2.5. O‘quv (o‘rgatuvchi) dasturlari.
O‘quv jarayonida o‘qituvchi mehnatining samaradorligini oshirish katta rol o‘ynaydi. Bunday dasturlar yordamida yangi mavzuni o‘zlashtirishda, o‘tilgan mavzularni takrorlashda foydalaniladi. Dasturlar o‘qitish usullari, prinsiplari asosida tuziladi. O‘quv materialining mazmuniga ko‘ra mavzu bo‘laklarga bo‘linib, ma’lum ketma-ketlikda bayon qilinadi. Mavzu bayonidan so‘ng takrorlash uchun savollar qo‘yilishi va ular baxolanishi ham mumkin.
Ko‘p xollarda bunday ko‘rinishdagi dasturlar aloxida uchramasligi va ular bir biri bilan bog‘langan xolda olib borilishi ham mumkin. Masalan o‘quv dasturlari bilan sinash (nazorat qiluvchi) dasturlar va boshqa dasturlar o‘zaro yaxlit dastur sifatida ham berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |