. Nazariy tizim

  3. Tashqiliy shakllar

Masofadan o‘qitish tizimi an’anaviy ta’lim tizimi shakllariga nisbatan o‘quv kurslarining qulayligini, doimiy ravishda ta’lim sifatini ko‘tarib borilishi, masofadan o‘qitish metodlarining qo‘llanilish sohalarining kengayishi, mustaqil ta’lim hajmining kattaligi, o‘quv-metodik ta’minot shakllarining turli-tumanligi masofadan o‘qitish jarayonining samaradorligini keskin sur’atda oshirib, ta’lim oluvchining qaysi joydaligidan qat’iy nazar katta ahamiyatga molik bo‘ladi. Boshqa tomondan masofadan o‘qitish tizimining qulayligi tufayli o‘quv, auditoriya, o‘quv-metodik qo‘llanma va elektron kutubxonalardan foydalanish, zamonaviy hisoblash texnikasi, global va lokal kompyuter tarmoqlarini qo‘llash tyunerni tayyorlash, ma’muriy bo‘linmalarning xodimlarini tayyorlash va moliyaviy ta’minot kabi muammolar ham o‘z yechimini topdi. Masofadan o‘qitish tizimidan foydalanishida o‘tgan yillarda orttirilgan jaxon tajribasi ma’lumotlarini taqqoslash, tahlil etish vositasida masofadan o‘qitish metodlarining alohida ahamiyat-jihatlarini ajratib olishga imkon yaratib, quyidagi ta’lim metodlari belgilab berildi:

• fundamental ta’limning sifatini ko‘tarish;

• axborot va telekommunikativ texnologiyalarni qo‘llanib amalga oshiriladigan ommaviy ta’lim metodlarining o‘sishi;

• insonlarda ijodiy tafakkurning rivojlanishi va shaxslarning shakllanishi;

• olamning yaxlit manzarasini shakllanishida fundamental tabiat qonunlarini va ijtimoiy qonunlarni o‘rganish.

Insonning o‘z-o‘zini anglab borishida ta’lim tizimi islohotlari va unda haqiqatdan ham o‘quv jarayoni markaziy o‘rinni egallashi kabi masalalardir. Bunda ta’lim oluvchidan mustaqillik, tashqilotchilik hamda mas’uliyatlilik talab etiladi.

Universitetdagi an’anaviy ta’limda talaba unga o‘qituvchi bergan topshiriqlarnigina bajaradi (masalan, yangi mavzuni tinglaydi, uy vazifalarini bajaradi) . Bunday ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘zi faol buladi. U mashg‘ulotning qanday olib borilishi, o‘quv matereali va topshiriqlarni, savollarni tayyorlaydi talabalarning murakkab vaziyatdan chiqib ketishiga yo‘llanma beradi. Dars jarayonida qulay muhit yaratishga harakat qiladi.

Masofadan o‘qitish an’anaviy ta’lim tizimini har qanday insonni o‘qita olishi, har qanday vaziyatlarda va uning o‘zi istagan vaqtda muloqot bo‘lishi jihati bilan ham yanada to‘ldiradi. Masofadan o‘qitish tizimining taraqqiyoti quyidagilarga bog‘liq:qulay sharoit - ta’limning muntazamliligi, eng zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanishi, ta’limning kutilayotgan darajasiga intilishi.




Download 27,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish