1. Kimyoviy muvozanat Umumiy kimyo kursidan ma‘lumki, qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi, biror muvozanat holatiga o’tadi. Bunday muvozanatlar reaksiya boradigan muhitning bir jinsli yoki ko’p jinsli bo’lishiga qarab


Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar



Download 30,27 Kb.
bet7/8
Sana26.02.2022
Hajmi30,27 Kb.
#472355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shpalka fizikaviy kimyo

10. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar.
Fazalari o‘zaro muvozanatda turgan bir komponentli geterogen sistemalar muhim amaliy ahamiyatga ega.Bunday sistemalarni o‘rganishda fazoviy diagrammalardan yoki holat diagrammalaridan keng foydalaniladi. Bunday sistemalarda fazalar almashinuvi sistema to‘yingan bug‘ bosimini haroratga qarab o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Holat diagrammalarini tahlili, sistemadagi fazalar sonini, ularning mavjud bo‘lish chegaralarini, komponentlarni o‘zaro ta’sirlashuv xarakterini, yangi hosil bo‘lgan birikma va uning tarkibini aniqlash imkonini beradi.Bir komponentli sistemalarga barcha toza oddiy va murakkab moddalar (m: S,Fe, suv, AgN03 va boshqalar) kiradi. Demak, bir komponentli sistemada fazalar soni ko‘pi bilan 3ga, erkinlik darajasi esa 2ga teng bo‘ladi, u ham bo‘lsa T va P. SHuning uchun ularni tasvirlashda tekislikdagi koordinatalar sistemasidan foydalaniladi. Demak, mustaqil ravishda bitta parametrni yoki P, yoki T ni o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi parametr unga bog‘liq ravishda o‘zi o‘zgaradi. T1 haroratda sistema faqat P1 bosimda muvozanatda bo‘ladi. Agar T1 da P ni ham o‘zgartirsak sistema bir fazali bo‘lib qoladi.0 nuqtada 3 ta faza muvozanatda turibdi, erkinlik darajasi F=3-3=0 ga teng. Bu holda sistema, ya’ni bug‘-suv-muz faqat 0,0076 0C va 1,033·105 Pa da birga mavjud bo‘la oladi, ya’ni sistema muvozanatda bo‘ladi. 0 nuqta uchlamchi nuqta ( yoki evtektik nuqta )deyiladi. Parametrlardan birortasini juda kichik o‘zgarishi ham muvozanatning buzilishi va fazalardan birortasini yo‘qolishiga olib keladi. Masalan, harorat oshirilsa muz erib ketadi, pasaytirilsa, suv muzlab qoladi. Agar bosim oshirilsa bug‘ kondensatlanadi va h.z.Agar modda qattiq holatda ma’lum harorat va bosim oralig‘ida bir nechta barqaror kristall shakllar hosil qilib, ular mustaqil fazani tashkil etsa, fazoviy diagramma murakkablashadi. Bu holda holat diagrammasida barqaror qattiq fazaga to‘g‘ri keladigan sohalar ko‘payadi va bir qancha uchlamchi nuqtalar vujudga kelishi mumkin. Buni oltingugurtning holat diagrammasi misolida ko‘rib chiqamiz.
11. Termodinamikaning ikkinchi qonuni
Termodinamikaning I qonuni tabiatda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishini ko‘rsatib bera olmaydi. Masalan, issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga berilishi, suvning tepadan pastga oqishi, gazlarning aralashishi.Termodinamikaning II qonuni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Ikkinchi qonunni birinchi bo‘lib S.Karno ta’riflagan. U 1824 yilda issiqlikning mexanik ishga aylanish sharoitini o‘rganib, quyidagi xulosaga keldi:issiqlik mashinalarida issiqlik manbaidan olingan issiqlik to‘laligicha ishga aylanmaydi, uning ma’lum bir qismi sovutgichga beriladi. Issiqlik manbaidan olingan issiqlikni Q1 deb belgilasak, sovutgichga berilgan issiqlik Q2 bo‘lsa, Q1 - Q2 issiqlikning ish(A)ga aylangan qismi bo‘ladi. Issiqlik mashinasining (f.i.k.) ishchi jism tabiatiga bog‘liq bo‘lmay, isitgich va sovutgich haroratlarining farqiga bog‘liq (Karno-Klauzius teoremasi. Bu teoremani ham termodinamikaning II qonuning ta’rifi deb qarab, quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:isitgich harorati va sovutgich harorati Bu formula 1850 yilda R.Klauzius taklif etgan ta’rifga mos keladi: “Issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o‘z-o‘zicha o‘tmaydi”.V.Ostvalьd bu qonunni quyidagicha taьrifladi: “Ikkinchi tur abadiy dvigatelь yaratish mumkin emas”, yaьni isitgichdan olingan issiqlikning hammasini ishga aylantiradigan (ya’ni sovutgichga bermasdan) mashina qurib bo‘lmaydi.Termodinamikaning II qonuni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Ikkinchi qonunni birinchi bo‘lib S.Karno ta’riflagan. U 1824 yilda issiqlikning mexanik ishga aylanish sharoitini o‘rganib, quyidagi xulosaga keldi:issiqlik mashinalarida issiqlik manbaidan olingan issiqlik to‘laligicha ishga aylanmaydi, uning ma’lum bir qismi sovutgichga beriladi. Issiqlik manbaidan olingan issiqlikni Q1 deb belgilasak, sovutgichga berilgan issiqlik Q2 bo‘lsa, Q1 - Q2 issiqlikning ish(A)ga aylangan qismi bo‘ladi. Demak, termodinamikaning ikkinchi qonuni energiyaning istalgan shakli issiqlikka aylanishi(o‘tishi) mumkinligini, lekin issiqlik energiyasi boshqa turdagi energiyaga to‘liq o‘tmasligini ta’kidlaydi. Bulardan kelib chiqib, termodinamikaning II qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: «Izolirlangan sistemalarda faqat entropiyasi ortadigan jarayon o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi va entropiyasi maksimal qiymatga etguncha davom etadi».

Download 30,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish