1. Kirish Teatrlar paydo bo’lishi. Sahnaviy vositalar


MOSKVA BADIIY TEATRIGA KIMLAR ASOS SOLGAN?



Download 180,71 Kb.
bet9/14
Sana05.01.2022
Hajmi180,71 Kb.
#318111
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Osiyoda qadimiy teatr va tomosha maydonlarining qadimiy izlari

MOSKVA BADIIY TEATRIGA KIMLAR ASOS SOLGAN?

Moskva Badiiy teatriga K. S. Stanislavskiy va V. I. Nemirovich-Danchekolar tomonidan asos solingan edi. Kunlardan bir kuni ular Moskvaning odatda shu shaharlik savdogarlar o’rtasida amaliy bitishuvlar tuziladigan «Slavyanskiy bazar» restoranida uchrashib qoladilar.

         O’n sakkiz soatlik suhbatdan keyin ular Moskvada yangi teatr ochishga ahd qilishadi. Uning truppasi Nemirovich-Danchenkoning Moskva filarmoniya bilim yurtida tahsil ko’ruvchi shogirdlaridan va Stanislavskiy bilan birga ishlaydigan havaskorlar guruhidan tashkil topgandi.

         A. K. Tolstoy qalamiga mansub «Podshoh Fedor Ioannovich» pyesasining sahnalashtirilishi birinchi spektakl bo’ldi. Premyera 1898 yil 14 oktyabrida «Ermitaj» teatrining sahnasida bo’lib o’tdi. Xuddi o’sha yili teatr Chexovning yangi teatrning o’ziga xos emblemasiga aylangan «Chagalay» pyesasini namoyish qiladi. 1902 yildan beri teatr Kamergerskiy muyulishida uning uchun maxsus qurilgan bioni makon tutadi. Bino XX asr boshlari madaniyati yodgorligi sanaladi, chunki uning qurilishi va bezatilishida ўsha kezlarning yirik musavvir-lari va me'morlari — A. S. Golubkina, F. F. Shextel qatnashgan edilar.

Yangi teatr tez orada nafaqat Moskvada, hatto Yevropada alohida mavqega ega bo’ldi. Uning mashhurligi nainki o’sha kezlarda L. Andreyev, M. Gorkiy, S. Naydenov, A. Chexovlarning eng zamonaviy pyesalari kiritilgan repertuari bilan asoslangan edi. Ushbu spektakllar ustida ishlash pallasida personaj ruhiyasi xususiyatlarini, qahramonlarning his-tuyg’ularini, kayfiyatlarini, kechinmalarini nozik ifodalab bera oladigan aktyorlarning boshqacha tipi shakllangan edi.

Pyesalar tomoshabinlarga yaxshi tanish bo’lgan kundalik vaziyatlarni esga solardi va shuning uchun ochiqligi va bir vaqtning o’zida ularda ko’tarilayotgan muammolarning dolzarbligi bilan ko’rguvchilarning diqqat-e'tiborini jalb etar edi. Mualliflar oiladagi o’zaro munosabatlar haqida, jamiyatdagi maqomidan qat'i nazar har bir insonning qadr-qimmati to’g’risida suz yuritar edi.

Stanislavskiyning rejissyorlik san'ati sharofatidan teatrda ko’p hollarda XX asr rus ziyolilarining kayfiyatlarini belgilab bergan o’ziga xos muhit shakllangan edi.

  QO’G’IRCHOQ TOMOSHALARI QAY TARIQA BOSHLANGAN EDI?

          Xuddi Siz bilganingizdek, qo’g’irchoqlarning ko’pgina turlari mavjuddir. Mana, ulardan ba'zilari: qo’lqopli, suyanchiqli, ko’lankalar teatrlari uchun qo’g’irchoqlar, marionetkalar. Ular tepadan arqonlar yoki simlar bilan, pastdan hassa yoki qo’llar bilan boshqariladigan figuralardir.

         Qo’g’irchoqlar xuddi teatrning o’zi singari qadimiy nasabga egadir. Ilk qo’g’irchoqlar, aftidan, Hindiston yoxud Misrda yasalgan edi. Ming-yillar avvalgi qo’g’irchoq teatri har ikkala mamlakatda ham topilgan edi. Marionetkalar, ya'ni tepadan boshqariladigan qo’g’irchoqlar o’z nomlanishini Italiyada topgan edi. Ilk nasroniy hayitlari uchun chaqaloq Iso Masih, Bibi Maryamni qo’shgan holda Masih Mavludi syujeti bilan birlashtirilgan jajji figuralar yaratilgan va ular arqonlar bilan harakatga keltirilar edi. Qo’g’irchoqlarning bunday turi «marionetka», ya'ni «mitti Mariya» degan nom oladi.

Xitoyda, Yaponiyada, Yavada afsonalar va ertaklardagi bahodirlar, ilohlar, hayvonlarni namoyish etish maqsadida qo’g’irchoq tomoshalari uchun figuralar yasalar edi. Yavada, Tailand va Yunonistonda ko’lankalar teatri vujudga keldi. U ortida xira yoritgichi bo’lgan tik ekran qarshisiga qirqma yapasqi figurachalarni joylashtirish tamoyiliga ko’ra amal qilar edi. Siz Motsart, Gaydn, Glyuk singari ulug’ kompozitorlar qo’g’irchoq teatrlari uchun maxsus pyesalar bastalashganini bilasizmi?

         Bolalar jonu dilidan sevadigan tarixlardan biri Pinokkio — jon ato etilgan qo’g’irchoqning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bir talay mamlakatlarda shunga o’xshagan mashhur personaj mavjud. U Angliyada — «Panch», Italiyada — «Pulchinello», Fransiyada — «Yertichakmon» nomlari bilan dong taratgan.

Qo’g’irchoqlar istalgan zaruriy o’lchamlarga ega bo’ladi. Bo’yi atigi 15 sm bo’lgan marionetkalar mavjud, ba'zilariniki esa 9—12 metrga yetadi. Shuningdek ancha-muncha durust aktyorlardan qolishmaydigan qo’g’irchoq hayvonlarni ham yasash mumkin.


Download 180,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish