Mustaqil Ish
Mavzu:Kitobxonlik madaniyati
Bajardi:Abduvahobova Mohina
Tekshirdi:Xolmurodova Ulfatoy
Reja:
1.Kitobxonlik ma'naviyat sarchashmasidir.
2.Kitobxonlik madaniyatinj yuksaltirish.
3.Kitob va kitobxonlik -inson ma'naviyat ko'zgusi.
4.Oilaviy kitobxonlik madaniyatiga erishish davr talabi.
Mavzu:Kitobxonlik madaniyati
Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzand-larida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim.
Shavkat Mirziyoev:
Sakkinchi mo’jiza sifatida e’tirof etiladigan kitob inson qalbining chinakam hamrohi, aql va fikr qayrog’idir. Bilasizmi, eng qadimgi kitoblar qachon va nimadan yaratilgan? Yer yuzidagi ilk kitoblar qadimgi Ossuriya va Bobilda loydan yaratilgan ekan. Qadimgi Misrda esa kitob matnlari tosh taxtalarga bitilgan.
Shiddat bilan taraqqiylashib borayotgan tamaddun asrida yashayapmiz. Rango-rang, inson ongu tafakkuriga tez ta’sir eta oladigan g’oyalar, fikrlar shu qadar ko’pki, ularni “hazm qilishimiz” oson bo’lmaydi. Saragini sarak, puchagini puch deydigan eng muruvvatli USTOZ bu – YaXSHI KITOBLARDIR! Shu ma’noda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, bu boradagi ko’nikmalarni yanada kamol toptirish, “Oilaviy kitobxonlik”, “Bir farzandga bir kitob” kabi ezgu tushunchalarni keng targ’ib qilish jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omillardan biridir.
Joriy yilning 7 avgust kuni shahrimizning “Bolajon” bog’ida tashkil etilgan oilaviy kitobxonlik bayrami va kitob sayli o’tib borayotgan haftaning yirik tadbirlaridan biri bo’ldi, deb ayta olamiz.
“Jaholatgan qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida bo’lib o’tgan mazkur kitob bayramida O’zbekiston xalq artisti, ekranlarda hazrat Navoiyning buyuk timsolini yarata olgan ustoz-san’atkor Yoqub Ahmedov, qurama o’lanlarining mohir ijrochisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Toshpo’lat Matkarimov, Respublika Ma’naviyat va targ’ibot Markazining Tashviqot bo’limi bosh mutaxassisi Nilufar Husanboeva, Yoshlar siyosati masalalarini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalish bo’yicha hokim o’rinbosari Sohib Ahmedovlar ishtirok etdi.
Tadbir mehmonlari o’z chiqishlari orqali bilim manbai bo’lgan kitobni sevish, uni tanlay olish va o’qish madaniyatini bilish kerakligini, kutubxonani boyitib borishga alohida e’tibor bilan qarash lozimligini, kitob saqlash odobi, o’qish jarayoni, o’qiganni o’ziga va hayotiga tatbiq etish kitobxonlik madaniyati ekanligini e’tirof etib o’tdilar. Tadbir davomida kombinat kasaba uyushma Kengashining tashkiliy ishlar bo’yicha komissiya raisi Dilshod Yunusov, kombinat Avtotransport boshqarmasining yoshlar faoli Jasur Tog’aevlar kitob va kitobga munosabat, oilaviy kitobxonlikning rivojlanishi uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi borasida o’zlarining teran fikrlarini bildirib o’tishdi. Respublika Ma’naviyat targ’ibot Markazi Olmaliq shahar bo’limi huzuridagi “Jilg’a” etnografik ijodiy ishlar uyushmasi mas’ul kotibi, shoir Luqmon Musulmon va “Jilg’a”ning yosh a’zolari yangi ijodiy ishlari bilan tadbirga yanada jo’shqin kayfiyat olib kirdilar.
Kitob xarid qilayotgan hamshaharlarimizdan birini suhbatga chorlaymiz. O’zini Nazira Safarova deb tanishtirgan ayoldan nabiralariga qanday kitob xarid qilganini so’radik.
- Hozir nabiralarimiz bilan birgalikda “Mehnatkash bo’ri va dangasa tulki” deb nomlangan ertaklar to’plamini xarid qildik. Nabiralarimning kitobga bo’lgan havasmandligi meni ham xursand qilyapti albatta. Ular bog’ning o’zidayoq kitob mutolaasiga kirishib ketdi, - deya ayol kitobni diqqat bilan varaqlayotgan nabiralariga ishora qiladi.
- O’zingiz qaysi kitobni xarid qilmoqchisiz?
- Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobini xarid qilmoqchiman. O’zi ancha paytdan beri bu kitobni izlab yurgandim. Mana bugun tashkillashtirilgan oilaviy kitob bayramida rastalarda bu kitobni ko’rib, ko’zim quvonib ketdi... O’zbekka g’urur bag’ishlaydi.
Oilaviy kitobxonlik tadbirida O’zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov bilan hamsuhbat bo’lib, uning kitob haqidagi mulohazalarini yozib oldik.
- Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning kitob va kitobxonlik haqidagi purma’no fikrlari bir ijodkor sifatida meni juda hayajonga soldi. Bu o’ta dolzarb masala. Qolaversa, shaxsan men o’zim kitobni yuksak darajada sevishni, kitobxonlik madaniyatini birinchi prezidentimiz Islom Karimovdan o’rganganman. Negaki bu insonning muborak boshlarida yostiq emas, KITOBLAR bo’lganligi, kitoblar u kishiga yostiq bo’lganligi har qanday yurakni junbushga solmay qo’ymaydi, deb o’ylayman. Yaqinda hazrat Navoiyning besh yoshligida yozgan g’azallari Sankt-Peterburg muzeylaridan joy olgan eng noyob eksponat ekanligini o’qib qoldim. Bu har bir o’zbekka, millatdoshimizga g’urur bag’ishlaydi, albatta. Agar xalqimizning yuragidan tom ma’noda joy ololgan bo’lsam, bunda men o’qigan kitoblarning xizmati va hissasi beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |