Tayanch iboralar: Modemlar; Kobelli; Sun’iy yo’ldoshli; ISDN; DSL; Modemlarning standartlari; Plotterlar; Vektorli; Rastrli; Peroli; Purkagichli; Elektrostatik; Termografik; Lazerli; Digitayzerlar; Elektrostatik; Elektromagnit. 9.1. Modemlar Modemlar (MODulyator-DEModulyatorlar -modems). Hozirgi paytda informatsion texnologiyalarni modemlar siz tasavvur qilish qiyin. Faqat ana shu qurilmagina kompyuterga tashqi informatsion tizimlar bilan bog’lanish va ular bilan muloqot qilish imkonini beradi. Ilgari kompyuterlarga modemlardan tashqari, faks ma’lumotlarini qabul qilish va uzatish uchun alohida faks-modemlar ham ulanar edi. Lekin, hozir ishlab chiqarilayotgan zamonaviy modemlarning 99% i o’zida faks-modemlar xizmatini ham mujassamlashtirgandir. Bunday modemlarga Motorola; Rockwell; Robotics; 3Com va boshqa firmalarning mahsulotlari misol bo’la oladi.
Modemlar o’zlarining turlari va standartlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Modemlarning turlari. Zamonaviy kompyuterlarda quyidagi turdagi (markadagi) modemlar keng qo’llanilmoqda:
ISDN (Integrated Servies Digital Network - integrirlashgan xizmatning raqamli aloqa to’ri) modemi. 3Com firmasi mahsuloti bo’lib, 64000 bit/sek. tezlikda aloqa uzatishi (qabul qilishi) mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan raqamli aloqa kanallari talab qilinadi. Birdaniga ikkita aloqa kanalida ishlashi mumkin (birinchisidan ma’lumot qabul qilsa, ikkinchisidan ma’lumotlarni uzatadi). Bu esa, bitta kanal orqali mijoz bilan gaplashgan holda, ikkinchi kanal orqali kompyuterga Internet dan ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Kabelli modemlar. Maxsus kabellar (masalan, koaksil kabellar) orqali 10 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni qabul qilish va 2 Mbit/sek. tezlikda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi.
DSL (Digital Subscriber Line - raqamli abonent kanali). Mavjud telefon kanallari orqali ma’lumotlar almashishga mo’ljallangan. Signallarni raqamlarga aylantirib uzatish natijasida informatsiya uzatish tezligi 128 Kb/s dan 1,5 Mb/s gacha boradi.
Sun’iy yo’ldoshli modemlar - DSS (Digital Satellite System - raqamli sun’iy yo’ldoshli tizim). Bunday modemlar faqat ma’lumotlarni qabul qilishi mumkin. 56K modemiga qaraganda 4- marta tezroq ishlaydi.
Modemlarning standartlari. Modemlarni xarakterlovchi yana bir parametri uning standartidir. Bu standartlar modemning qutisi ustida "V" harfi orqali yoziladi.
Quyidagi modem standartlari keng tarqalgandir: