1-iyun xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni



Download 20,2 Kb.
Sana16.12.2019
Hajmi20,2 Kb.
#30539
Bog'liq
1 июн

1-IYUN XALQARO BOLALARNI XIMOYA QILISH KUNI.

Musiqa zali bayromona bezatilgan, zalning xar bir burchagida bolalikni yodga soluvchi suratlar, zalning to’g’risida esa “ ” so’zi yozib qo’yilgan.



Boshlovchi: Dunyoni bunyod etgan, Robbim senga Assalom!

Tongu-toshlar, qovmu-qondosh, do’stu-yorlar Assalom

G’animni do’st toshni, esa paxta qilgay bu kalom,

Ey murabbiy, ulug’ inson, ota-ona Assalom!!!

Assalomu alaykum aziz ota-onalar, hurmatli mehmonlar va ertangi kunimizning asl mevalari bo’lmish bilimga chanqoq jajji bolajonlar. Sizlarni 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Bugungi bayramimizni bolajonlarimiz bilan musobaqa tarzida tayorlaganmiz. Bolajonlarimizni davraga taklif qilib guruhlarga bo’lib olamiz.

Bolalarga davraga chiqib turishadi, ularni ikki guruhga bo’linadi va bolajonlar musobaqaga tayyorlanadilar.

Davraga qizaloqlarimiz chiqib Xorazmcha “Olma pishganda galing” qo’shig’iga raqsga tushadilar.


She’r: Bo’ling sog’, bo’ling omon,

Bo’lmangiz hech ham yomon,

Odobli, iboli bo’ling,

Juda chiroyli.


Bo’lingiz mehnatsevar,

Bo’lingiz usta chevar.

Bo’lingiz tezroq katta,

A’lo o’qing albatta!

Bolalar, guruhga bo’lingan bolalar davraga chiqib “Yugurish” musobaqasini boshlaydilar. Bolalar bir qatorda tizilib turib, bitta-bittadan yugurib belgilangan joydan qaytib keying bolani qo’liga urib orqaga o’tadilar.

Boshlovchi: Juri a’zolari musobaqani, guruhlarni baholagunlarigacha bolajonlarimiz tayyorlagan kuy qo’shiqlarini tomosha qilamiz.

Davrada yasli, ilk yosh qizaloqlarimiz “Mittivoylar” qo’shig’iga raqsga tushadilar.


She’r: Mening jajji qo’llarim,

Charos, charos ko’zlarim.

Dono, dono so’zlarim,

Qarang juda bo’lakcha.


Bugun mening bayramim,

Quvonchlarim limmo-lim.

Ko’ylak tikdilar oyim,

Erkalatib muloyim.

Katta guruh bolalari juft-juft bo’lib vals tempidagi O.Nazarbekovning “Intizorim” qo’shig’iga raqsga tushadilar.

Guruhlar davraga chiqadilar. Juri a’zolari berilgan baholarni aytadilar va bolalar keying shartga tayyorlanadilar.

Kartoshka terish shartida paqirchadan kartoshkalarni tashlab ketishadi va navbatdagi bola kartoshkani terib keladi.

Shu tarzda mashq davom etadi.

Davrada qizaloqlarimiz “Taxmina” qo’shig’iga raqsga tushadilar.
She’r: Bir kun katta bo’laman

O’n yettiga to’laman

Mustaqil ona yurtga

Komil farzand bo’laman.


Men hozircha bolaman,

Bog’dagi gul lolaman.

Tinchlik sevar xalqimning,

Mard, jasur o’g’loniman.


Katta guruh qizaloqlari sochlariga bantiklar, chiroyli keng yubka, ko’ftalarda “Jiblajibon” qo’shig’iga raqsga tushadilar.

Musobaqa qatnashchilari davraga chiqadilar va oldingi shart baholari aytiladi.

Qopta sakrash sgartida bolajonlarimiz qoplarni oyoqlariga kiyib navbatma – navbat belgilangan joyga borib sakrab qaytib keladilar.

Davrada yasli guruh qizaloqlari “Alla” qo’shig’iga raqsga tushadilar.

So’ng barcha bolalar davraga chiqib “Bu juda soz” qo’shig’ini kuylaydilar.

Katta guruh bolalari “Bojalar” ijrosidagi “Buxoro” qo’shig’iga raqsga tushadilar.


She’r: Shirin – shirin qizaloqman,

Ikki yuzi qizg’aldoqman.

O’rtoqlarim menga qarar havasda,

Odobliman, iboliman orasta.


Shirin – shirin qizaloqman,

Ikki yuzi qizg’aldoqman.

Oyijonim aytgan ishni qilaman,

Kir yuvishni, supurishni bilaman.


Avvalgi shart baholari aytiladi.

“Keglilar orasidan yugurish” shartida bolalar keglilar orasidan o’tib belgilangan joyga borib qaytadilar.

Juri a’zolari shart baholarini belgilashguncha,

Katta guruh bolalari juft – juft bo’lib “Ruscha” raqsga tushadilar.

Juri a’zolari shart baholarini aytganlaridan keyin bolalar taqdirlanadilar.

Bolalar “Dunyoda tinchlik bo’lsin” qo’shig’ini kuylaydilar.



Ota-onalar bolalarini tabriklaydilar.

Boshlovchi: Aziz bolajonlar sizlarni yana bir bor “1-iyun xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni” bilan chin dildan tabriklaymiz. Kelgusi hayotingizda biz bergan bilimlarni maktabda qo’llab yuksak marralarni qo’lga kiritib Vatan uchun sodiq farzand bo’lishingizga ishonamiz.
Ommaviy raqs.


Download 20,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish