Tizimli blok (System block) ning tashqi tuzilishi quyidagi qurilmalardan tashkil topgan.
Korpus - ikki xil standartda (formfaktorda) ishlab chiqilmoqda: AT va ATX. Bu standartdagi korpuslar old tomonidan bir-biriga o’xshash bo’lgani bilan, ularning orqa tomoni farq qiladi. Chunki, ATX standarti zamonaviy kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lgani uchun uning orqasida raz’yom va portlari ko’proqdir.
ATX standarti tuzilishi jihatidan gorizontal holda qo’yiluvchi (desktop) va vertikal holda qo’yiluvchi, ya’ni minora shaklidagi (tower) korpuslarga bo’linadi.
Korpusning o’lchamlari. Minora shaklidagi korpuslar o’z navbatida kichik minorali (minitower), o’rta minorali (miditower) va minorali (tower) kabi turlarga bo’linadi.
Kompyuterni elektr tarmog’iga ulash tugmachasi. Eski kompyuterlarda bunday qurilma korpusning orqasida yoki yon tomonida o’rnatilgan edi. Hozirgi kompyuterlarda - korpusning old tomonida joylashgan
KOMPYUTER
Tashqi qurilmalarning portlari, adapterlari, kartalari
Kirituvchi va
chiqaruvchi vositalar
Kirituvchi vositalar
Chiqaruvchi vositalar
to’rtburchak shaklidagi rangli eng katta tugmachadir. Barmoq bilan bosib, kompyuterni elektr tarmog’iga ulash yoki tarmoqdan uzish mumkin.
Ta’minlash indikatori (Power). Kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda yonib turuvchi, tarmoqdan uzilganda esa o’chuvchi indikatordir. Ko’pincha yashil rangda yonadi. Bu indikatorning yonida lampochkaning surati bor.
Qayta yuklash tugmachasi (Reset). Eng ko’p ishlatiladigan tugmacha bo’lib, bosilganda kompyuterga operatsion tizim qayta yuklanadi. Ko’pincha rangli bo’ladi.
Qattiq disk indikatori. Mikroprotsessor qattiq disk bilan ishlayotganda yonib turuvchi indikator. Asosan qizil rangda yonadi. Indikatorning yonida tslindrning surati bor.
Yumshoq disk indikatori. Yumshoq disk diskovodining diskni o’rnatuvchi old qismida joylashgan indikator bo’lib, uning yonib turishi mikroprotsessorning shu diskovod bilan ishlayotganligini bildiradi. Asosan yashil rangda yonadi.
Yumshoq disk knopkasi. Yumshoq lisk diskovodining old qismida, indikatorning yonida joylashgan knopka bo’lib, disketani diskovoddan chiqarib olishga xizmat qiladi.
Kompakt disk indikatori. Agar kompyuterga ichki CD-ROM diskovodi o’rnatilgan bo’lsa, uning kompakt disk o’rnatiladigan old tomonidagi indikator bo’lib, uning yonib turishi mikroprotsessor shu kompakt disk diskovodi bilan ishlayotganligini bildiradi.
Kompakt disk knopkalari. Bunday knopkalar ham diskovodning old tomonida o’rnatilgan bo’lib, ularning biri kompakt diskning aylanishini boshqarsa, ikkinchisi diskni diskovodga kiritishga yoki uni diskovoddan chiqarib olishga xizmat qiladi (har ikkala holda ham disk urnatiluvchi qurilma oldinga chiqadi).
Kompakt disk raz’yomi. Diskovod indikatori va knopkalarining yonida joylashgan kichkina teshik shaklidagi ust tomonida naushnikning surati bor uyacha bo’lib, unga naushnik o’rnatiladi.
Kompakt disk moslovchisi. Diskovodning old tomonida joylashgan g’ildirakcha shaklidagi qurilma bo’lib, uni barmoq bilan aylantirib, kompakt disk orqali eshitilayotgan tovushli ma’lumotlarning ovoz balandligini moslash mumkin.
Agar kompyuterga ichki DVD diskovodlari o’rnatilgan bo’lsa, sistemalar blogining old tomonida xuddi CD-ROM diskovodlari kabi uning indikatori, knopkalari, raz’yomi, moslovchisi o’rnatlgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |