1. Kazusga Javob



Download 113,31 Kb.
bet3/27
Sana23.05.2022
Hajmi113,31 Kb.
#607339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Yuristning Yozma Nutqidan Kazus

Birinchidan. Davlat tashkilotlarida ishlovchilarning oyligi ma'lum. Agar o‘sha xodim juda dabdabali to‘y qilsa va tabiiyki bu to‘y uchun juda katta miqdorda pul sarflasa, o‘z-o‘zidan bu pullar qayerdan kelgani haqida savol paydo bo‘ladi. Aslida, qimmatbaho mashina yoki uy olish, bolalarini chet elda o‘qitish yoki davolatish singari, dabdabali to‘ylar ham jamoatchilik e'tiborini tortishi va ortidan salbiy xulosalarni olib kelishi kerak. Prezident nutqida mana shu tomonga e'tibor qaratdi. Bu yerda nozik jihat dabdabali to‘y qiluvchilar qatorida aynan davlat idoralari xodimlarining tilga olinishi va bu pullar qayerdan topilganiga urg‘u berilishidir.
«Nega pulingni dabdabali to‘y qilishga sarflading?», deb insonning daromadini sarflash erkinligi cheklanmayapti, aslida. «Dabdabali to‘y uchun pulni qayerdan olding, byudjyet (xalq) senga to‘layotgan oylik bunga yetmasligi kerak-ku? Demak o‘g‘irlayapsan ekanda?» degan ma'nodagi o‘rinli savol yuzaga kelyapti. Ba'zilarning ko‘rgazmali xarajatlarini tahdid ostiga olgan holda, ularning to‘ylarini ixchamlashtirish orqali, ijtimoiy urf yaratilmoqda - ya'ni bir o‘q bilan ikki quyonning ovlanishi...
Ikkinchidan, e'tibor bering, agar boy-badavlat qo‘shnimiz qimmatbaho mashina sotib olsa va oilasini o‘sha mashinasida olib yursa, havas qilamiz, lekin qarzdor bo‘lib shunaqa mashina sotib olishga intilmaymiz, «uyalmasdan» avtobusda yuraveramiz. Agar kimdir dang‘illama uy qursa, bunday uy qurish juda qimmatligini bilamiz, tan olamiz va «uch xonali domda baxtli» yashayveramiz. Xo‘sh, nega unda, puli ko‘p odamlarning to‘y marosimlari bizni «bog‘lashi», aynan o‘shanday to‘y qilish majburiyatini yuklashi kerak. Nega puli ko‘p odamlarning xarajatlari an'anaga aylanishi kerak?
Uchinchidan, bunday yo‘l tutishning ijtimoiy oqibati ham bor. Agar shu yo‘nalishda jarayon biroz davom etsa, davlat idoralari xodimlari dabdabali to‘y qilmay qo‘yishadi. Ixcham to‘ylar paydo bo‘ladi va ko‘pchilik o‘rnak olishni boshlaydi. To‘ylarni ixchamlashtirish ommaviy taqiq va targ‘iblar emas, aynan daromadi cheklangan va korruptsioner bo‘lishi xavfi bo‘lgan shaxslarning xarajatlariga urg‘u qaratish orqali bo‘lishini quvvatlayman.
Bir paytlar, asosan Toshkentda va vodiyda islomiy to‘ylar juda urf bo‘lgandi. Spirtli ichimliklar, qimmatbaho tortlar, qistir-qistir, artistlar-u yana boshqa bir qator xarajatlar tejaladigan bu shakl to‘ylarning mohiyati aslida erkaklar va ayollarning birgalikda to‘yda o‘tirishlari Islomga zid ekani haqidagi fikrlardan kelib chiqqan bo‘lsa-da, keyinchalik, oddiy tejamkor to‘y sifatida an'anaga aylandi. U qadar dindor bo‘lmagan, yashash tarzi hamma qatori bo‘lgan oddiy odamlar ham bu shakl to‘ylardagi qulaylik va tejamkorlik tufayli, shunday to‘y o‘tkaza boshladilar. Ya'ni, bu to‘ylar o‘ziga xos «to‘y shakli» sifatida urfga kirdi, hech kim bunday to‘y qilishdan uyalmay qo‘ydi.
Ixcham to‘ylarning boshlanishiga majburiy tarzda paydo bo‘lishi, keyinchalik ko‘payishi, albatta, yangicha to‘ylarning urfga kirishiga sabab bo‘ladi. Urfga kirib qolgan to‘ylar esa boshqa odamlar tomonidan tanqid ostiga olinmaydi, malomat qilinmaydi. Natijada, oddiy odamlarda to‘y qilish uchun ixcham, sodda variantlari yuzaga keladi va albatta, tanlov huquqi o‘zida qoladi.
Xususiy sektorda, biznesda katta pul topadigan tadbirkorlar kattaroq to‘ylar qilishlari mumkin, ammo ba'zida bo‘lib o‘tadigan bunday to‘ylar odamlar intiladigan orzu-havas emas, «puli ko‘p bo‘lganidan keyin qilaveradi-da» deb baholanadigan bir to‘y shakli sifatida mavjud bo‘ladi xolos.
Men Prezidentning ma'ruzasini shunday tushundim va keyingi ishlar xuddi shu yo‘nalishda olib borilib, oqibati yuqorida tilga olingan shaklga kelsa, juda xursand bo‘lardim. Ma'ruzada aynan davlat organlari rahbarlari sanalganining o‘ziyoq, mening talqinimga asos bo‘la oladi, chamamda.

Download 113,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish