Kurs ishining maqsadi: Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta`lim jarayonini maktabda kimyo o`qitishning innovatsion vositalarini o`rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; Innovatsion pedagogik faoliyatni o`rganish; Innovatsion ta`lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o`rganish; Innovatsion ta`lim muhitini o`rganish; Kimyoni o`qitishning innovatsion muhitini o`rganish; O`rganilgan ma`lumotlar asosida xulosalar chiqarish:
Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda harorat va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Masalan, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. Gazlar molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, bir-biri bilan tez aralashadi. Gazlar tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. Gazlar molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273,15K temperatura va 101105 Pa bosim) da Gazlar zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310 dona molekula bor. Gazlar uchta kattalik: bosim (P), hajm (V) va temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. P, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, gazlar har xil xususiyatli boʻladi. Masalan, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va temperaturadagi gazlar holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan gazlar ideal gazlar deyiladi. Tabiatda ideal gazlar yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi gazlarga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va temperatura juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ʻ b) = fRT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan gazlar uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi gazlar real gazlar deyiladi. Normal sharoitda gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir. Normal sharoitda gazlar oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan gazlarning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Masalan, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k.
Gazlarning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot gazlar aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. Gazlarning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. Gazlar chiroqlari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan gazlardan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) gazlardan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash gazlari neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan gazlar tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi. Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida gazlar tarkibida toʻyinmagan Gazlar ham hosil boʻladi. Bu gazlar sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay gazlardan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu gazlar tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, gazlar kondensati — 6—7% va boshqa gazlar (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. Gazlar sanoatda keng ishlatiladi. Gazlar tekshirish uchun eng oddiy obyekt bo`lganligi sababli, ularning xossalari va gazsimon moddalar orasidagi reaksiyalari to`liq o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |