1. Kitobxonlik ma'naviyat sarchashmasidir. Kitobxonlik madaniyatinj yuksaltirish


Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo'lida



Download 27,26 Kb.
bet4/4
Sana28.04.2020
Hajmi27,26 Kb.
#47831
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo'lida

Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi.

Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida inson shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik tamoyillar mujassamlashgan bo‘ladi. “Badiiy asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”.

Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on yetishi, inson umriga nurafshonlik baxsh yetib, ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan yeng buyuk kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb yetib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek go‘zal va farovon hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi.

Bu yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi”.

Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017 yil 13 sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-3271-sonli qarorning qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida katta o‘zgarishlarga zamin yaratdi. Shu munosabat bilan kitob chop etish va tarqatish, kitob xarid qilish sohasidagi jiddiy kamchilik va muammolarga yechim topildi, kitobxon jamiyatni tarkib toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga ildam qadam tashlandi.

Mazkur farmoyish va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ularning bo‘limlarida qarorda belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi asosida rejali va maqsadli ishlar yo‘lga qo‘yildi.Xususan, mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va g‘olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o‘zbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini yuksaltirish, joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib, bu tadbirlar davomida turli ko‘rinishdagi kitob ko‘rgazmalari uyushtirilib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan chop etilgan bir qancha kitoblarning tadbir ishtirokchilari, keng o‘quvchilar ommasiga bepul va beg‘araz sovg‘a sifatida taqdim qilinishi ham bu boradagi samarali faoliyatlardan biridir..

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan keng aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Telegram mobil messenjerida “Ma’naviyat kutubxonasi” kanalining ochilishi va ushbu sahifa orqali foydalanuvchilar uchun elektron kitoblar va audiokitoblarni bepul yuklab olish imkoni yaratib berilganligi mutolaa madaniyatini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan jadal islohotlarning xos ko‘rinishidir.Xullas, yurtimizda so‘nggi yillarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida jiddiy o‘zgarish va intilishlar yuzaga kelib, jamiyat ma’naviy hayotining yangilanishi va yaxshilanishiga imkon yaratib bermoqda. Bu boradagi har bir faoliyat hamisha dolzarb va davomli bo‘lib qoladi.

Kitob - inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o‘rni nihoyatda kattadir. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, degan naqlga tayansak, bu mohiyat yanada dolzarb bosqichga ko‘tariladi.

Darhaqiqat, shaxs takomilida oilaviy muhit, oilaviy qadriyatlar asosiy vosita rolini o‘taydi. Ota-onaning ma’naviy darajasi, axloqiy qarashlari bevosita farzandga ham ko‘chib o‘tadi, farzandlar shaxsiyatida aks-sado beradi. Binobarin, kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat ham inson ma’naviy tafakkurini, tarbiya ahvolini namoyon qiluvchi muhim xususiyatlar sirasidandir. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori. Kitobxon ota-onalarning farzandi ham kitobga o‘zgacha mehr ko‘rsatadi, bu ma’naviyat xazinasiga tabiiy qiziqish va intilish tuyadi. Shu bois kitobxon avlod tarbiyasida, avvalo, ota-onaning tarbiyali bo‘lishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi muhim zaruriyatdir.

Yaqin-atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo‘lamiz. Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko‘rsa, kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir oyda bir kitob o‘qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob mutolaa qilishni lozim biladi. Xullas, kitob bilan hamma o‘z olamida, o‘z xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi. Shu o‘rinda, mohiyatni yanada aniqlashtirish uchun aynan bir oila misolida kitobxonlikka qaratilgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Shunday oila borki, ular xonadonida kitob o‘qish kundalik mashg‘ulot, jiddiy faoliyat sifatida qadr topgan. Besh farzand o‘stirayotgan bu xonadon sohib va sohibalari ham o‘zlari, ham farzandlarining kitobxon bo‘lishi uchun intilishadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan oilaviy muhitida o‘z vaqtida kitobga muhabbat, adabiyotga e’tibor bilan ulg‘aygan, kitobxonlikni oilaviy muhim qadriyatga aylantirgan bu insonlar bugun farzandlarining ham kitob atalmish buyuk va bebaho xazinadan bahramand bo‘lib, ma’naviy barkamollikka erishishini istaydi. Buning uchun, ham ota, ham ona o‘z vaqt va imkoniyatiga qarab, sermazmun, badiiy-estetik ahamiyati yuqori turli adabiy janrdagi, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarini, diniy-ma’rifiy sarchashmalarni tanlab xarid qilishadi. Bu asarlarni farzandlarining yosh va qiziqishlari, aqliy salohiyati, o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olgan holda taqsimlab berishadi. Eng muhimi, kitob taqdim qilinganda, hajmini ham e’tiborga olgan holda, mutolaa uchun muayyan vaqtlar ajratishadi.

Oila boshlig‘i, ya’ni ota, bu borada yanada talabchan. U har kuni o‘qilishi lozim bo‘lgan sahifa miqdorini belgilab beradi, she’riy asarlarga alohida qiziqish bildirib, har bir farzandiga she’rlar yodlab borishni tayinlab turadi. Deyarli har kech ishdan qaytgach, ovqatlangandan so‘ng, farzandlarini birin-ketin chaqirib, bir pedagog kabi topshirilgan vazifa ijrosini qabul qilib oladi. Ya’niki, farzandlar o‘zlari yod olgan she’rlarni aytib berishadi; o‘qiyotgan asarlaridan belgilangan sahifalar va uning mazmunini gapirishadi; qahramonlar faoliyati, xarakter-xususiyatiga munosabat bildirishadi. Kitobni yakunlaganlar esa asardan olgan taassurotlarini ham o‘rtoqlashadi. Bu jarayonda farzandlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashish darajasi, kitobxonlik madaniyati ham oydinlashib, o‘ziga xos yondashuvlarga turki bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, farzandlar o‘ziga tegishli asarni o‘qib bo‘lgach, kitoblar almashtiriladi, biri-ikkinchisining kitobini ham o‘qib-o‘zlashtirib boraveradi. Shuningdek, oila davrasida ham kitob o‘qib berish yo‘lga qo‘yilgan. Onaning uy yumushlari ko‘p bo‘lgani boisidan, ko‘pincha dam olish kunlari ota farzandlarini atrofiga to‘plab, tarbiyaviy ahamiyati yuqori (“Tarixi Muhammadiya”, “Ijtimoiy odoblar”, “Xamsa” kabi) asarlarni mutolaa qilib, mazmunini tushuntirib beradi. Natijada, farzandlarning umumiy tarbiyasida ham ijobiy mohiyat aks etadi.

Bu kitobsevar oilada kitobxonlik bo‘yicha ota barchaga munosib o‘rnak. Kuni bilan davlatning muhim tashkilotida ishlab, oila tashvishlari bilan yelib-yugurayotgan bo‘lishiga qaramasdan, har kech kitob mutolaasi bilan shug‘ullanayotgan; biri qo‘yib, ikkinchisini olib o‘qiyotgan; ham she’riy, ham nasriy asarlarga birdek qiziqish bildiradigan, o‘qigan asarlari mazmun-mohiyati, adibning ijodiy salohiyati borasidagi fikrlarini oilasi bag‘rida muhokama qilayotgan otaning o‘ziga xos bu fazilati beixtiyor, tabiiy ravishda farzandlarga ham ko‘chib o‘tadi, ularning hech birini umuman befarq qoldirmaydi. Bundan ko‘rinadiki, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila eng muhim va mustahkam tayanch bo‘lib qolaveradi.

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ‘ibotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsa ham, oilaviy muhitda kitobxonlik madaniyati takomili qoniqarli darajada emas. Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi kitobsevar oilalar bilan bir qatorda, ularning aksi bo‘lgan oilaviy muhitni ham uchratishimiz achinarli. Ko‘pgina oilalar, ota-onalar na o‘zlari kitob o‘qishga qiziqishadi, na farzandlarini bu borada to‘g‘ri yo‘naltirishadi.

Shuningdek, oilaviy kitobxonlikda kitob tanlovi madaniyatiga hamma ham yetarlicha ahamiyat qaratilavermaydi. Badiiy asar tanlashda farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, qiziqish va intilishlar ko‘lamini nazarda tutmas ekan, har qanday kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi. Ko‘rinadiki, mutolaa madaniyatining ham o‘ziga xos me’yor va talablari mavjud. Shularni e’tiborga olgan holda, oilaviy kitobxonlik madaniyatiga ega bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalarni e’tiborga olish nazarda tutiladi:

- kitob mutolaasida hamisha farzandlarga o‘rnak bo‘lish;

- kitob tanlash madaniyatiga ega bo‘lish;

- muayyan vaqtlarda oila davrasida navbatma-navbat kitob o‘qib berishni yo‘lga qo‘yish;

- xotirani kuchaytirish ahamiyatiga ega bo‘lgani boisidan farzandlarning she’r yodlashiga alohida ahamiyat qaratish, bir oyda kamida 2 ta she’r yodlatishga erishish;

- har bir farzandning yosh va xarakter xususiyatini, ruhiy-ma’naviy dunyosini nazarda tutgan holda kitob taqdim qilish;

- kichik yoshdagi bolalarga ko‘proq rang-barang suratlarga yo‘g‘rilgan, katta-katta harflarda yozilgan, uning beg‘ubor xayoloti sarhadlarini aks ettira olgan asarlarni tanlash;

- o‘rta yoshli kitobxon farzand uchun esa unga tengdosh qahramonlar taqdiri aks etgan, hayotiy, xayoliy-fantastik voqealar tasvirlangan, ko‘ngil kechinmalari jonlantirilgan asarlarni tavsiya qilish;

- katta yoshdagi mustaqil, oila qurgan farzandlar bilan ham tez-tez kitob mutolaasi xususida suhbat o‘tkazib, zaruriy tavsiyalar berib turish (bu oilaviy kitobxonlik an’anasini muqaddas qadriyat sifatida davom ettirishga zamin yaratadi);

- har bir kitob mutolaasi uchun har kunlik va haftalik miqdorlarni belgilash va muntazam nazorat qilib borish;

- o‘qilgan asar mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter-xususiyati, ijodkor yondashuvi, olingan taassurotlar bo‘yicha oilada davra suhbati tashkil qilib borish;

- o‘z vaqtida va talab darajasida mutolaa qilgan kitobxon farzandni alohida rag‘batlantirish;

- badiiy adabiyot o‘qishga yetarlicha qiziqish bildirmayotgan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajara olmayotgan farzand bilan alohida shug‘ullanish, unda kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishish;

- jamiyatning moddiy-ma’naviy taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shadigan yuksakma’naviyatli, intellektual salohiyatli oila sifatida qadr topish.



Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, ma’naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida oila muhim va mustahkam poydevor. Shu bois jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday faoliyatda oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi.
Download 27,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish