Parametri
|
Homadic
|
Lap-Top
|
Note-Book
|
Palm- Top
|
PDA
|
Organ
izer
|
Mikropro-tsessor
|
Pentium Pro
|
Pentium Pro
|
486SXL yoki Pentium
|
Casio yoki NEC
|
ARM yoki NEC
|
-
|
Og’irligi (kg)
|
1,5
|
5-10
|
1,5
|
0,3
|
0,5
|
0,2
|
O’lchamlari (sm)
|
40x30x20
|
35x25x10
|
25x15x6
|
15x8x3
|
20x10x3
|
15x8x3
|
TXsig’imi (Mb)
|
64
|
64
|
12
|
0,5
|
0,5
|
0,5
|
Qattiq disk sig’imi (Gb)
|
2
|
1
|
0,5
|
-
|
-
|
-
|
Flash (Mb)
|
-
|
-
|
20
|
20
|
10
|
10
|
CD-ROM
|
+
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
Ekran diagonali (sm)
|
50
|
40
|
26
|
10
|
25
|
10
|
Ekran hajmi
|
1024x760
|
640x480
|
800x 600
|
640x480
|
640x480
|
320x200
|
Klaviatura turi
|
Standart
|
Standart
|
Portativ
|
Portativ
|
Portativ
|
Portativ
|
Monipulyator
|
"Sichqoncha", trekbol
|
Trekbol, trekpad, trekpoynt
|
Trekbol, trekpad, Trekpoynt
|
Trekpad, trekpoynt
|
Trekpad, Trekpoynt, Elektr. pero
|
Trekpad, Trekpo
|
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Zamonaviy kompyuterlarni qaysi ko’rsatgichlari bo’yicha turkumlash mumkin? Har bir turkumdagi kompyuterlarga misollar keltiring;
2. Kompyuterlar nechta avlodga bo’linadi? Har bir avlodga mansub kompyuterlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini qisqacha sharhlab bering.
3. Super, katta, kichik, server va shaxsiy kompyuterlar bir-biridan qanday farq qiladi? Ularning imkoniyatlari qanday va ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring.
4. Ko’chma kompyuterlarning qanday turlarini bilasiz? Ularning imkoniyatlari qanday va ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring.
5. Respublikamiz xalq ho’jaligining qaysi sohalarida super, katta, kichik, server, shaxsiy va ko’chma kompyuterlardan foydalanish mumkin. Misollar keltiring.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Zamonaviy kompyuterlar qanday xususiyatlari bo’yicha turkumlanadi?
2. Zamonaviy kompyuterlarning qanday turlarini bilasiz?
3. Raqamli, analogli va gibrid kompyuterlar bir-biridan qanday farq qiladi?
4. Kompyuterlar yaratilishi bo’yicha nechta avlodga bo’linadi?
5. Kompyuterlar vazifalari bo’yicha qanday guruhlarga bo’linadi?
6. Super, katta, kichik, server, shaxsiy va ko’chma kompyuterlarning turlari, farqlari va imkoniyatlari qanday?
7. SHaxsiy kompyuterlar nechta avlodga bo’linadi?
8. SHaxsiy kompyuterlarning turlari va markalari qanday?
4§. Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi
Kompyuterlarning asosiy qurilmalari;
Tizimli plata va uning elementlari;
Portlar, shinalar, interfeyslar va kartalar;
Mikroprotsessor va sooprotsessorlar.
Tayanch iboralar
Asosiy va tashqi qurilmalar; Kiritish va chiqarish vositalari; Tizimli blok; Tizimli plata; CHipset; BIOS; CMOS; Raz’yom; Slot; Portlar; SHinalar; Interfeyslar; Kartalar; Mikroprotsessorlar; Sooprotsessorlar; Takt chastotasi; Intel Pentium; AMD; Cyrix.
4.1. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari
Har qanday zamonaviy kompyuterlar quyidagi beshta asosiy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan: ma’lumotlarni kiritish, ma’lumotlarni qayta ishlash, natijalarni foydalanuvchilarga etkazib berish, ma’lumotlarni saqlash va elektron qurilmalarni hamda ma’lumotlar oqimini boshqarish.
Bu vazifalarni bajarish uchun hozirgi paytda jahondagi etakchi kompaniyalar tomonidan ko’plab turli elektron qurilmalar ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda. Bu qurilmalarning ayrimlari kompyuterlarning asosini tashkil qilsa (ya’ni kompyuter shu qurilmalarsiz ishlay olmasa), ayrim qurilmalar esa bajarayotgan vazifaga ko’ra foydalanuvchining hohishi bilan kompyuterga tashqi tomondan ulanishi mumkin.
Shuning uchun ham zamonaviy kompyuterlar ikkita tarkibiy qismdan, ya’ni asosiy qurilmalardan va tashqi qurilmalardan tashkil topgan.
Asosiy qurilmalar - kompyuterning asosini tashkil qiluvchi elektron vositalardan iborat bo’lib, ular tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Bu vositalar maxsus kabellar orqali bir-biri bilan bog’lanib, yaxlit bir hisoblash va boshqarish tizimini tashkil qiladi. Shuning uchun ham kompyuter deganda aynan shu vositalar tizimi tushuniladi. O’z navbatida tizimli blokning o’zi ham tizili plataga o’rnatilgan va turli maqsadlarga xizmat qiluvchi elektron vositalardan tashkil topgan.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning umumiy tuzilishi 4.1 - rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |