1. Kimyoviy muvozanat
Umumiy kimyo kursidan ma‘lumki, qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi, biror muvozanat holatiga o’tadi. Bunday muvozanatlar reaksiya boradigan muhitning bir jinsli yoki ko’p jinsli bo’lishiga qarab, gomogen yoki geterogen muvozanat deb ataladi. Gomogen muvozanatga, spirt va sirka kislotadan murakkab efir hosil bo’lish reaksiyasi misol bo’ladi:
C2H5OH + CH3COOH CH3COOC2H5 + H2O.Agar spirt bilan sirka kislotani ekvimolekulyar miqdorlarda aralashtirilsa, ular o’zaro birikib, murakkab efir va suv hosil qiladi; olingan moddalarning 2/3 qismi reaksiyaga «kirishadi», 1/3 qismi reaktsiyaga «kirishmay» qoladi. Bu reaksiya eterifikatsiya reaksiyasi deyiladi. Aksincha, murakkab efir bilan ekvimolekulyar miqdorda suv aralashtirilsa, ular o’zaro birikib, spirt va sirka kislota hosil qiladi, olingan miqdorlarning 1/3 qismi reaksiyaga kirishadi. Reaksiya o’ngdan chapga tomon boradi. Bu reaksiya sovunlanish reaksiyasi deyiladi. Bu reaksiya qarama – qarshi ikki tomonga boradi, shu sababli, qaytar reaksiyadir. O’ngga va chapga boruvchi bu ikki reaksiya tezliklari tenglashdi deguncha kimyoviy muvozanat qaror topadi. Agar kislotadan bir xil miqdorda olinib, spirtning miqdori doimo oshirib borilsa, kimyoviy muvozanat siljiy boshlaydi. Bu reaksiyani tekshirib, shunday natijaga kelish mumkinki, kislotadan 1 mol, spirtdan 50 mol olinsa, hamma kislotani murakkab efirga aylantirish mumkin bo’ladi. Demak, kimyoviy reaksiyaning borishi uchun moddalarning konsentratsiyasi katta ahamiyatga ega.Kimyoviy muvozanat ta‘limoti massalar ta‘siri qonuniga asoslangan. Bu qonunni A.K. Guldberg va P. Vaage (1867) quyidagicha ta‘riflangan: kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi ko’paytmasiga to’g’ri proportsionaldir. Yuqorida aytilgan qaytar reaksiyalar qatoriga quyidagi reaksiyalarni kiritish mumkin: 1) yodning ajralishi, 2) HI ning ajralishi, 3) HCl ning ajralishi, 4) ammiakning hosil bo’lishi va hokazo. Bu reaksiyalar gomogen sistemalar uchun misol bo’la oladi, chunki bu holda moddalar yo faqat gaz holatida yoki faqat eritmada bo’ladi. Le – Shatele tamoiliga ko’ra, kimyoviy muvozanatdagi sistemada moddalardan birining konsentratsiyasi oshirilsa, sistemada mumkin bo’lgan reaksiyalardan shunday reaksiya kuchayadiki, natijada konsentratsiyasi oshirilgan modda sarf bo’ladi. Masalan:CO2 + H2 CO + H2OLe – Shatele tamoiliga muvofiq, kimyoviy muvozanatdagi sistemaning harorati oshirilganda, kimyoviy muvozanat harorat pasayadigan, ya‘ni issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiya tomonga siljishi kerak. Aksincha, haroratning pasaytirilishi, kimyoviy muvozanatni issiqlik ajralib chiqadigan reaksiya tomonga siljitadi.Demak, haroratning ko’tarilishi endotermikaviy reaksiyaning borishiga, pasayishi ekzotermikaviy reaksiyaning borishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |