Demoqchimizki, tungi vaqtlarda ishlovchi restoranlar, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlar bo‘yicha qabul qilinadigan hujjat mazkur sub'yektlar uchun qulay sharoitlarni yaratishi, ularda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar oldini olish choralarini kuchaytirishga xizmat qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 188.2-moddasida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari mas'ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish — eng kam ish haqining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Voyaga yetmagan yoshlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bo‘lishi, balki bu muassaslarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ham aniqlangan. Ana shunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
6.Kazusga Javob:
“Ўзчармсаноат” уюшмаси мамлакатга импорт қилинаётган пойабзаллар учун божни 30 фоизга кўтариш бўйича қонун лойиҳасини муҳокамага киритди. Бироқ бу жамоатчилик томонидан салбий муносабат билан кутиб олинди. Бож тўловининг оширилиши мазкур турдаги товарларнинг қимматлашувига, маҳаллий ишлаб чиқарувчилар маҳсулотининг сифати пасайишига олиб келади, деган қарашлар олға сурилмоқда.
Мана шу муҳокамалар жамоатчиликнинг қонун ҳужжатларини қабул қилиш жараёнидаги иштирокини кўрсатиб бера оладими?
Import boj stavkalarini oshirilishi – mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini zaiflashtiradi
2019 yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining import boj stavkalarini optimallashtirish bo‘yicha taklifi e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, mavjud bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ya’ni, tovarlarning importi foydali bo‘lishiga xizmat qiladigan va ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining investitsion jozibadorligini yo‘qotib, tayyor mahsulotlar importiga yo‘naltirilgan vaziyat yuzaga kelgan. Import boj stavkalarini optimallashtirishi va oshirilishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “ibtidoiy usul”da (proteksionestik) himoya qilinishi borasidagi tadbirlar keng jamoatchilik, mustaqil ekspertlar tomonidan internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy munosabatga va keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, qabul qilinayotgan qaror birinchi navbatda, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga, jumladan samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan islohotlarga zid bo‘lmasligi lozim.
Davlatimimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun va qoidalarga fuqarolar bajarishi kerak. Ammo biz demakratik, insonparvar jamiat qurayotgan ekanmiz fuqarolarning ham munosabatini inobatga olimiz kerak. Har bir inson sifatli mahsulot xarid qilishni istaydi.Agarda bir maxsulot ishlab chiqarishda raqobat bo’lmasa sifat ham shu maxsulot narxiga to’g’ri keladi.
SHU MANODA DAVOM ETIB KETSA BOLADI
Do'stlaringiz bilan baham: |