Sarlavha satrida WinRAR dasturi yordamida oxirgi marta arxivlash ishi bajarilgan yo’l ko’rsatib turiladi.
F ayllar va kataloglar ro’yhatida joriy holatda faol bo’lgan katalogda joylashgan fayllar va kataloglar ro’yxati mavjud bo’ladi. Bu ro’yhatdan arxivga olinishi kerak bo’lgan fayllar va kataloglar belgilanib ular ustida arxivlash, o’chirish, nomini o’zgartirish va shu kabi boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
5. Menyu satri
Menyu qatori «Файл», «Команды», «Избранное», «Параметры» va «?» lardan iborat bo’lib, har bir menyu qism menyulardan tashkil topadi.
«Файл» menyusi.
B u menyu quyidagi qism menyularni o’z ichiga oladi.
«Открыть архив» bo’limini tanlash yoki Ctrl+O tugmalar kombinatsiyalarini bosish bilan arxiv fayllarni qidirish muloqot oynasi hosil qilinadi( ). Bu oyna yordamida mavjud arxiv fayl qidirib topiladi. So’ngra sichqon yordamida belgilanadi yoki oynaning «Имя файлa» satriga fayl nomi kiritiladi va «Открыть» tugmasi bosiladi. Fayllar va kataloglar
r o’yxati joylashgan oynada ushbu arxiv ichida joylashgan barcha fayllar va kataloglar ro’yhati hosil bo’ladi.
«Выбрать диск» bo’limi qism menyuli bo’lim bo’lib, uning qism menyusida sistemada mavjud disklar ro’yhati hosil bo’ladi. Ihtiyoriy disk tanlansa ushbu diskning qaysi katalogi joriy holatda faol bo’lsa, o’sha katalog ichidagi mavjud fayl va kataloglar «Fayllar va kataloglar ro’yhati» oynasida hosil bo’ladi. Bu ishni tezkor tugmalar yordamida ham bajarish mumkin, buning uchun
Ctrl+D tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish lozim.
«Выбрать папку» bo’limi yordamida kataloglarni daraxt ko’rinishida varaqlovchi sistema oynasini ochish va u yordamida kerakli katalogni tanlash mumkin. Buni Ctrl+T tugmalar kombinatsiyasi yordamida ham bajarish mumkin.
« Парол» bo’limi yordamida yangi xosil qilinayotgan arxivga parol’ so’z o’rnatish mumkin. Bu bo’limni tanlaganda parol kiritish oynasi hosil bo’ladi ( ). Parol kiritish oynasida ikkita kiritish satri mavjud bo’lib, birinchisi yangi parolni kiritish, ikkinchisi esa kiritilgan parol to’g’ri kiritilganligini tasdiqlash uchun qayta kiritishga hizmat qiladi. Agar parol kiritishda uning ko’rinishi maxfiy bo’lishi shart bo’lmasa (masalan, foydalanuvchi o’zi yolg’iz bo’lsa yoki shunga o’hshash holatlar), u holda «Otobrajat parol pri vvode» tanlash bayroqchasini belgilash lozim. Bu holatda ikkinchi satr muhim bo’lmaydi, shuning uchun bu satr ko’rinmas holga keltiriladi (bu jarayonni dastur o’zi amalga oshiradi). Parol kiritib bo’lgandan so’ng «OK» tugmasi bosiladi. Agar parol qo’yish bekor qilinishi kerak bo’lsa u holda «Otmena» tugmasi tanlanadi. Bu haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’lish uchun «Sправка» tugmasi tanlanadi. Tezkor tugmalar yordamida Ctrl+P ni bosish orqali bu ishni amalga oshirish mumkin.
«Выделить все» bo’limi tanlanganda yoki Ctrl+A tugmalar kombinatsiyasi bosilganda ro’yhatdagi fayl va kataloglar hammasi belgilangan holatga o’tadi.
«Выделить группы» bo’limi tanlanganda ekranda muloqot oyna hosil bo’ladi. Bu muloqot oynada shablon kiritish talab qilinadi va ko’rsatilgan shablon asosida fayl va kataloglarni belgilanadi. Masalan, .exe shabloni kiritilsa, bar «exe» kengaytmali fayllar va kataloglar belgilanadi.
«Снять выделение» bo’limida belgilangan fayl va kataloglarni shablon asosida bekor qilish amali bajariladi. Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot oyna hosil bo’ladi. Undan kerakli shablon kiritilib, «OK» tugmasi bosiladi.
«Инвентировать выделение » – belgilashni invertsiyalash, ya’ni belgilangan fayl va kataloglarni bekor qilish, belgilanmagan fayl va kataloglarni esa belgilab qo’yish amalini bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |