Mustahkamlash uchun savollar
1. Arxivlash zarurati nimadan iborat?
2. Arxivatorlarning qanday turlarini bilasiz?
3. WinRAR arxivatori qanday o’rnatiladi?
4. WinRAR oynasi qanday ko’rinishda bo’ladi?
5. WinRAR da fayllar qanday arxivlanadi?
6. WinRAR da arxivlangan fayllarga qanday parol’ qo’yiladi?
7. WinRAR da arxivdan chiqarishning qanday usullari mavjud?
Tayanch tushunchalar:
Arxiv, arxivatorlar, arxivatorlar ko’rsatkichlari, WinRAR arxivatori, SFX arxiv, arxivatorlarning siqish darajasi.
18- mavzu. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
Reja:
Kirish. Lokal tarmoqlar o‘rni va roli.
Tarmoqlar tiplari.
Tarmoq ta’rifi.
Tarmoq topologiyalari.
Lokal tarmoq xossalari
1. Kirish. Lokal tarmoqlar o‘rni va roli.
Kompyuterlarning o‘zaro turli programmalar, ma’lumotlar almashish maqsadida birlashtirish juda ko‘p afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga ulungan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, har bir bo‘lagini alohida kompyuterda tayyorlash mumkin. Fayllar, kataloglar, printer, disklardan tarmoqda birgalikda foydalanilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida tejamlarga olib keladi. Shuning uchun ham kompyuterlar tarmoqlarga biriktiriladi.
Kompyuter texnikalarini kisqa masofoda bir-biriga bog‘lash birinchi personal kompyuterlarning paydo bo‘lishidan avval mavjud bo‘lgan.
Katta kompyuter (mainframes)larga bir nechta terminallar ulanib ulardan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan edi. Lekin, ular mustaqil ravishda deyarli xech qanday ma’lumotni qayta ishlash imkoni yo‘q edi. Ular o‘zlari bog‘langan katta kompyuterning “mashina vaqti”ni o‘zaro taqsimlagan holda faoliyat ko‘rsatar edi (1-rasm). Bunday rejim vaqt taqsimoti rejimi deb ataldi.
Mikroprotsessorlar va birinchi mikrokompyuterlar yaratilganidan so‘ng, kompyuterning xajmi kichiklashib har bir foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan, bitti stol ustiga joylashtiriladigan kompyuterlar paydo bo‘ldi. Bunday kompyuterlarning hisoblash va intellektual imkoniyatlari kengaytirildi, narxi arzonlashdi. Lekin boshqa resurslarinig narxi qimmatligicha qolaverdi. Ayniqsa, uning doimiy va tashqi xotira xajmlarining kichikligi dasturni axbortni saqlash va qayta ishlashda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Bunday qiyinchiliklarni xal qilish maqsadida yana kompyuterlarni bir-biriga bog‘lash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bir-necha kompyuterlarni bir-biriga bog‘lash natijasida uning periferik qurilmalari (magnit disklari, magnit lentalari, printerlpr)dan birgalikda foydalanish imkoniya yaratildi. Axborot joylarda qayta ishlanadigan bo‘lsada, ularning natijalari markazlashtirilgan resurslarga uzatilar edi. Bunday holda ham hisoblash tizimining qimmatli qurilmalaridan birgalikda foydalanilgan bo‘lsada, foydalanish rejimida tubdan o‘zgarishlar bor edi. Bunday foydalanish rejimi teskari vaqt taqsimoti rejimi deb ataldi.
Birinchi kompyuterni tarmoqqa ulanishi
So‘ngra birinchi mikrokomyuterlardan tubdan farq qiluvchi personal kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. Bunday kompyuterlar periferik qurilmalari magnit disklari va printerlarining avtonom ravishda ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Foydalanuvchining interfeysi (monitor, klaviatura, sichqoncha va x.k.) mukammallashtirildi. Birinchi qarashda personal kompyuter mustaqil ravishda ishlashi, uning periferik qurilmalari bilan ishlay olishi, xotirasining yetarliligi, ishlash tezligi yaxshilanishi barcha muammolarni hal qilgan edi. Bunday holda tarmoq qanday vazifani bajarishi mumkin?
Eng asosiysi, yana kompyuter resurslaridan umumiy foydalanishdir. Bunday bog‘lanish ham teskari vaqt taqsimoti rejimi asosida qurilga bo‘lsada, prinsipial jixatdan yuqori darajada turadi. Bunday holda undan foydalanish sistema narxini arzonlashishiga, kompyuter resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga olib keladi. Masalan, tarmoq barcha kompyuter disklaridan umumiy foydalanish, barcha foydalanuvchilarning yagona ma’lumotlar omboridan foydalanishlariga imkon beradi. Ya’ni, ma’lumotlar omboriga ixtiyoriy kompyuterdan o‘zgartirishlar qilinishi, o‘zgartirilgan ma’lumolar tarmoqqa ulangan barcha kompyuterda ko‘rish va tegishli qayta ishlash imkonini beradi. Shuningdek, tarmoqsiz bir-nechta kompyuterni parallel ravishda ishlash mumkin emas. Bunday holat kompyuterlardan faqatgina hisoblash ishlari yoki yagona ma’lumotlar omboridan foydalanishdagina emas, balki boshqarish, o‘lchash, nazorat qilish vaqtlarida u yoki bu tashqi qurilmalar bilan ishlashda o‘z aksini topadi (4-rasm). Misol sifatida turli hildagi texnologik tizimlarni, shuningdek, ilmiy ishlarda
Lokal tarmoqda kompyuterlardan birgalikda foydalanish
qo‘llaniladigan turli ko‘rinishdagi qurilmalar va komplekslarni keltirish mumkin. Bunday holatlarda tarmoq kompyuterlarni sinxron ravishda ishlashini, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini oshirishni ta’minlaydi.
Xozirgi davrda kompyuterlarni o‘zaro axborotlar almashishini juda zarur va extiyojlidir. Kompyuterlarni bu jarayonlarini amalga oshirilishi kompyuter tarmog‘ini yuzaga keltiradi. Oldiniga ko‘plab tashkilotlar, firmalar tarmoq orqali qimmatli, maxfiy axborotlar chiqib ketishidan xadiksiradilar. Lekin xozirga kelib tarmoq dasturlari ancha rivojlandi va qimmatli axborotlarni ximoyalash imkoniyati kengaydi. Xuddi shuningdek kompyuter tarmog‘ini yaratish, o‘rnatish kabi ishlarni bajaruvchi firmalar ko‘paydi. 80 yillarda tarmoqlarni qurish narxlari arzonroq edi. Endi esa kompyuter tarmog‘ini yaratish firma va tashkilotlardan bir muncha ko‘proq mablag‘larni ajratish zarurligi sazilmoqda. Bunga sabab uni qurish uchun zarur texnik qismlar turlari ortganligi, tarmoq kabellarining oldingilariga nisbatan sifati va axborot o‘tkazishi yuqoriligi, kompyuter xonalariga konditsionerlarni o‘rnatish kabi omillar tufaylidir. Bugungi kunda “tarmoq kompyuteri” jumlasi paydo bo‘lib, bu markazlashgan holda axborotlarni saqlash, qayta ishlash deb tushunish mumkin. Yoki uni “Server” kompyuter deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |