Mustaqil va o’zarobog’liq jarayonlar
O’zaro aloqa nuqtai nazaridan, jarayonlar mustaqil va o’zaro ta’sirda bo’lgan kabi turlarga bo’linadi.
Mustaqil jarayon – hech qanday tarzda boshqa jarayonlar bilan bog'liq bo'lmagan, boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta'sir eta olmaydigan yoki ular ta'sirida bo'lmagan jarayon.
O'zaro ta'sirdagi (hamkorlikdagi) jarayon - boshqa jarayonlarning bajarilishiga ta'sir qilishi yoki ular ta'sirida bo'lishi mumkin bo'lgan jarayon.
O'zaro ta'sir qiluvchi jarayonlarning afzalliklari aniq:
· Ma’lumotlarni hamkorlikda qo’llash; ma’lumotlarni sinxronlash sharti bilan, umumiy ma’lumotlar bilan ishlash (keyingi ma’ruzalarda muhokama qilinadi);
· Hisoblashlarni tezlashtirish;
· Modullilik: o’zaro ta’sirdagi jarayonlarni tashkil etish – bu har biri o'zaro ta'sir qiluvchi jarayonlardan biri tomonidan hal qilinadigan, nisbatan mustaqil qismlarga ajratiladigan (dekompozitsiya), muammoni parallel ravishda hal qilish usuli.
· Qulaylik.
Jarayonlarning o'zaro bog'liqligini tashkil etish turlari
Ota va qismjarayonlarning o’zaro bog’liqligi nuqtai nazaridan, jarayonlar mustaqil, bo’ysinuvchi va hamkor jarayon (soprotsess) kabi turlarga bo’linadi.
Bo’ysinuvchi jarayon – ota-jarayonga bo’ysinuvchi jarayon. Bo’ysinuvchi jarayon UNIX tizimidagi kabi ota-jarayon yo’q qilinayotgan vaqtda yo’qotiladi. Ota-jarayon o’zining yakunlanishidan oldin barcha bo’ysinuvchi jarayonlarining yakunlanishini kutishi shart.
Mustaqil jarayon – ota-jarayonga bog’liq bo’lmagan holda bajariladigan qismjarayon. Namunaviy misollar: UNIXdagi boshlang’ich init jarayoni tomonidan ishga tushiriladigan demon-jarayonlar. Masalan, cron – demon-jarayoni bo’lib, u belgilangan crontab jadvalida ko'rsatilgan davriy harakatlarni chaqirishni tashkil qilish (yarim tunda barcha fayl tizimlarini avtomatik zaxiralash); smbd – Windows mashinalaridan UNIX mashinadagi fayllarga tarmoqdan kirish uchun SAMBA server dasturi boshqaradigan demon jarayoni.
Soprotsess (coprocess, coroutine) – aynan bir xil jarayonlar bilan teng huquqli o’zaro ta’sir qiluvchi jarayon; o’zining joriy lokal boshqaruvini (program counter) saqlaydi; resume (Q) amali yordamida boshqa xamkor Q jarayon bilan o’zaro ta’sir qiladi. Bir nechta hamkor jarayonlar bir biri bilan resume operatori yordamida o’zaro ta’siri to’liq teng huquqli hisoblanadi. Ushbu o'zaro ta'sir mexanizmi protsedura chaqiruvidan tubdan farq qiladi. Detach (ajratish) amali hamkor jarayonni (soprotsessni) passiv holatga keltiradi, bunda faqat uning global ma'lumotlariga kirish mumkin, ammo uning dasturi allaqachon tugatilgan va uni qayta ishga tushirish mumkin emas. Bunday hamkor jarayonlar ob’ektga yo’naltirilgan yondoshuvning paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |