1. IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan ravnaqi. O’rta Osiyolik allomalarning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi



Download 21,72 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi21,72 Kb.
#37467
Bog'liq
2 5275999317453178505

23-variant

1.IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan ravnaqi. O’rta Osiyolik allomalarning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi.

2.Turkistonda sovetlar istibdodiga qarshi o’urolli harakat, uning boshlanishi, davrlari, bostirilishi.



3.O’zbekistonda yoqilg’i va don mustaqilligining o’o’lga kiritilishi va uning ahamiyati.

Javoblar

1. IX–XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga katta hissa qo‘shgan,
badiiy so‘z qadrini yuksakka ko‘targan daho adiblar to‘g‘risida
so‘z yurit gan da Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos
Hojib, Ahmad Yassaviy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abulqosim Firdav-
siy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar nomlari ko‘z o‘ngimizda
namoyon bo‘ la di. Ularning har birining mangulikka muhrlangan
hayotbaxsh ijodi ne cha asrlar osha hamon kishilar qalbiga este-
tik huzur, quvonch bag‘ish lab, ularni yuksak orzu, maqsadlar sari
ilhomlantirib keladi.
Turkiy (eski o‘zbek el) adabiyotining asoschilaridan sanalgan
Mah mud Qoshg‘ariy (XI asr) ijodi O‘rta Osiyo uyg‘onish davri
ma da niy taraq qiyotida muhim o‘rin egallaydi. Allomadan bizga
qa dar yetib kel gan yagona asari «Devonu lug‘otit-turk» («Turk tili-
ning lug‘ati») asari to‘g‘risida, turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usul-
lar bilan tahlil qil gan, o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bergan, turkiy so‘zlarning eti molo giyasini aniq va to‘g‘ri izohlab bergan, turkiy
xalq lar, keyingi av lod larga armug‘on etgan.
Mahmud Qoshg‘ariyga zamondosh Yusuf Xos Hojib (XI asr)
nomini yurtlar aro, xalq munosabatlarida mashhur qilgan ishi uning
«Qutadg‘u bilik» («Baxt va saodatga eltuvchi bilim») asaridir. Ushbu
kitob turkiy xalq lar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bo‘lib, unda
davrning juda ko‘p o‘ta muhim muammolari, axloq, odob va ma’ri-
fat masalalari kat ta mahorat bilan yoritilgan. Bu kitobni chinliklar
«Adab ul-muluk», mochinlar – «Oyin ul-mamlakat», sharq eli ulug‘-
lari «Ziynat ul-umaro», eronliklar «Shohnomayi turkiy», turon-
liklar – «Qutadg‘u bilik», boshqalar «Pandnomayi muluk» deb ata-
ganlar.
Tur kiy (eski o‘zbek el) adabiyoti rivojining ilk sarchashmalari-
da tur gan o‘tmishdosh adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri
Ah mad Yugnakiydir (XII asr oxiri – XIII asr birinchi yarmi). Adib-
ning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari (484 misradan
iborat)ni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda inson shaxsiyati, uning
ta’ limi, tarbiyasi bilan bog‘liq juda ko‘plab o‘tkir, dolzarb masala-
larning o‘rin olganligini, ularni to‘g‘ri, xolis va ehtiros bilan yoritil-
ganligini ko‘ra miz. Adib Ahmad Yugnakiy bilimning inson hayotida-
gi be qiyos o‘rnini ulug‘lash barobarida odamlarni bilimli, ma’rifatli
bo‘lishga da’vat etadi.
O‘rta Osiyo xalqlari uyg‘onish davri adabiyotini ayni chog‘da
for siyzabon ijodkorlar ijodi bilangina qo‘shib tasavvur etish mum-
kin. Bu o‘rinda somoniylar davrining tengi yo‘q zukko shoiri Abu
Abdul loh Rudakiy (858–941)ning asarlari alohida ahamiyat kasb
etadi. Ba’zi olimlarning fikricha, Rudakiy bir million uch yuz
ming mis ra gacha she’r yozgan. Biroq, afsuski, shoirning boy ada-
biy me rosi dan biz ga cha atigi ming bayt she’riy asarlar yetib kel-
gan, xolos.
Rudakiy asarlari, odamlarni yurt, Vatanni sevishga, unga farzand -
lik burchi bilan astoydil xizmat qilishga da’vat etadi. Uning ruboiy-
larida ifodalangan teran falsafiy fikrlar, hayotiy lavhalar bugungi
av lod kishilari uchun ham ibrat bo‘la oladi.
Bu davr adabiyotining daho san’atkorlaridan yana biri Abu l qo-
sim Firdavsiy (934–1030)dir. Uni olamga mashhur qilgan asar allo-
ma yarat gan «Shohnoma»dir. Bu shoh asarda Eron va Turon xalqla-
rining ming yilliklar qa’riga borib taqaladigan ko‘hna tarixi, jang-u
jadallari, mislsiz jasorati, qahramonliklari katta mahorat bilan ifodalangan. 60 000 baytdan iborat bunday yirik epik asarning dunyoga
kelishi Fir dav siyning badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. Shoir Mova-
rounnahr, Xu ro son va Eronning tarixiga murojaat qilib, xalq og‘zaki
ijodi durdonalarini chuqur o‘rganib, ularni o‘z zamonasining yetilgan
dol zarb masalalari, vazifalari bilan uyg‘unlashtirib, shunday buyuk
asar yarat diki, mana necha asrlardirki, bashariyat ahlining doimiy
nazarida bo‘lib kelmoqda.
Islom madaniyati. IX–XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlar-
ning yuksalib borishi bilan, shu bilan birga, islomiy madaniyat va
ma’navi yatning shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, yetuk olimu
ulamo larning yetishib chiqib, Vatanimiz sha’nini olamaro ulug‘-
lagan ligi bilan ham tavsiflanadi. Garchand islom dini Arabiston-
da vujudga kelgan bo‘lsa-da, biroq yangi ilohiy ta’limot Turkis-
ton zaminida ravnaq topdi, takomilga erish di. Turkiston musul-
mon dunyosiga Xorazmiy, Buxoriy, Termi ziy, Nasafiy, Samarqan-
diy kabi taxalluslar bilan ijod qilgan ko‘plab no yob iste’dod sohibla-
rini yetishtirib berdi.

2 savol. Turkistonning ya qin o‘tmishi ta ri xi da
yor qin sahifa ochgan, fojiali vo qea larga
to‘ lib-toshgan Sovet hoki mi yatiga qarshi
ko‘tarilgan bu qurolli harakatning mazmun-mohi yatini sovet mus-
tamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib kel dilar. U sovet tarix-
shunosligida «bosma chi lar hara kati», «aksilin qilobiy kuchlar bosqi-
ni», «bir to‘da yurt buz g‘un chilari harakati» sin gari nomlarda ta’rif-
lab kelindi. Biroq xalqimiz da «oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi»
de yilganidek, ulug‘ ajdodlari mizning Vatan, elu yurt erki, ozodligi va
mustaqilligi uchun olib bor gan bu mardona ku rashi to‘g‘risidagi tari-
xiy haqiqat milliy istiq lol sharofati bilan to‘liq tiklanib, o‘z haqqo-
niy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to‘qib chiqar-
gan shunchaki «bosma chilar» harakati emas, balki Sovet hokimiyati-
ning zo‘ravon likka asoslangan siyosati va amaliyotiga qurolli qarshi-
lik ko‘rsatish harakatidir.
Xo‘sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga kelishining
mu him ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega 1918-
yil bahoridan Farg‘ona vodiysida boshlangan bu qurolli harakat asta-
sekin alanga olib, Turkiston (O‘zbekiston)ning keng hududlari bo‘ylab
yoyildi?
Xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o‘zga rish-
lariga katta umidvorlik bilan ko‘z tikkandilar. Ular ilg‘or jadidchilik
harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan inqilobiy-
demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qo‘ l ga kirit-
moq chi, o‘lka xalq larini mustaqillikka olib chiqmoqchi bo‘lgan-
dilar. Makkor bolshevik yo‘lboshchilarning oktabr o‘zgarishi arafa -
sida va undan keyin e’lon qilgan millatlar erki, mustaqilligini tan
olgan rasmiy huj jatlari Turkiston xalq larida o‘z orzu-umid larimiz
ro‘yob ga chiqadi, milliy mustaqilligimiz qaror topadi, degan umidtug‘dir gan edi.
♦ Biroq Sovet hokimiyati o‘rnatilib, mustahkamlana borgan sayin
bolsheviklar dohiylarining ikkiyuzlamachilik, munofiqlik qiyofa-
si ham ochilib bordi. Ularning bergan balandparvoz va’dalaridan
qay tishi, mahalliy xalqlarni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatishi,
joylarda sovet tuzumini o‘rnatishda zo‘ravonlikning avjga minishi
ma halliy aholi noroziligining oshishiga sabab bo‘ldi.
♦ Mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bay-
roq qilib olgan Sovet hokimiyati amaldorlarining aholining milliy
qadriyatlari, udumlari, diniy e’tiqodini tahqirlash, masjid, madra-
sa lar, ziyoratgoh joylarni oyoq osti qilish, noyob ma’naviy bisot larni
ta lash, dindorlarni ta’qibu quvg‘in ostiga olish kabi noma qbul ishlari
aholi nafratini kuchaytirdi.
♦ O‘lka xalqlarining xohish-irodasi bilan vujudga kelib, ularning
mil liy manfaatlari yo‘lida ilk qadamlar qo‘yib borayotgan Turkis-
ton Muxtoriyatini qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg‘in qili-
nishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar aholisining ayov-
siz xunrez lik va talon-tarojga duchor etilishi butun Turkistonni mus-
ta bid Sovet ho kim iyatiga qarshi oyoqqa turg‘izdi.
♦ Sovet hokimiyatining aholi xususiy mulkini tortib olish va dav-
lat tasarrufiga olishga qaratilgan iqtisodiy siyosati odamlarning sovet
tu zumiga nisbatan kuchayib borayotgan nafrat-g‘azabiga so‘nggi
tom chi bo‘lib qo‘shildi.
Yuz minglab millatparvar, vatanparvar yurt kishilarini qo‘lda
qurol bilan sovetlar zo‘ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda
bosh lanib ketdi.
Farg‘ona vodiysida
qurolli harakat
O‘lkada boshlangan Sovet hokimiyati ga
qar shi qurolli harakatning eng das t lab ki qay-
noq markazlaridan biri Farg‘ona vodiysi
bo‘l di. Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan, uning g‘am-
alami, orzu-armoni, maqsad-intilishlariga hamdard va sherik bo‘l-
gan Ki chik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek,
Xol xo‘ja Eshon, Islom Pahlavon, Rahmonqul, To‘ychi, Aliyor qo‘rboshi
singari ta niq li rahnamolar yetakchilik qildilar. 1918-yil bahoridan
vodiy ning turli joylarida 40 dan ziyod qo‘rboshi dastalari faoliyat
ko‘rsata boshladi. Jumladan, Madaminbek Skobelev (Farg‘ona)
uyez di da, Shermuham mad bek Marg‘ilon atroflarida, Omon Polvon,
Rah mo n qul Naman gan uyezdida, Parpi qo‘rboshi Andijon atrofida,
Kichik va Katta Ergashlar Qo‘qon atrofida, Jonibek qozi O‘zganto monda, Muhid din bek Novqatda harakat qilmoqda edilar. Kichik
Ergash Qizillar Qo‘shini bilan bo‘lgan jang-u jadalda halok bo‘lgani-
dan so‘ng (1918-yil fevral), Qo‘qon uyezdi tevaragidagi qurolli hara-
kat ga Mulla (Katta) Ergash boshchilik qila boshladi. U o‘zining faol
ha rakati, xalq rahnamosiga xos sifatlari bilan tez orada butun vodiy-
dagi ozodlik kurashining taniqli yetakchisiga aylandi. 1918-yil kuziga
kelib, uning qo‘l ostida har birida 20 dan 1800 nafar ga cha yigiti bo‘l-
gan 70 ta qo‘rbo shi guruhlari harakat qilayot gandi. Ul ar da gi jangchi-
larning umumiy soni 15 ming taga yetadi. Madamin bek ning 5 ming,
Shermuhammadbekning 6 ming, Xol xo‘ja ning 3 ming dan ziyod,
Parpi qo‘rboshining 3,6 ming, Joni bekning 5,7 ming, Muhiddinbek-
ning 4,5 ming jangovar yigitlari ozod lik ku ra shiga otlangan edilar.
Umumiy maqsad va vazifalarni birgalikda aniqlash, asosiy harakat-
larni muvofiqlashtirish yo‘li bilangina tish-tirnog‘i ga cha qurollangan
Sovet Qo‘shinlarini yengish, yurt mus ta qil ligini qo‘l ga kiritish mum-
kin edi. Shu bois, bu jang-u jadallar davrida qo‘rboshilarning bir
necha bor qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar
mu hokama qilindi. Dast lab, shun day qurul toy 1918-yil martida Qo‘-
qon uyezdining Bachqir qish lo g‘i da o‘tkazildi. Unda Katta Ergash
butun Farg‘ona vodiysi haraka tining rahbari etib saylandi. Unga
qo‘shinlarning Bosh Qo‘mondoni – «Amir al-Muslimin» unvoni be -
ril di. Mada min bek va Shermuham mad bek esa uning o‘rinbosarlari
etib saylan di lar.
Harakat ko‘lami o‘sib, kengayib borishi, uning saflariga yangi
ij ti moiy tabaqa vakillarining qo‘shilishi, tabiiy sur’atda, uning oldi ga
ulkan mas’ul vazifalarni qo‘yib, yangi muammolarni keltirib chiqa-
ra bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta mato-
nat, kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik qo biliya-
ti va uzoqni ko‘ra bilish salohiyatini namoyon qilishni taqozo etar-
di. Farg‘ona qo‘rboshilari orasi da Madaminbek Ahmad bek o‘g‘ligi-
na mana shunday noyob fazilatlar so hi bi ekanligi bilan ajralib turar-
di. Navqiron yoshda bo‘lishiga qaramasdan, katta hayot va kurash
tajribasiga boy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste’ do diga
ega Madaminbek (1892–1920) tez orada vodiy kurash chi lari sardori-
ga aylandi. Sovetlarning rasmiy hujjatlaridan birida ta’kidlanishicha,
«O‘z oldiga Sovet hokimiyatini ag‘darish va Far g‘o na Muxtoriyatini
tiklash vazifasini qo‘ygan Madaminbek tadbirkor siyosat chi va udda-
buron tashkilotchi fazilatlariga ega edi».
Qurolli harakat
mag‘lubiyati sabablari
va oqibatlari
Turkistonda Sovet hokimiyatiga qar shi
ko‘ tarilgan qurolli harakat mag‘lu biyati -
ning ko‘p lab asosli sabablari bor, albatta.
♦ Eng asosiy sabablardan biri – bu Va tan
kurashchilarining ulug‘vor maqsadlar sari aholining barcha tabaqala-
rini jipslashtirishga qodir bo‘lgan yagona milliy g‘oyaga tayanmagan-
ligida edi. Harakat yagona dastur asosida tashkil etilmadi.
♦ Qo‘rboshchilar siyosiy kurashda toblangan ilg‘or jadid namo-
yan dalarini harakatga faol jalb qila olmadilar.
♦ Harakatning bir markazda tutib boshqarilmaganligi, joylardaharakat qilgan kuchlar o‘zlarining tor hududiy chegaralari bilan o‘ra-
lashib qolganligi, mahalliy qo‘rboshilarning o‘z manfaatlariga beri-
lishi, dunyoqarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga cha-
linganligi, bir-birlari bilan kelisholmasligi, o‘zboshimcha xatti-hara-
katlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda, bu kurashning borishiga
jiddiy salbiy ta’sir qildi.
♦ Qurolli harakatga qalqqan kuchlarning yetarli moddiy-ta’mi-
not bazasiga, qurol-aslaha zaxiraga ega bo‘lmaganligi ham o‘z ta’si-
rini ko‘rsatdi.
♦ Tashqi dunyo bilan aloqa qilish, chetdan yordam, harbiy madad
olish imkoniyati bo‘lmadi.
♦ O‘lka zo‘ravoni bo‘lib olgan sovetlar esa o‘z qo‘shinini yetarli
darajada zamonaviy qurol-yarog‘lar va harbiy kuchlar bilan ta’min-
lay olgan edi. 1919-yilda uning tasarrufida 115 376 nafar jangchi,
shuningdek, 11 112 ta pulemyot, yuzlab to‘plar, brone poyezd lar, o‘n-
lab samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi. Harbiy
kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash taqdirini qizillar foydasiga hal bo‘lishiga olib keladi.


3. 1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan
AQSH ning «ABB Lummus Global» kom pa-
niya si o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmu a-
sini qu rish bo‘yi cha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997–
2001-yillarda amalga oshirildi, maj mua qurilishiga 1 mlrd AQSH
dol la ri hajmida sarmoya o‘zlash tiril di. 2001-yil dekabrda Sho‘rtan
gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna
poli etilen, 137 ming tonna suyultiril gan gaz va 126 ming tonna gaz
kon densati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil va to‘qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bor -
moq da. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi «Qa bul–
O‘zbekKO», «Kosonsoy–Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil»,
«Ka ra kulteks», «Chinoz to‘qimachi», «Qabul–FerganaKO», «Oq -
saroy to‘qimachi» qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda
17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tar moq-
da xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish
o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28
foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish
hajmi ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshan–Newmont» korxonasi, Qizil-
qum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavo-
di, Yangiyo‘l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi
va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi.
Don mustaqilligi Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tar-
kibini takomillashtirishga e’tibor berildi.
Xo‘ ja liklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘l di lar. Respub lika da don
mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
tay yorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshi ril di. Paxta ekila-
digan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi.
Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘s di.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa
oziq-ovqat mahsulotlari tayyoriash yo‘li izchillik bilan amalga oshi-
rildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tay yor -
la gan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yil-
da 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi. O‘zbe kis ton
2003-yildayoq g‘alla mustaqilligiga erishdi.
Download 21,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish