Suyuqlik – qum oqimli perforatsiya qilish texnologiyasi
Suv qum oqimli ishlov berishning aosiy materiali–ishchi suyuqlik va qum hisoblanadi.
Quduqqa suv qum oqimli ishlov berishdagi ishchi suyuqliklar qatlamning fizik-kimyoviy xossasini va tog‘ jinslarining suyuqlik bilan tо‘yinganligini hisobga olgan holda hamda quduqlarda о‘tkaziladigan (neftni gazsizlantirish, tuz kislota eritma va SFM, texnik suvlar va boshqalarga) ishlarni turiga qarab tanlanadi.
Ishchi suyuqliklarni tanlashda quyidagilar hisobga olinadi:
a) suyuqlik qatlamning kollektorlik xossalarini yomonlashtirmasligi kerak;
b) qatlamni ochish va ishlov berishda neft yoki gaz otilmalarini nazorat qilish hamda ochiq favvoralanishiga yo‘l qo‘yilmaydi ;
d) qo‘llaniladigan suyuqlik yetarli bo‘lishi va narxi qimmat bo‘lmasligi kerak .
1- rasm “Suv – qum oqimli “ perforatori AP6M: 1-korpus , 2- sinash to‘sqichi , 3- sumak ; 4-tiqin ; 5 – shar ; 6 – yo‘naltiruvchi dum ; 7 – markazlashtirgich
AP-6M perforator ikki variantda ishlangan bo‘lib ( AP-6M100 va AP – 6M80 ) , o‘lchamlari biri – biridan konstruktiv farq qiladi
Perforatorning tex nik tavsifi (1-jadval)
Masalan: agarda har bir nasadkadan 4 l/sek chiqadigan bо‘lsa 6 ta
nasadkadan 24 l/sek sarf bо‘ladi, quduqning chuqurligi 1700 metr, tizmalarni diametri 168 mm, NKQ-ning diametri 73 mm bо‘lganda, bosim yо‘qotilishi 8,2 MPa-ga yaqin bо‘ladi.
Quduqning ustki qismiga standart 4AN-700 turidagi armatura
qо‘llanilganda, 70,0 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Qum-suyuqlik aralashmasini haydash uchun nasos agregatidan foydalaniladi. Bu agregat 2AN500 yoki 4AN-700 og‘ir yuk mashinasining platformasiga montaj qilingan bо‘ladi, kuchayuvchi maksimal bosimi 50 va 70 MPa-ga mos keladi.
4AN - 700 agregatning quvvati 588 kvt, 2000 ay/daq-li dizel, 4R - 700 uch plunjerli nasos bilan ta’minlangan bо‘ladi va plunjerlarning diametri 100 yoki 120 mm-ga teng. Plunjerning yurish yо‘li 200 mm, uzatma qutisi tо‘rtta tezlikga ega.
Nasos agregatining texnik ma‘lumotlari( 2- jadval)
Qum–suyuqlik aralashmasi qum qorigich agregatida (2PA: 3Pa-va hokazo) tayyorlanadi, konussimon bunkerga 10 m3 hajmdagi qum joylashadi. Bunkerning pastki qismining bо‘ylama о‘qi bо‘ylab shnek о‘rnatilgan. Shnekning aylanishi pog‘onali 14,5 dan 267 ay/daq-gacha о‘zgaradi. Shu kо‘rsatgichga mos ravishda
qumni uzatish 3,4 dan 676 kg/daq-gacha о‘zgaradi. Bundan tashqari qumsuyuqlik aralashmasini past bosimda uzatish uchun agregat 4NP (qumli nasos) nasos bilan ta’minlangan.
Bunker hamma jihozlari bilan og‘ir avtomobilning shassisiga montaj qilingan.
Maxsus ishchi suyuqliklar quduqqa avtotsisternalarda keltiriladi yoki chanalarga о‘rnatilgan hajmi katta bо‘lmagan (10-15 m3) sig‘im idishlarida tayyorlanadi. Yer usti jihozlarini bog‘lanmasida (aylanmasiga) yuqori bosimli filtrlar–quyqum ushlagichlar montaj qilinadi, u nasadkalarda tog‘ jinslarining yirik zarrachalarini tiqilib qolishini oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |