Mashqlar
1. “So‘zlovchi vaqt bombasi” (Talking Timebomb)
Bu mashqning eng yaxshi jihatlaridan biri shundaki, sizga deyarli
hech qanday tayyorgarlik vaqti kerak emas. Bundan tashqari, bu mashq
bilan deyarli har qanday auditoriyani qamrab olish mumkin.
Birinchidan, o‘qituvchi mavzu yoki g‘oyani taklif qiladi. Keyin
o‘qituvchi musiqani boshlaydi va o‘quvchilar ushbu mavzu uchun iloji
boricha ko‘proq so‘zlarni o‘ylab topishlari kerak.
Qaysidir ishtirokchi to‘p bilan boshlaydi. So‘zni aytgandan keyin
to‘pni boshqa talabaga beradi. Bu jarayon davom etaveradi, ammo ular
allaqachon aytilgan narsani takrorlay olmaydilar.
Musiqa to‘xtaganda, kim to‘pni ushlab tursa, yutqazadi. Va jazo har
qanday bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘qituvchi bergan mavzu haqida
bir daqiqa gapirishlari kerak.
Mashq uchun namunaviy mavzular:
mamlakat iqtisodiyotiga oid atamalar;
rivojlangan davlatlar va shaharlar;
pul birliklari;
mashhur xalqaro brendlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |