19.2. KMB larni boshqarish
Hozirgi paytda KMB larni boshqarishni va ulardagi ma’lumotlar ustida amallar bajarishni engillashtirish maqsadida samarali dasturiy va qurilmaviy ta’minotga ega bo’lgan Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishlab chiqilgan.
Bunday MBBT larga:
a) MS DOS va Norton Commander boshqaruvida ishlashga mo’ljallangan dBase; FoxPro; Clipper; Clarion;
de Vista va Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Paradox tizimlari;
b) WINDOWS boshqaruvida ishlaydigan Microsoft Access (Microsoft firmasi); Approach (Lotus firmasi) tizimlari misol bo’la oladi.
Lekin bu tizimlar, kompyuter bilan yaqindan turib muomala qiluvchi bir nechta foydalanuvchigagina xizmat ko’rsata oladi.
Jahon kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi, KMBlardan foydalanuvchilarning sonini ham, foydalanuvchilar joylashgan o’ramning geografiyasini ham juda kengaytirib yubordi. Shuning uchun ham oxirgi yillarda jahonning ko’zga ko’ringan firmalari Oracle; Centura; Sybase; Informix tomonidan KMBlarni boshqarishning yangi texnologiyasi - "klient-server" texnologiyasi ishlab chiqildi. Ayniqsa Centura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan SOLWINDOWS SOLO "klient-server" tizimi keng tarqaldi.
Zamonaviy "klient-server" tizimi uchta asosiy qismdan:
- qurilmaviy vositalar kompleksi (serverlar; ishchi stantsiyalar; kommunikatsiya qurilmalari);
- kompyuterlararo aloqa to’rlarini bosh-qaruvchi operatsion tizimlar;
- amaliy dasturlar kompleksidan iboratdir.
19.3. KMBlardan foydalanish
Har qanday foydalanuvchi jahondagi KMBlardan foydalana olishi uchun quyidagi shartlarga amal qilishi, ya’ni:
- o’zining kompyuterini xalqaro aloqa uzatish tarmog’iga ulashi;
- kerakli KMBdan foydalanishni tashkil qiluvchi firmaga abonent bo’lishi kerak.
Hozirgi paytda AQSH va G’arbiy Evropa davlatlarida KMBdan foydalanish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: foydalanuvchi axborot xizmatini ko’rsatuvchi firma bilan shartnoma tuzadi va KMBga kirishga imkon beruvchi parolga ega bo’ladi. KMBdan foydalanish haqi tungi vaqtlarda 6 dollar/soat bo’lsa, kunduzgi vaqtda 300 dollar/soatgacha etadi.
Quyida, jahondagi KMBlardan foydalanishga imkon beruvchi eng yirik axborot xizmatlarining nomi (qavs ichida shu axborot xizmatni tashkil etuvchi firmaning nomi) keltirilgan:
A) G’arbiy Evropada:
1. Infoline (Pergamon Infoline Ltd.) , London;
2. BLAISE (British Library Automated Information Service) , London;
3. ESA-IRS-Information Retrieval Servece (Europeam Space Agency), Fraskati, Italiya;
4. Questel (Telesystemes Questel), Parij;
5. INKA-Informationsystem Karlsruhe (Fachinformationszentrum Energie, Physik, Mathematie, GmbH), Karlsrue, Germaniya;
6. FIZ-Technik (Fachinformationszentrum Technic), Frankfurt - na Mayne, Germaniya.
7. Data-Star (Radio Suisse Ltd.), Bern, SHveytsariya.
B) AQSH da:
1. Dialoy (Dialog Information Service, Inc.), Kaliforniya;
2. ORBIT (SDC - System Development Corp.), Kaliforniya;
3. BRC (Bibliographic Retrieval Services, Inc.), Nyu-York;
4. Lockheed (Lockheed Missile and Space Company), Nyu-York.
Bu axborot xizmatlarining har biri o’z firmasi tamonidan ishlab chiqilgan axborot – izlovchi tizimlarga ega bo’lib, bu tizimlar o’zining samaradorliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Ayrimlari o’z taassufidagi KMB largagina kira olsa, boshqalari esa o’z taassufidan tashqaridagi KMBlarni ham foydalanuvchi bilan bog’lash imkoniyatiga egadir.
Masalan,
- Evropa kosmik agentligi (ESA)ning tarkibiy qismi bo’lmish SDS (Spase Documentation Service) axborot xizmati: Biosys Previews, CA Condensates, Comprehensive Dissertation Abstracts, Electronic Components Databank, Energyline, Metadex,NTIS, Oceanic Abstracts, Pascal, Pollution Abstracts, Star/IAA, NASA kabi KMB lar bilan;
- Infoline xizmati: Inpadoc, Computerpat, Patsearch, Pappa, World Surface Couting Abstracts, World Texiles, Current Biotechnology Abstracts kabi KMBlar bilan;
- Dialog xizmati esa: Claims Biblio Abstracts, NTLS, DOE Energy, Soviet Science Information, IRL Life Science Collection, CAB Abstracts, FSTA, Cofeeline, Paperchem, Nonferrous Metals Abstracts, Metadex, INSPEC, APTIC, Geoarchive, Water Resources Abstracts kabi KMBlar bilan istalgan foydalanuvchini bog’lashi mumkin.
Rossiyada esa bunday xizmatni Rossiya amaliy avtomatlashtirilgan tizimlar ilmiy tadqiqot instituti bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |