Eksternat - oliy ta‘limning tanlangan yo`nalishi (mutaxassisligi) bo`yicha kasbiy ta‘limga muvofiq fanlarni mustaqil o`zlashtirish va ta‘lim muassasasida davriy (joriy, yakuniy) attestatsiyadan o`tishdan iborat.
Masofaviy ta‘lim – oliy ta‘limning kasbiy ta‘lim dasturini ish faoliyatidan ajralmagan holda, ta‘lim muassasasidan uzoqda zamonaviy axborot texnologiyalari va teletarmoqlar texnikasi vositasida o`zlashtirishdir.
6. Oliy ta‘limning fan va ishlab chiqarish bilan o`zaro bog`lanishi amaldagi qonunlarga muvofiq o`quv - ilmiy, o`quv – ishlab chiqarish majmualari, birlashmalari, assotsiatsiyalari tuzish yo`li bilan hamda yirik olim va mutaxassislarni o`quv jarayoniga taklif etish va ilmiy - tadqiqot institutlari, korxonalar va tashkilotlarda oliy ta‘lim muassasasining markazlari, laboratoriyalari, kafedralari va bo`limlarini tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi.
7. Oliy ta‘lim muassasasi magistrantlar safidan, shuningdek akademik litsey, kasb- hunar kollejlari va umumiy ta‘lim muassasalari o`quvchilari bilan olimpiadalar, konkurslar, test sinovlari tashkil etib, iste‘dodli yoshlarni tanlash ishlarini amalga oshiradi, ularga o`z qobiliyatlarini rivojlantirishlari uchun sharoitlarni yaratadi.
8. Oliy maktabda yoshlarning yuksak ma‘naviy - axloqiy sifatlarini shakllantirish ta‘limni insonparvarlik mazmunida bo`lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy istiqlol g`oyasi va mustaqillik mafkurasiga asoslanganligi bilan ro`yobga chiqariladi.
97 XX asrda pedagogik diagnostikaning rivojlanishiPedagogik diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda, katta ahamiyatga ega bo'lib, ilg'or ta'lim muassasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Yutuq, mustaqhamlalanib, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlar tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishilari belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo'lga kiritilmoqda.Taniqli pedagogik olim Matserman pedagogik diagnostikani «o'quvchi o'zlashtirishi bilan, o'quv materialarini to'g'ri tanlash, maqsadni to'g'ri yo'naltirish mezonidir» deb hisoblaydi.Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika birinchidan, o'quvchiga individual ta'lim berishni jadallashtiradi, 2 chidan, davlat va jamiyatni ta'limga qo'ygan talablaridan kelib chiqib o'quvchi bilimini to'g'ri adolatli baholashni ta'minlaydi, 3 chidan, ig`ch-m ta'limiy mezon, kriteriyalar orqali o'quvchini sinfdan - sinfga o'tishida, mutaxassislikka qabul qilishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta'lim - tarbiya jarayoni to'g'ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to'g'ri baholanadi. Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o'quv tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta'limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo'l ochadi, pirovard natijada ta'limning takomillashib borishiga ijobiy ta'siri qiladi. Pedagogik diagnostikani eng muhim kriteriyalar esa:
1. Xaqqoniylik
2. Ishonchlilik
3. Puxtalik
maktab ta'lim - tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o'quv predmetlariiing muntazamliligi ustida gap borar ekan uni fan va fanni o'rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uni o'rganish tizimi o'ziga xos ko'p qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o'z ichiga oladi. Uni o'quv predmetlari esa predmetlarni o'rganish tizimiga tatbiq etib bo'lmaydi, bu mumkin ham emas. Shunday bo'lishiga qaramay bu ikki tizim o'rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki mantiqiy bog'lanishlar mavjuddir. Shunga ko'ra maktab o'quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya'ni bir tomondan umumta'lim maktablarida o'qitilayotgan predmetlar ma'lum fan tizimi bilan o'zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog'lanishlarga ega bo'lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomonidan, izchil muntazam o'qitilayotgan predmetlar orqali o'quvchilarning bilish qobiliyati, o'zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta'limi jarayoni muntazamlilik qoidasi - printsipining quyidagi qoidalariga rioya qilishi lozim, ya'ni o'tilayotgan predmet yoki bayon qilinayotgan yangi materialiing o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan ilmiy bilimlari, ko'nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog'lanishi, shu bilan bir vaqtda o'qitilayotgan predmet yoki o'quv materiallarini o'zlashtirish orqali kelajakda yangi predmet yoki yangi bilimlarni o'zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta'lim bosqichiga o'tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutilmog'i lozim.
98 Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika rivojiPsixodiagnostika va pedagogik diagnostika iboralarini eshitganingizda fikringizga qanday so`zlar, iboralar keladi, degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi. Bunda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo`llaymiz. Aqliy hujum - g`oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni echishda magistrantlar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og`zaki shakllari mavjud. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi takliflar umumlashtirilishi, sinflashtirilishi tizimlashtirilishi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanishi mumkin.
99 Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika rivojiSobiq SSSRda «pedagogik diagnostika» termini 50-60 yillarda A.S.Belkin tomonidan turli jurnallardagi maqolalarda kiritiladi. Pedagogik diagnostikaning atamalari va metodologiyasi uning 1979 yilda «SHaxslarning pedagogik qarovsizligi» nomli o`quv qo`llanmasida batafsil bayon qilindi.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, 80 yillargacha, «Pedagogik diagnostika» atamasi asosan maqolalarda, turli tezislar yoki kam tirajli to`plamlarda uchraydigan, 80 yildan boshlab esa, shu vaqtgacha pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorlik sohasi sifatida shakllanib, rivojlanib kelayotgan, ko`pchilik alohida bilim va tajriba sohasi, deb qaramayotgan bu soha eng dolzarb sohalardan biriga aylanmoqda. Buning isboti sifatida quyidagi dalillarni keltirishimiz mumkin.
1987 yilda A.I.Kochetov tahriri ostida «Maktabda pedagogik diagnostika», 1988 yilda N.K.Golubevning «Tarbiya jarayonini diagnostika va prognoz qilish» asarlari bosmadan chiqdi. 1990 yilda Toshkentda K.Z.Zaripovning «O`qituvchilar malakasini oshirishning uzluksiz tizimda pedagogik diagnostika», 1992 yilda Ekaterinburgda E.A.Mixaylivichning «Pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari» mavzusidagi doktorlik ishlari himoya qilindi.
Chet ellarda bu sohada olib borilgan va rus tiliga tarjima qilinib, o`zbek mutaxassislari ham tanishish imkoniyatiga ega bo`lgan ishlardan K.Ingenkampning 1991 yilda bosmadan chiqqan «Pedagogik diagnostika» (muallifning yozishicha pedagogik diagnostika atamasi u tomonidan 1968 y. taklif qilingan va kiritilgan) asarida ancha keng yoritilgan.
Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to`xtalib o`tamiz:
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish - bu yo`nalish shaxslarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanganligini (tarbiyaviy ta`sirlarga berilishi)ni o`rganishdan iboratdir.
Tashkiliy-metodik diagnostika - pedagoglarning kvalifikatsiyasini, o`quv jarayonining uslubiy ta`minlanganlik darajasini baholashdir.
Didaktik diagnostika - pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (o`quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). SHaxslarning og`zaki va yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarni, ularning sabablarini, o`quv faoliyatidagi salbiy o`zgarishlarni, shaxslarda o`quv mehnat malaka va ko`nikmalarning rivojlanganlik darajasini, ta`lim olishga nisbatan moyilliklari diagnostika qilinadi.
Ijtimoiy-pedagogik diagnostika - shaxslarning pedagogik qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og`ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo`nalishdir. Diagnostika pedagoglar tomonidan maktabdan, o`quv yurtidan tashqarida olib boriladi. SHu sababli diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodi, xuquq sotsiologiyasi, dam olish sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya kabi sohalarda qo`llaniladigan metodikalar va ko`rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi.
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika - bu yo`nalish sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, shaxslar, pedagoglar, ota-onalar guruhlarini, shaxslarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, televizor, gazetalar va h.k.) ta`sirini, shaxslarning burch va xuquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o`rganishga yo`naltirilgandir.
100 Zamonaviy va an'anaviy diagnostika tizimining bir biridan farqiDiagnostikaning an`anaviy tizimi tizimsizlik, to`liqsizlik, monofunktsionallik, diagnostika passiv usullarining ustuvorligi, tashxislarning zamonaviy emasligi, taxminiy tanlash va elementlarning ilmiy asoslanmaganligi va shu kabi kamchiliklarga ega. SHu sababli zamonaviy diagnostika qilish tizimi an`anaviy tizimdan keskin farqlanadi.
.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |