1. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da oila masalalari. " hayot va turmush odobi


Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi



Download 99,37 Kb.
bet12/14
Sana27.03.2022
Hajmi99,37 Kb.
#512533
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tayyor KORREKSIYA(1)

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashiga ko‘ra, bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi.Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.Jamoaning har bir a’zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish ko‘nikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir.Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo‘ya boshlaydilar.Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi.
90Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish
Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo‘yidagicha bayon etish mumkin:
Tarbiya psixologiyasi — pedagogik psixologiyaning g`oyat murakkab va kam ishlangan bo`limi bo`lib, keyingi vaqtlarda bunga ko`proq e’tibor berilmoqda. U shaxsni bir butun holda tarkib topishi va rivojlanishiga old ichki (psixologik) mexanizmlarni, shuningdek, uning ayrim xususiyatlarini o`rgatadi.
Shaxs faoliyati jarayonida moddiy va ijtimoiy muhitning o`zaro aloqasi jarayonida shakllanib boradi. Faollik bo`lmagan joyda shaxsning qaror topishi va rivojlanishi ham bo`lmaydi. Bunda ijti­moiy aloqalar jamiyat, guruh hamda turli jamoalar hayotiga faol kirishib ketish shaxsni shakllantirishning muhim omillari sifatida maydonga chiqadi. Aniq maqsadni ko`zlagan holda oldindan rejalashtirilgan hamda tashkil etilgan jarayon bo`lishi tarbiya, shaxs va ijti­moiy muhitning o`zaro ta’sir ko`rsatuvchi yo`nalishlari hisoblanadi. SHaxsning shakllanib borish sur`ati unga xos ayrim xususiyatlarning tola va butun holda barqaror paydo bo`lib borish uning mehnatda, o`qishda, o`yinda, muloqotda va yurish-turish madaniyatida yaqqol ko`rinadi. SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, faoliyat nima sababdan amalga oshirilishi zarur ekanligini tushuntira olish bilangina har bir ishning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifasi amalga oshadi. Bu fikrni shunday tushunish kerakki, tarbiyalanuvchi ongiga anglab etilgan barqaror va kuchli ichki ehtiros paydo bo`lgandagina amalga oshirilayotgan faoliyat tarbiyalovchi kuchga aylanadi. Xo`sh, tarbiyaning o`zi nima? A. Navoiy fikricha tarbiya, ya`ni «Pedagogika» bola tarbiyasining fanidir. Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, yaxshi xulqlarni o`rgatmoq, yomon xulqlardan asrab o`stirmoqdir. Keyingi ish esa har bir shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashdir.
Har bir tarbiyachi — o`qituvchi uchun yaxshi xulq, uning mezonini bilish - keyingi faoliyatini tashkil etishda yordam beradi deb o`ylaymiz. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa tarbiyalanuvchining kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi.
Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
91 Ta'limda bilimlarni puxta va mustahkam o'zlashtirish prinsipi.Ma'lumki, puxta o'zlashtirishning harakterli belgisi mustahkam esda saqlab qolishdir. boshqacha qilib aytganda, bu printsip o'quvchilarning xotira faoliyati, ya'ni o'quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushurish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog'liqdir. O'quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o'quv materiallarini sistemali va ongli o'zlashtirishlariga bog'liq biroq puxta o'zlashtirishning muvaffaqiyati esa ko'p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga bog'liqdir. Takrorlash va mashq qildirishning mustaqil va alohida - alohida o'qitish metodi sifatida ishlatiladigan usul va vositalarining turi xilma - xildir. Biroq gap puxta o'zlashtirishning didaktik asoslari ustida borar ekan, takrorlashning bilimlarni xotirada saqlab qolishdagi ahamiyatini ko'rib o'tish maqsadga muvofiqdir. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash jorayonida faqat oldindan o'zlashtirilgan o'quv materiallarigina esga tushirilmay, balki shu o'quv materiallariga bog'liq bo'lgan yangi - yangi ma'lumotlar ham berildi. O'zlashtirilgan bilimlarning noaniq, tumanli bo'lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to'ldiriladi. O'quvchilar maktabda tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni har tomonlama egallash orqali tushunishga, mustaqil hayotga tayyorlanadilar va ma'lumotli kishilar bo'lib etishadilar. O'zlashtirilgan bilimlarning, o'quv materialning qanday egallaganligini bilish o'qituvchi uchun ham o'quvchi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda o'qituvchi o'quvchilarning bilim. ko'nikma va malakalarini o'z vaqtida tekshiradi, hisobga oladi va baholab beradi. Bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirish va baholash o'quv jarayonining eng muhim va zaruriy qismlaridan bo'lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:
a) bolalar tomonidan o'zlashtirilayotgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalarni nazorat qilish;
b) bilimlarning sifatini aniqlash;
v) o'quv dasturida belgilangan materiallarni ongli, izchil va mustahkam o'zlashtirib olishga undash. Bu masalalar ta'limiy ahamiyatga molikdir. Bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirish va baholash jarayonida o'quvchilar o'qishga ongli munosabatda bo'lishga, izchil ishlashga, ongli intizomga, qiyinchiliklarni engish, o'zida irodaviy sifatlarni o'stirishga, o'ziga hamda boshqalarga nisbatan talabchan bo'lishga o'rgatib boradi. Bu bolalar tomonidan o'zlashtirilgan bilimning sifatini aniqlash, ularni o'quv dasturida masalalar esa katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir
92Ta'lim-tarbiya jarayonida o'lchash va shkalalashning asosiy yo'nalishlariPedagogik diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda, katta ahamiyatga ega bo'lib, ilg'or ta'lim muassasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Yutuq, mustaqhamlalanib, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlar tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishilari belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo'lga kiritilmoqda.Taniqli pedagogik olim Matserman pedagogik diagnostikani «o'quvchi o'zlashtirishi bilan, o'quv materialarini to'g'ri tanlash, maqsadni to'g'ri yo'naltirish mezonidir» deb hisoblaydi.Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika birinchidan, o'quvchiga individual ta'lim berishni jadallashtiradi, 2 chidan, davlat va jamiyatni ta'limga qo'ygan talablaridan kelib chiqib o'quvchi bilimini to'g'ri adolatli baholashni ta'minlaydi, 3 chidan, ig`ch-m ta'limiy mezon, kriteriyalar orqali o'quvchini sinfdan - sinfga o'tishida, mutaxassislikka qabul qilishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta'lim - tarbiya jarayoni to'g'ri tahlil
etiladi va uning samaradorligi to'g'ri baholanadi. Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o'quv tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta'limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo'l ochadi, pirovard natijada ta'limning takomillashib borishiga ijobiy ta'siri qiladi. Pedagogik diagnostikani eng muhim kriteriyalar esa:
1. Xaqqoniylik
2. Ishonchlilik
3. Puxtalik
maktab ta'lim - tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o'quv predmetlariiing muntazamliligi ustida gap borar ekan uni fan va fanni o'rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uni o'rganish tizimi o'ziga xos ko'p qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o'z ichiga oladi. Uni o'quv predmetlari esa predmetlarni o'rganish tizimiga tatbiq etib bo'lmaydi, bu mumkin ham emas. Shunday bo'lishiga qaramay bu ikki tizim o'rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki mantiqiy bog'lanishlar mavjuddir. Shunga ko'ra maktab o'quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya'ni bir tomondan umumta'lim maktablarida o'qitilayotgan predmetlar ma'lum fan tizimi bilan o'zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog'lanishlarga ega bo'lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomonidan, izchil muntazam o'qitilayotgan predmetlar orqali o'quvchilarning bilish qobiliyati, o'zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta'limi jarayoni muntazamlilik qoidasi - printsipining quyidagi qoidalariga rioya qilishi lozim, ya'ni o'tilayotgan predmet yoki bayon qilinayotgan yangi materialiing o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan ilmiy
bilimlari, ko'nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog'lanishi, shu bilan bir vaqtda o'qitilayotgan predmet yoki o'quv materiallarini o'zlashtirish orqali kelajakda yangi predmet yoki yangi bilimlarni o'zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta'lim bosqichiga o'tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutilmog'i lozim. O'qituvchi kundalik o'quv materialarini bayon qilishda muntazamlilik qoidasiga muvofiq dars o'tadi Bunda: 1) yangidan bayon qilinayotgan o'quv materialining oldindan o'zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog'lanishini ta'ninlash va shu orqali o'quvchilarda hosil qilingan tasavvur - va tushunchalarni kengaytirish hamda chuqurlashtirish; 2) bayon qilinayotgan o'quv materiallarining hajmiga muvofiq suratda qismlarga bo'lish undagi etakchi bosh masalalarni ajratish, qismlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o'qitish; 3) yangi materialni bayon qilish jarayonida o'quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da'vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog'i lozim. Shu bilan birga ta'limning muntazamlilik printsipi bayon qilinayotgan o'quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o'tilgan materiallarni to'ldirishga hizmat qilishi, o'quvchilarning uzluksiz va izchil suratda mustaqil ish olib borishlarini: o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko'nikma va malakalarini hisobga olib borishni ham o'z ichiga oladi. Ta'limning muntazamliligi uning izchil bo'lishi bilan bog'liqdir. Izchillikka asoslangan ta'limning harakterli belgisi shundaki, u o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish. Ularniig o'zaro bog'lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida oldin o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni yana ham chuqurlashirish, kengaytirish va mustahkamligini ta'minlashga qaratilgandir. Ya.A.Komenskiy «izchillikka rioya qilib o'qitish lozim, toki bugun, o'rganilgan ilmlar kecha o'rganilganlarni mustahkamlasin, erta o'rganiladiganlarga zamin hozirlasin» degan edi.
93Tarbiyaviy ishlarga yaxlit, tizimli yondashuv 1. Bo`lajak mutaxassislarda ma‘naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish ko`p qirrali va murakkab jarayondir. Magistrantlarning ma‘naviy – axloqiy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog`liq va biri ikkinchisini taqozo qiladigan yaxlit ta‘lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda bajarishni talab etadi. Tarbiyaviy ta‘sir o`tkazishning aniq va mukammal tizimigina, yaxlit tizimli yondashuvgina tarbiyaning samaradorligini ta‘minlaydi. Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi bir xil ishni ortiqcha takrorlayvermaslikka, magistrantga nisbatan biri ikkinchisiga to`g`ri kelmaydigan qarama-qarshi ta‘sirlarning oldini olishga, bo`lajak mutaxassislarga bir xil talablar qo`yish va yakdillik bilan ta‘sir o`tkazishga imkon beradi.
2. Oliy o`quv yurtlarida ma‘naviy - tarbiyaviy ishlar, tadbirlar ko`plab o`tkaziladi. Shunga qaramay magistrantlar orasida axloq - odobga to`g`ri kelmaydigan hatti-harakatlar uchrab turadi, ya‘ni oliy o`quv yurtlarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar hamma joyda ham kutilganidek natija beryapti deb bo`lmaydi.
Ayrim oliy o`quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar universitet, institut miqyosida, shuningdek fakultet va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog`lanmagan har turli tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo`lib qolmoqda. Odatda bunday tarbiyaviy tadbirlarda ko`pincha faolroq magistrantlar qatnashadilar. Tarbiyaga muhtoj va tarbiyalash zarur bo`lgan ayrim magistrantlar esa bu ishdan chetda qolaveradi.
Tarbiyaviy ishning ba‘zan kam samara berayotganligining sabablaridan yana biri yoshlarga axloqiy ta‘sir o`tkazish usullarining bir tomonlamaligidadir. Oliy o`quv yurtlarida ta‘lim-tarbiya ishida so`nggi yillargacha og`zaki bayon qilish usuli ko`proq qo`llanib kelindi, magistrantlarni amaliy faoliyatga jalb etish usullariga esa juda kam e‘tibor beriladi. Shuningdek, axloq-odobga doir suhbatlar, ma‘naviyatga doir mavzularda ma‘ruza, doklad va munozaralar o`tkazish usuliga ham yetarli darajada e‘tibor berilmas edi. Ayrim metodlarga yopishib olish va boshqalarga e‘tibor bermaslik oliy o`quv yurtlarida bo`lajak mutaxassislarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish ishiga salbiy ta‘sir etadi.
Oliy o`quv yurtlarining ko`pchiligida hanuzgacha kasb odobi masalalari magistrantlarga deyarli o`rgatilmaydi. Xatto bitiruvchi kurs magistrantlarining ko`pchiligi kasb odobi, o`qituvchi odobining normalari va talablariga doir savollarga durustroq javob bera olmaydilar. Bularning barchasi tarbiyaviy ishlarning samarasi va ta‘sirchanligini susaytiradi. Natijada oliy o`quv yurtining professor - o`qituvchilari, jamoat tashkilotlari sarflayotgan kuch va g`ayrat yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi sohasida kutilgan natijalarni bermaydi.
3. Pedagogik matbuotda tarbiya tizimi haqidagi masalaga borgan sari ko`proq e‘tibor berilmoqda. Pedagog olimlarning asarlarida bayon etilgan nazariy qoidalar magistrant yoshlarning ma‘naviy – axloqiy tarbiya tizimini ishlab chiqishga imkon beradi. Oliy maktabda bo`lajak mutaxassislarni tarbiyalash tizimini yaratish oliy o`quv yurtida amalga oshirilayotgan barcha tarbiyaviy ishlarning maqsadi, mazmuni, tarbiyaviy jarayon, tarbiyachi va texnik vositalar, tarbiyaning shakl - usullarini belgilashga yordam beradi. Tarbiyaviy ishlar tizimi turli kurslarning magistrantlari bilan o`tkaziladigan tadbirlarda izchillik va ketma-ketlikni saqlashga yordam beradi. Yoshlarga yagona pedagogik talablar qo`yish, yigit-qizlarning individual xususiyatlarini va axloqiy kamolot darajasini e‘tiborga olishni yengillashtiradi.
Ma‘naviy-axloqiy tarbiya tizimi nima? Tizim - qismlardan tuzilgan bir butun ya‘ni ma‘lum tartibda joylashtirilgan bir-biri bilan bog`liq qismlardan tuzilgan yaxlit bir narsa yoki hodisa degan ma‘noni anglatadi.
Oliy maktab magistrantlarida axloqiy sifatlar qandaydir biror universal shakl, vosita yoki usul yordamida emas, balki aniq maqsad, xilma-xil shakllar, vositalar va metodlar, har - xil faoliyat turlari ta‘sirida ya‘ni tarbiya tizimi natijasida shakllanadi.
4. Tarbiyaviy ishlar tizimi ma‘lum vazifani bajaradigan, tuzilish jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan ko`plab qismlarni o`z ichiga oladi. Tarbiyaviy tizim barkamol avlodni, yuksak axloqiy fazilatli mutaxassislarni shakllantirish maqsadiga bo`ysundirilgan, o`zaro bir-biriga bog`liq va mos keladigan shakl, usul va vositalarning yaxlit birligidan iborat. Tizim tarbiya jarayonini boshqarish imkoniyatini ham o`z ichiga oladi. Tizimning qismlari o`zaro bir-biriga ma‘lum darajada bog`liq bo`ladi. Bu qismlar biri ikkinchisidan ajralgan holda emas, balki ma‘lum bir aloqada mavjud bo`ladi. Masalan, yaxlit pedagogik jarayonda faqat ma‘naviy-axloqiy tarbiyagina emas, balki aqliy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, estetik va mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. San‘at asarlaridan magistrantlarga axloqiy tarbiya berish maqsadida foydalanish, yoshlarga estetik jihatdan ta‘sir o`tkazish, ularning aqlini o`stirish, mehnatga o`rgatish uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
5. Aloqadorlik (bog`lanishlar) – bu, tarbiyaviy maqsad, mazmun, shakllar, vositalar, usullarning o`zaro bir-biriga ta‘siridan iborat bo`lib, buning natijasida tizim hosil bo`ladi. Aloqalar to`ppa – to`g`ri yoki bavosita bo`ladi. Ma‘naviy-axloqiy tarbiya tizimining qismlari ham o`zaro bir-biri bilan ana shunday aloqada bo`ladi. Masalan, mehnatni biz aqliy tarbiya tizimining tarkibiy qismi deb hisoblaymiz. Mehnat faoliyati jarayonida yoshlar axloqiy jihatdan ham kamol topadi. Axloqiy kamolat o`z navbatida kishining mehnat faoliyatiga ta‘sir etadi. Oliy o`quv yurtida ta‘lim jarayonida magistrantlarda axloqiy sifatlar shakllanadi, shuningdek axloqiy kamolat o`z navbatida ilmiy va professional pedagogik bilimlarni chuqurroq egallashga yordam beradi.
6. Oliy maktabda amalga oshiriladigan ma‘naviy-axloqiy tarbiya tizimining xarakterli xususiyati shundan iboratki, bu yerda axloqiy tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalarini belgilashda va uni tashkil etishda pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyatlaridan, umuminsoniy va milliy axloq talablaridan kelib chiqadigan kasb odobi normalariga asoslaniladi.
Ma‘naviy - axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni unga mos keladigan shakllarda namoyon bo`ladi. Tarbiya tizimi mazmundorlik bilan birga unga mos keladigan tashkiliy shakllarning xilma-xil, estetik ta‘sirli, ixcham bo`lishini taqozo qiladi. Ma‘lumki, pedagogik faoliyat hamma vaqt bir qolipda ish tutishni yoqtirmaydi. Tarbiyaviy ishning xilma-xil shakllariga yetarli darajada e‘tibor bermaslik, bir xil tadbirni hadeb takrorlayverish tarbiyaviy ishning samarasini kamaytiradi, bunday hollarda, hatto tadbirning mazmuni mafkuraviy va ilmiy jihatdan juda qimmatli bo`lsa ham, u magistrantlarning ongiga, his-tuyg`ulariga juda oz ta‘sir etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, tarbiyaviy ishning shakllaridan birortasi ham universal bo`lishi ya‘ni hamma holatlar va har qanday sharoitda qo`llanaverishi mumkin emas.
7. Magistrantlarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashning shakllari, usullari uning mazmuni bilan o`zaro ta‘sirda bo`lib, kasbiy pedagogik faoliyatning maqsadi va qonuniyatlarini aks ettiradi va oliy o`quv yurtida amalga oshiriladigan ta‘lim-tarbiyaning metodlari va vositalari bilan chambarchas bog`liqdir. Tarbiyaning mazmuni faqat uning shakli tufayligina emas, balki metodlar orqali ham amalga oshiriladi. “Shakl” va “metod” tushunchalari bir xil ma‘noni anglatadi deb bo`lmaydi, shuningdek ularning birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo`yish, ular o`rtasidagi birlikni rad etish ham mumkin emas. Tarbiyaning tashkiliy shakllari metodlar va usullar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning shakl va usullari bevosita o`zaro bir-biriga o`tib turadi, ular ko`pincha, aniq sharoit va vazifasiga qarab o`zgarib turadi va ularning biri ikkinchisidan, ma‘lum darajada, shartli ravishda ajratiladi. Shuning uchun ham ayrim o`quv qo`llanmalarida konferentsiya, ekskursiya, amaliy ishlar, ma‘ruza, munozara, suhbat kabi tushunchalar ba‘zan ish shakli deyilsa, ba‘zan metod deb talqin qilinadi.
8. Pedagogik adabiyotlarda tarbiyaning shakl va metodlarini tasnif qilishga mualliflar turlicha yondashadilar. Tarbiyaviy ishlar odatda tarbiyaning maqsadi va vazifalariga, uning xarakteri va davom etish vaqtiga qarab guruhlarga ajratiladi. Masalan, ommaviy ishlar, to`garak ishlari, individual ishlar. Shuningdek, tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarini quyidagi uch guruhga birlashtirish ham mumkin; 1) og`zaki bayon etish shakllari: ma‘ruzalar, dokladlar, munozaralar, ma‘naviyat soatlari, konferentsiyalar, uchrashuvlar va hokazo. 2) amaliy ishlar: laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ijtimoiy foydali ishlar, ishlab chiqarish, pedagogik amaliyot, badiiy havaskorlik va ilmiy to`garaklar, sport sektsiyalari, ekskursiya kabilar. 3) ko`rsatmali ishlar: muzeylar, ma‘naviyat xonalari, ko`rgazma va stentlar, shon-shuhrat xonalari va boshqalar. Tarbiyaviy ishning bu shakllari o`zaro bog`liq bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
9. Tarbiya tizimi tarbiyaviy ishlarning barcha turlarini yuqori darajada samarador bo`lishini talab etadi. Buning uchun esa quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim: tarbiyaviy ishning shakli tarbiyaning maqsadi va mazmuniga mos kelishi lozim. Shaklning tarbiyaviy kuchi uning chuqur mazmundorligidadir, lekin mazmun o`ziga mos keladigan yorqin shaklga ega bo`lmasa, u magistrantlarga kuchli ta‘sir o`tkaza olmaydi, tarbiyaviy ishning shakli yoshlarda ilmiy dunyoqarash, axloqiy e‘tiqod, fuqarolik burchi va mutaxassislikka xos yuksak professional – axloqiy sifatlarni shakllantirishga maksimal darajada yordam berishi zarur, u yoki bu tarbiyaviy ishning qimmati yoshlarni aktiv faoliyatga ko`proq jalb etish va shu tariqa boshqalar bilan aloqa va muomala qilishga qanchalik keng yo`l va imkoniyatlar ochib berishiga ham bog`liq.
Tarbiya metodlari tarbiyachining qo`lida o`ziga xos qurol bo`lib xizmat qiladi. Ular yordamida magistrantlar onggiga ta‘sir etiladi, bo`lajak mutaxassislarning hayot faoliyati yo`naltiriladi va uyushtiriladi.
Pedagogik adabiyotlarda tarbiya metodlari quyidagicha tasnif qilinadi: ishontirish metodi; aqliy hatti-harakatlarni mashq qilish metodi; namuna, ibrat ko`rsatish metodi; rag`batlantirish va jazolash metodlari.
Oliy o`quv yurtlarida tarbiya metodlarini qo`llashning samaradorligi quyidagi pedagogik talablarga rioya qilishga bog`liq: tarbiyaning metodlari shu paytda, shu kursda amalga oshirilayotgan ta‘lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog`liq bo`lishi kerak; tarbiya metodlari magistrantlarning yosh va individual xususiyatlariga, shuningdek ularning hayotiy tajribasiga mos bo`lishi lozim; tarbiyaviy ish jarayonida tarbiya metodlarini birini ikkinchisdan ajratgan holda emas, balki o`zaro bog`liq holda qo`llash zarur.
10. Har qanday tarbiya tizimining asosiy belgilaridan biri izchillik, ketma-ketlikdir. Oliy maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi ham ana shu qonuniyatga bo`ysunadi. Bu talab tarbiyaviy ishning mazmunidan kelib chiqadi va tarbiyaga doir ishlarni tartibli, rejali uyushtirishni taqozo qiladi
94 Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlaridan foydalanish 9. Tarbiya tizimi tarbiyaviy ishlarning barcha turlarini yuqori darajada samarador bo`lishini talab etadi. Buning uchun esa quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim: tarbiyaviy ishning shakli tarbiyaning maqsadi va mazmuniga mos kelishi lozim. Shaklning tarbiyaviy kuchi uning chuqur mazmundorligidadir, lekin mazmun o`ziga mos keladigan yorqin shaklga ega bo`lmasa, u magistrantlarga kuchli ta‘sir o`tkaza olmaydi, tarbiyaviy ishning shakli yoshlarda ilmiy dunyoqarash, axloqiy e‘tiqod, fuqarolik burchi va mutaxassislikka xos yuksak professional – axloqiy sifatlarni shakllantirishga maksimal darajada yordam berishi zarur, u yoki bu tarbiyaviy ishning qimmati yoshlarni aktiv faoliyatga ko`proq jalb etish va shu tariqa boshqalar bilan aloqa va muomala qilishga qanchalik keng yo`l va imkoniyatlar ochib berishiga ham bog`liq.
Tarbiya metodlari tarbiyachining qo`lida o`ziga xos qurol bo`lib xizmat qiladi. Ular yordamida magistrantlar onggiga ta‘sir etiladi, bo`lajak mutaxassislarning hayot faoliyati yo`naltiriladi va uyushtiriladi.
Pedagogik adabiyotlarda tarbiya metodlari quyidagicha tasnif qilinadi: ishontirish metodi; aqliy hatti-harakatlarni mashq qilish metodi; namuna, ibrat ko`rsatish metodi; rag`batlantirish va jazolash metodlari.
Oliy o`quv yurtlarida tarbiya metodlarini qo`llashning samaradorligi quyidagi pedagogik talablarga rioya qilishga bog`liq: tarbiyaning metodlari shu paytda, shu kursda amalga oshirilayotgan ta‘lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bog`liq bo`lishi kerak; tarbiya metodlari magistrantlarning yosh va individual xususiyatlariga, shuningdek ularning hayotiy tajribasiga mos bo`lishi lozim; tarbiyaviy ish jarayonida tarbiya metodlarini birini ikkinchisdan ajratgan holda emas, balki o`zaro bog`liq holda qo`llash zarur.
10. Har qanday tarbiya tizimining asosiy belgilaridan biri izchillik, ketma-ketlikdir. Oliy maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi ham ana shu qonuniyatga bo`ysunadi. Bu talab tarbiyaviy ishning mazmunidan kelib chiqadi va tarbiyaga doir ishlarni tartibli, rejali uyushtirishni taqozo qiladi.
Oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladigan barcha tarbiyaviy ishlarni ma‘lum bir dasturga binoan amalga oshirish, magistrantlarning o`quv yurtida ta‘lim olish davriga mo`ljallangan tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejasini tuzish zarurligini hayotning o`zi taqozo qilmoqda. Oliy o`quv yurtlarida tarbiya jarayonini yaxshilash uchun har bir magistrant ya‘ni bo`lajak mutaxassis egallab olishi zarur bo`lgan kasbiy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ilmiy jihatdan asoslangan, puxta o`ylab tuzilgan dasturi kerak.
11. Tarbiya tizimi bir necha tizimchalardan tuziladi. Umumiy tizimning har bir qismi o`zining ichki tizimiga ham ega bo`ladi. Masalan, oliy maktabda magistrantlarga berilayotgan professional ta‘lim ma‘lum bir tizim bo`lib, u yoshlarga ijtimoiy – gumanitar, psixologo-pedagogik, ixtisosiy bilimlar va ma‘naviy - axloqiy tarbiya berishga xizmat qiladi. Shu bilan birga oliy maktabda o`qitiladigan har bir predmet tuzilishi jihatidan o`zining ichki tizimiga ham ega.
Ma‘naviy-axloqiy tarbiya guruh murabbiylari, jamoat tashkilotlari, magistrantlar va professor - o`qituvchilar jamoasi ishida ham tizim bo`lishi talab etiladi. Tizim ayrim tarbiyaviy tadbirlar bilan guruh, kurs, fakultet magistrantlarining faoliyat turlari o`rtasida bog`lanishlar bo`lishini, shuningdek magistrantlarga jamoaviy ta‘sir o`tkazish bilan individual ishlar o`rtasida ham bog`lanishlar bo`lishini taqozo etadi.
Tizim tushunchasiga barcha tarbiyaviy ishlarni aniq uyushritish ham kiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimi oliy o`quv yurtining butun jamoasi, kasaba uyushmasi, jamg`armalar, kamolot yoshlar tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g`ayrat sarflashi natijasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu tashkilotlar aniq, yaxshi ishlashi, magistrantlarga bir xil ta‘sir o`tkazishlari zarur.
95 Tizimli diagnostika; ularning mazmuni va prognostik imkoniyatlariBu diagnostika turi pedagogik jarayon alohida taraflarining vazifasini bugun tizimli holat hamda ushbu jarayonni rivojlantirish vazifasi sifatida aniqlashga imkon bera­di. Ushbu bosqichda nafaqat alohida komponentlar orasidagi aloqalarning to`la ko`rinishi namoyon bo`ladi, balki turli pe­dagogik tizimosti holatlarning o`zaro bog`liqligini aniqlash vazifasi ham qo`yiladi. Ko`p vaqtlar mobaynidagi kuzatish tanlanma tadqiqotlarining o`zini mujassamlashtiradigan pedagogik diagnostika qo`yilgan maqsaddan tortib yakuniy natijaga erishishgacha bo`lgan pedagogik vaziyatlar zanjiri qay darajada rivojlanishini kuzatishga imkon beradi. Tizimli darajasida diagnostika tugatiladi Monitoring – tizimli diagnostika, olingan natijalarni standart natijalar bilan solishtirish, chetlashishlarni aniqlash, tahlil qilish, daraja va sabablarni baholash, asosiy qarorlarni qabul qilish, qabul qilingan choralarning natijaviyligini baholash va korrektsiyalashdir.
Ekspertiza – eng murakkab va qiyin diagnostik mexanizm bo`lib, unda diagnostika va monitoring alohida o`rin egallaydi. ekspertizaning muhim usullariga kuzatish, o`tkazilgan diagnostika va monitoring natijalari bo`yicha tuzilgan hujjatlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalarni o`rganish; savolnoma o`tkazish, diagnostik kesimlar o`tkazish va boshqa bir qator diagnostik usullar kiradi.
96 Uzluksiz ta'limda pedagogik nazoratni tashkil etishning umumiy diagnostikasiOliy o`quv yurtida o`quv - tarbiya ishlari O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan Oliy ta‘limning davlat ta‘lim standartini amalga oshirishni ta‘minlaydi.
Auditoriyada mashg`ulotlarining barcha turlari uchun 45 (yoki tanaffussiz juft ma‘ruzalar uchun 40) minutlik akademik soat joriy etilgan. Mashg`ulotlar o`rtasidagi tanaffus, odatda, 10 minutdan kam bo`lmasligi lozim.
2. Oliy maktabda o`quv yili ikki semestrga bo`linadi, o`quv semestri magistrantlar o`zlashtirishi natijalarini yakunlash bilan tugallanadi. Magistrantlarning fanlarni o`zlashtirishi «a‘lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz» baholarga muqobil reyting ko`rsatkichi - ballar orqali aniqlanadi.
3. Magistrantlarni kursdan kursga o`tkazish fakultet dekanining taqdimiga binoan rektorning buyrug`i bilan amalga oshiriladi, shartli ravishda o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi. Oliy o`quv yurtini bitirish yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallandi.
4. Malakaviy amaliyotning barcha turlari o`quv rejalari va nizomga muvofiq davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda shartnomaga binoan o`tkaziladi.
5. Oliy ta‘limning kasbiy ta‘lim dasturlari: kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta‘lim olish shakllarida o`zlashtirilishi mumkin. To`lov - kontrakt asosida o`zga shaklda ikkinchi tur ta‘lim olishga yo`l qo`yiladi.

Download 99,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish