1. Korporatsiya foydasining iqtisodiy mohiyati va uni moliyaviy faoliyatidagi o’rni



Download 42,44 Kb.
bet1/5
Sana01.06.2022
Hajmi42,44 Kb.
#626399
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi


Reja:

1. Korporatsiya foydasining iqtisodiy mohiyati va uni moliyaviy faoliyatidagi o’rni.


2. Korporatsiyalarda foydani taqsimlash va foydalanish holati tahlili.
3. Korporatsiya foydasini oshirish yo'nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, unda kapitalni jalb qilish hamda korporatsiyalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan.1


Moliya bozorlarini tartibga solish axborot assimetriyasining oldini oladi, moliya bozorlaridagi firibgarliklarni kamaytiradi, boshqaruvning buzilishidan himoya qiladi hamda moliya bozorlarida investorlarga ishonch bilan ishlashga imkon beradi. Ishtirokchilar har doim ham ushbu muammolarni mustaqil ravishda harakat qilish orqali hal qila olmaydilar, aksincha, hukumat moliya bozorlarining xavfsizligini ta'minlashi va ularning ishlashini tartibga solib turishi kerak.
Bugungi kunda kredit bozorlarini tartibga solishning ahamiyati xalqaro darajada koʻpchilik mutaxassislar tomonidan ta’kidlanmoqda. F.Moshirianga koʻra, jahon miqyosida integratsiyalashgan moliyaviy tizim mavjud boʻlmaganligi sababli milliy va global moliyaviy inqirozlar vaqtida mavjud tartibga solish qoidalari transchegaraviy tartibga solish masalasini hal qilolmadi. K.Amadeo ta’kidlashicha, moliyaviy tartibga solish iste'molchilarning investitsiyalarini himoya qilishini aytib oʻtgan. Tartibga solish moliyaviy firibgarlikning oldini oladi va moliya institutlari tomonidan investorlarning pullarini jalb qilish riskini kamaytiradi. Moliyaviy tartibga solish uch asosiy moliyaviy sektorni nazorat qiladi: bank, moliya bozori va iste'molchilar. M.Kavai va E.S.Prasadlarning fikrlariga koʻra, tartibga solish xususiyatlarini tavsiflaydigan prinsiplarga asoslangan tartibga solish qoidalari iqtisodiy rivojlangan moliya bozorlari uchun koʻproq mos keladi degan fikr ilgari surilgan, ammo bu yondashuv oʻzlarining moliyaviy bozorlarini yanada koʻproq innovatsiyalar va tavakkalchiliklarga yoʻl ochib rivojlantirmoqchi boʻlayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham tegishlidir. Oʻzbekistonlik iqtisodchi olimlar ham moliya bozorini tartibga solish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishgan.
Xususan, professor S.Elmirzayev boshchiligidagi mualliflar jamoasining ta’kidlashlaricha, moliya bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar va firibgarliklardan himoya qilish masalasi jahon hamjamiyati uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Milliy iqtisodiyotda muhim o’rin egallab borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish hamda bu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlari yaratish hamda buning asosida aholi daromadlarini ko’paytirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq to’lov tushumlari hajmining ko’payishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichi hisoblangan yalpi ichki mahsulot salmog’ining oshishiga asosiy turtki bo’lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning tayanchiga hamda asosiy kuchiga aylanib bormoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy islohatlarini bosqichlarida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilmasida tub o’zgarishlarga asos solishdan iborat g’oyat muhim masala bu tadbirkorlik va xususiy biznesni tashkil etish va rivojlantirishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korporatsiyalar shular jumlasiga kiradi. Bir so’z bilan aytganda, O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korporatsiyalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev mazkur korporatsiyalar faoliyati borasida shunday degandilar: “2017-yil 5-oktyabrdagi Farmon bilan tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tajribali va malakali mutaxassislar tomonidan yangitdan tayyorlangan mazkur davlat dasturi bu borada qabul qilingan qonun hujjatlari talablariga so’zsiz amal qilinishini ta’minlashga qaratilgan. U davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, bu sohaning huquq va kafolatlarini himoya kilishni yanada kuchaytirish, tadbirkorlar faoliyatini asossiz tekshirishlarga chek qo’yish chora-tadbirlarini o’z ichiga oladi2.
Darhaqiqat, korporatsiyalar bugungi kunda milliy iqtisodiyotimizning qon tomirlariga aylanib ulgurdi. Ular faoliyatini yanada kengaytirishda, korporatsiyalarni rivojlantirishda albatta ular faoliyatini qo’llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga tashqi manbalarini jalb qilishda kredit siyosatidan to’g’ri foydalanib kredit jalb etish orqali ular faoliyatini yanada kengaytirish eng dolzarb masalalardan biridir.



Download 42,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish