1. Kirish. Mahsuldor qatlamni ochish usullari Quduqlarni suyuqlik -qum oqimli perforatsiy


Quduqlarni suyuqlik – qum oqimli perforatsiya qilish



Download 333,82 Kb.
bet2/6
Sana19.05.2023
Hajmi333,82 Kb.
#940841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish Kon 14 shrift

Quduqlarni suyuqlik – qum oqimli perforatsiya qilish
Quduq stvolini mahsuldor qatlam bilan birlashtirishni amalga oshirishdasamarali vositasi bо‘lib “suv-qum-oqimli” perforatsiya usulining qо‘llanilishi hisoblanadi.
“Suv-qum-oqimli” usulda qum–suyuqliq oqimining abraziv va
gidromonitor samarasining yuqori tezligidan foydalanib, tо‘siqlarni,mustahkamlash tizmasini, sement toshini va tog‘ jinsini parchalash amalga oshiriladi. Bu jarayonda maxsus chuqurlik qurilmasining qum oqimli perforatsiyaning qisqa quvuridan (nasadkasidan) katta tezlikda oqim chiqib tо‘siqlarni parchalaydi. “Suv-qum-oqimli” ishlov berishning asosiy turlariga quyidagilar kiradi :
- qidiruv quduqlarida qatlamlarni ochib namuna olishda va sinashda; - quduqlarda mahsuldor qatlamlarni ochish, ikki va undan kо‘p bо‘lgan qatlamlarni bir quduq orqali ishlatishda va birgalikda yoki alohida suv haydash uchun jihozlashda qо‘llaniladi;
- chuqur joylashgan qatlamlarni hamda yuqori qatlam bosimli va haroratli qatlamlarni ochishda;
- yoriq kollektorli qatlamlarni ochishda;
- kuchsiz о‘tkazuvchan sementlangan qatlamlarni ochishda;
- quduqlarda berkitish va kapital ta’mirlash о‘tkazilgandan keyin qatlamlarni ochishda;
- neftli quduqlarni mahsuldorligini kuchaytirishda va haydovchi quduqlar orqali suv haydab keyin esa gidravlik yorib о‘zlashtirishda qatlamlarni ochishda;
- ikkita yoki undan kо‘p tizmalar bilan berkitilgan qatlamlarni ochishda;
- mustahkamlash va boshqa tizmalarni quduqdan chiqarib olishda, qirqish ishlarini bajarishda;
- quvurning orqa fazosida sirkulyatsiyani tiklashda, sementlash uchun maxsus teshiklarni hosil qilishda .
Suv-qum-oqimli” ochish oldin tuz kislotali yoki gidravlik yorish
qо‘llanilgan qatlamlarda hamda past qatlam bosimli yuqori о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lgan yoki kuchli suvlangan qatlamlar katta ochilgan bо‘lganda, bunday oraliqlarda qо‘llansa kerakli samarani bermaydi. “Suv-qum-oqimli” ishlab berish maxsus qurilma–gidravlik perforatorlar yordamida amalga oshiriladi va bunda qumli suyuqlik aralashmasining maxsus mustahkam materiallari qisqa quvur orqali tо‘siqqa yо‘naltiradi.
Sanoatda ichki diametrlari 3; 4,5; 6 mm. bо‘lgan uch xil о‘lchamdagi qisqa quvurlar (nasadkalar) ishlab chiqariladi. Mustahkamlash quvurlaridagi ushlanib qolgan quvurlarni qirqib olishda 3 mm, diametrdagi kalta quvurlar qо‘llaniladi hamda qirqish chuqurligi kichik bо‘lishi kerak.
Diametri 4,5 mm. bо‘lgan kalta quvurlar quduqlarni perforatsiya qilishda hamda suyuqliklarni haydash kо‘rsatgichi jarayoni chegaralanganda va boshqa turdagi ishlov berishda qо‘llaniladi.
Bosim chegaralanganda, ochish chuqurligi maksimal bо‘lishi kerak bо‘lganda (qidiruv quduqlarida, qatlamni gidravlik yorishda teshiklarni inisirovka qilishda va h.) va ishlov berishda 6 mm. diametri qisqa quvurlar qо‘llaniladi.
Qatlamlarni perforatsiya qilib olishda AP6M qum–oqimli perforatorlar qо‘llaniladi. Bunda qatlamlarda nuqtali va yoriqli teshiklar hosil qilinadi va mustahkamlash abraziv materiallardan tayorlangan qum–suyuqlik aralashmasi qisqa quvurlar orqali quduqning devoriga yо‘naltiriladi.
Perforator ochiq tubli quduqlarda hamda diametri 3 ½ (89 mm) va undan ham katta bо‘lgan diametrli ishlatish tizmalari bilan mustahkamlangan quduqlarda kanallarni va tirqishli yoriqlarni hosil qilishda, xuddi shunday diametrdagi mustahkamlash quvurlarni kesishda, mustahkamlangan quduqlarni tubini kengaytirishda va suv oqimini bekituvchi ekranlarni о‘rnatishda
qо‘llaniladi.
Yuqorida kо‘rsatilgan operatsiyalarni bir perforator bilan amalga oshirishga erishish uchun perforatorlarning korpusida nasadkalar va berkitgichlar quduqning о‘qi yoki atrofi bо‘yicha kо‘chiriladi (siljitiladi).
Suv qum oqimli perforatsiyalashda tо‘siqlarni buzish yuqori tezlikdagi qum-suyuqlik oqimini abraziv va gidromonitorli samarasidan foydalanish natijasida sodir bо‘ladi. Bunda nasos-kompressor quvurning pastki uchiga perforatorning maxsus apparati nasadkasidan katta tezlikda qum-suv oqimi otilib chiqadi. Qumli suyuqlik aralashma og‘ir mashinaning shossisiga montaj qilingan nasos agregati yordamida NKQ-ga yuqori bosimda haydaladi, halqa fazo orqali yer ustiga kо‘tariladi. Bu qatlamni ochishni eng yangi usuli hisoblanadi. Suv qum oqimli perforatsiya usuli doimiy ravishda keng qо‘llaniladi. U faqat perforatsiya qilishda emas balki kapital ta’mirlashda, quvur tizmalarini qirqishda ham keng qо‘llanilmoqda.
Suv qumli ochish usuli kumulyativ yoki о‘qli perforatsiya qilishni qо‘llash talab qilingan holat natijani bermagan sharoitlarda kо‘proq foydalaniladi. Bunday perforatsiyalashda tizmadagi teshikning diametri 12-20 mm; kanallarning chuqurligi kumulyativ perforatsiyaga nisbatan 2,5 – 4 marta katta va u 500 mmgacha yetadi, filtratsiya kanallarining yuzasi 20-30 marta kо‘p bо‘ladi.
Suv qum oqimli perforatsiya qilishning yana bir yutug‘ini hisobga olish kerakki, ochiladigan qatlamdagi ona tog‘ jinsini quyqum kо‘rinishida olish mumkin.
Suv qum oqimli ta’sir etishga quyidagilar kiradi:
- NKQ-ga yoki burg‘ilash quvurini berilgan chuqurligiga perforator qurilmasini aniq tushirish va о‘rnatish;
- perforator qurilmasi joyining qatlam – reper bо‘yicha bog‘lash;
- quduq bilan yer usti jihozlarini qamrash;
- manifoldlarning tizimini va quvurini 1,5 marta katta ishchi bosimga siqib sinash;
- perforatsiya rejimida quduqlarni yuvish vositasida siquvchi kanallarni yuvish va ishqalanishda bosimni yо‘qotilishiga baho berish;
- perforator klapanini tushirish va ishchi gidravlik rejimdagi chiqish oqimiga abrazivlik bermasdan ishlov berish;
- shaxsiy suv qum oqimli ta’sir etish;
- yuqorida joylashgan oraliqni qayta ishlashga о‘tish.
Tog‘ jinslarining mustahkamligi yuqori bо‘lganda (qisilishda
~ qis  25  30 MPa) nasadkalardagi bosimni tushish chegarasini oshirish maqsadga muvofiq bо‘ladi, 6 mm-li nasadka uchun 18-20 MPa, 4,5 mm diametrdagi nasadka uchun 25-30 MPa bо‘lishi talab qilinadi. Nasadka orqali о‘tadigan bosimning tushishini va suyuqlik sarfini tanlashda, quduq tubidan yer ustiga qum va quyqumlarni kо‘tarilishi ham hisobga olinadi. Shuning uchun bir
vaqtning о‘zida ishlaydigan nasadka orqali о‘tadigan umumiy suyuqlik sarfi quvurlar oralig‘iga kiruvchi oqimning tezligini 0,5 m/sek qiymatdan kichik bо‘lmagan kattaligini ta’minlashi zarur.
Quduqqa о‘rnatilgan mustahkamlash quvuriga suv qum oqimining ta’sir qilish chuqurligi quvurdagi qirqilish yuzasini paydo bо‘lishiga bog‘liq bо‘ladi. Bunday jarayonda suv qum oqimining ta’sirida ishlangan qum bilan suyuqlik va quyqumlarning ta’sirida hosil qilinadigan kanallar orqali quduqning stvoliga chiqadi, qarshi oqim ishchi oqimga qarshilik kо‘rsatadi va uning energiyasini sо‘ndiradi. Shuning uchun suv qum oqimini ta’sir qilish chuqurligini oshirish uchun mustahkamlash quvurlarda nasadka kesimiga nisbatan katta qirqilgan kesimlarni о‘zgartirish orqali ishchi oqimning sо‘nish energiyasi bartaraf qilinadi. Eksperimental tadqiqotlar natijasiga muvofiq 4,5 va 6 mm.li nasadkalar uchun energiyani sо‘nish samarasining amalda tо‘liq pasayishi uchun quvurda qirqilgan
yuzaning kattaligi nasadkalar yuzasidan 70-100 marta katta bо‘lganda sodir bо‘lishi о‘rnatilgan. Bunda mustahkamlash quvurida yoriqlarni uzunligi 100-120 mm bо‘ladi.
Suv qum oqimli tо‘siqlarda chuqurlik ishlanmalarining chuqurligi kattaligini oqimning ta’sir qilishiga davom etishiga bog‘liqligini aniqlash eksponensial bog‘lanish orqali topiladi. Shuning uchun amaliy maqsadlar uchun ta’sir etishni optimal davom etishini nuqtali va yoriqli (qirqilgan) ochish yо‘lini eksperimental yо‘l orqali aniqlash yetarli bо‘ladi va u quyidagini tashkil qiladi:
- 15-20 daqiqa davomida bir oraliqni (nasadkani kо‘chirmasdan nuqtali ochish);
- 2-3 daqiqa davomida har bir santimetr uzunlikda yoriqli ochish uchun.

Download 333,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish