TATUFF 620-21 USMONOV MA’MUR
Islomdagi mazhablar va yonalishlar
1.Islom dinining asosiy manbalari
2.Buyuk muxaddislar talimoti
3.Islomdagi mazhablar
4.Fikh –islom qonunshunosligi.
1.Qur'on” - arabcha "qara'a " (o'qimoq) felidan olingan. Qur'on suralardan ibat. Sura Qur'ondan bir bo'lak bo'lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o'z ichiga oladi. Qur'onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur'on matnlarini taqsimlashning turli yo'llariga ko'ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur'on nushalarining bir - biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi. Suralar Qur'onda o'z mazmuniy izchilligiga yoki o'qilgan vaqtiga, ya'ni xronologik tartibiga qarab emas, xajmiga ko'ra – avval katta suralar, undan so'ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko'rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajm ga ega bo'lgan 2 - surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Muhammad Payg'ambar vafot etganidan so'ng xalifa Abu bakr davrida hayotligi vaqtida bu suralarning matnini to'plash zarurati tug‘ildi va bu ish Payg'ambar hayotining so'nggi besh yil mobaynida uning kitobi bo'lib xizmat qilgan va koplab suralarni o'zi ham yoddan bilgan Zayd ibn Sobitga topshirildi. Ubarcha manbalardan yig'ilgan suralarning toplamini tuzdi. Suralarning bu to'plami «Suhuf» (sahifalar) degan nom olgan. Bu toplam Qur'onning Abu Bakr nusxasi ham deyiladi.
2. Islom dini ta'minotida «Qur'on» dan keyin hadislar asosiy manbadir. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug'ullana boshlangan. U Hadislar dastlab yozib borilmagan VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun «oltin davr» hisoblanadi. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to'plam (as-sahih as sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo'lib hadi ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdilar.
Bular: 1. Imom Ismoil al-Buxoriy 810-870.
2. Imom al-Hajjoj 819-874.
3. Imom at-Termiziy 824-892.
4. Imom Sulaymon Sijjistoniy 817-880.
5. Imom an Nasoniy 830-915.
6. Imom ibn Yazid ibn Mojja 824-886.
1. Imom Buxoriy «As-Sahih»
2. Imom al Hajjoj «As-Sahih»
3. Imom Mojja «Sunnan Z
4. Imom Sijjistoniy «Sunnan>>
5. At-Termiziy «Aj-jami al-kabir»
6. An-Nasoniy «Sunnan» kabi kitoblar yozilgan.
3. -
Mazhab (arab. — yo'nalish, oqim, yoʻl, ta'limot), shariat mazhablari – islomda diniy huquq tizimlari va yo'nalishlari. VIII-IX-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik – fiqx. sohasida juda ko'p M.lar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy to'rtta M. – hanafiylik, molikiylik, shofi'iylik, hanbaliilik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi A'zam), Molik ibn Anas, Shofi'iy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. – jafariylik (asoschisi – Jafar as- Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to'rttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab bo'yicha alohida dars o'qitiladi. M.lar umuman an'anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridanfarq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqamamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofi'iylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning ququqiy qayotida ja'fariylik M.i oʻz mavqeini ma'lum darajada saqlab kelmoqda. O'rta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik M.i keng yoyilgan.
4. Figh (arab. - bilish, tushunish) - musulmon huqugshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi islom ta'limotining bir sohasi. "F." so'zi atama sifatida Qur'on va hadislarda qo'llanilgan. F. islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn a Hasanning "Majmu' al-fiqh", Molik ibn Anasning"al- Muvatta", lbn Hanbalning "al-Musnad" kitoblari F.ga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. F. ilmi 10-asrga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. F. bilan shug'ullanuvchi, uni o'rganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Marg'inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashhur faqihlar hisoblangan. F. islom huquqshunosligi sifatida 2 sohada- shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furu' al-fiqh)dan iborat bo'lgan. Islomning sunniylik yo'nalishi huquqshunosligi 4 ta mustaqil huquq mazhablari - hanafylik, molikiylik, shofiriylik va hanbaliylik vujudga kelgan. F.da boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bí necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |