Reja: Xavfsizlik, diniy bagrikenglik va millatlararo totuvlikni taminlash sohasidagi ustuvor yonalishlar



Download 19,53 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi19,53 Kb.
#369683
Bog'liq
Mavzu 7 strategiya


Mavzu: Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash

Reja:


1.Xavfsizlik, diniy bagrikenglik va millatlararo totuvlikni taminlash sohasidagi ustuvor yonalishlar

2.Chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar



Bugungi kunda xavfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala bolib kolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarining oshib borishi fikrimizni tasdikdaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarogga ega bolishning ozigina xavfsizlikni taminlamaydi. Chunki, guvoh bolib turganimizdek, zamonaviy buzgunchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki tosatdan qoporuvchilik amaliyotlarini kollash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etnohududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingani ham ushbu fikrning orinli ekanini tasdiqlaydi.Millatlar mavjud ekan, ular ortasida ozaro munosabatlar ham boladi. Shunday ekan, bugun globallashuvning bu jarayonga otkazayotgan salbiy tasirining oldini olish haqida bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish oz mustaqilligini, erkini, oziga xosligini qadrlashga qodir bolgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi.Mamalakatimizda ham millatlararo totuvlikni taminlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish goyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bolib kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev keyinchalik barchaMalumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda kop asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yaishb kelgan. Mehmondostlik, ezgulik, qalb saxovati va tom manodagi bagrikenglik bizning xalqimizga doimo xos bolgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.Shavkat Mirziyoev nutq va maruzalarida tinchlikni taminlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini kollab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olga surib kelmokda.Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yonalish sifatida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlail hamda chukur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlar» belgilandi. Bu ham yurtimizda fukarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bagrikenglikka berilayotgan ulkan etibordan dalolat beradi.«Bagrikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari. jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axlok, kiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «chidamoq», «sabr qilmoq» manosini anglatgan «tolerantlik» sozi, asosan biror narsani, ozgacha fikr yoki karashni, oz shaxsiy tushunchalaridan kati nazar, imkon qadar bagrikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini toldiruvchi mano kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «ozgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bulish», «muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi manolarga ega.Taraqkiyotning asosiy omillaridan biri bolgan bagrikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan, talim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YuNESKO) bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bagrikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qati nazar, bagrikenglikni targib etish, inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qoyilgan.

1998 yil 6 noyabrda Toshkentda otkazilgan YuNESKO Ijroiya Kengashining 155sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YuNESKOning azo davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan maqullanib, 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb elon qilindi.Ozbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil etiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu erda yashovchi xalq boshqa joydan kochib kelib, ornashib qolgan emas. Bu zamin ota-bobolarimiz yashab otgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin Sharq va Earbning, Shimol va Janubning, qadim otmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng kohna ochoqlaridan biridir. Bu tuprokda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy ananalar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkur beshigi», deb bejiz tariflamagan. Shuni takidlash joizki, bizning sivilizatsiyamiz oziga xos bagrikenglik tafakkur uslubiga tayanadi.Uch ming yillik tariximiz shundan guvoxdik bermokdaki, oliyjanoblik va insonnarvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi ananalar avloddan-avlodga otib kelmoqda.Malumotlarga kora, bundan yuz yil avval mamlakatimiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926 yilda yurtimizda 90 millat va elat yashagan bolsa, 1959 yilda ularning soni 113 taga, 1979 yilda 123, 1989 yilda esa 130 taga etgan edi.Ozbekiston oz mustaqilligini qolga kiritganidan song nafaqat mamlakatga nom bergan ozbek xalqi, balki shu muqaddas zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining ham millat sifatida saqlanib qolishi va rivojlanishi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasiga alohida etibor qaratdi. Jumladan, kopmillatli diyorimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash va yanada mustahkamlashning muhim omili bolgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni taminlash, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining manaviy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga yonaltirilgan milliy-madaniy markazlar faoliyatini qollab-quvvatlash hamda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish uchun Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yil 13 yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari, shuningdek, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida qatnashish, milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va oziga xos anana, urf-odat va rasm-rusumlarni tiklash hamda rivojlantirishda ularga komaklashish deb belgilandi.2017 yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi keng nishonlandi. Mamlakatimizda milliymadaniy markazlarni soni 140 dan ziyod bolib, ular yurtimizning jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat korsatmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, bu markazlar faoliyatida, millatidan qati nazar, barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin. Millatlararo munosabatlar yonalishidagi yana bir dolzarb masalalardan biri aholining milliy tarkibiga mos keladigan talim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir. Bu borada respublikamizda bugungi kunga kelib, 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirgiz tilida talim berish yolga qoyilganini takidlash kerak. Bular orasida ikki yoki uch tilda oquv mashgulotlari olib borilayotgan maktablar ham bor. Xalq talimi vazirligiga qarashli pedagogika institutlarida ozbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, qirgiz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashgulotlar olib boriladigan maktablar uchun mutaxassislar tayyorlanmokda.Ozbekiston televideniesi orqali kator xorijiy tillardagi korsatuvlarning muntazam ravishda namoyish qilinishi va maxsus radio eshittirishlarning turli tillarda efirga uzatilayotgani ham diqqatga sazovor. Bugungi kunda, 12 (ozbek, qoraqalpoq, kozoq, qirgiz, tojik, ozarbayjon, rus, tatar, boshqird, koreys, uygur) tillarida teleradio eshittirishlar efirga chiqmokda. Bundan korinadiki, Ozbekistonning millatlararo siyosati insoniylikka, demokratiyaga qarshi bolgan siyosatning har qanday korinishlarini toliq va mutlaq rad etishga asoslangan.Korinib turganidek, millatlararo munosabatlarni togri yolga qoyish borasida Ozbekiston oziga xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy ozlikni anglash, milliy gurur va iftixor tuygusini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik, balki mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishish tamoyiliga amal qilindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan bu siyosat:kop millatlilikni yaratuvchilik kudratiga ega bolgan omil sifatida tan olish;fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, etiqodi, shaxsi, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qati nazar, tengligini taminlash;milliy mansubligidan qati nazar, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi teng hukuqli ishtirokini kafolatlash;milliy til, urf-odat va ananalar hurmat qilinishini taminlash va ularning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishini taminlash;fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuk va erkinliklariga qarshi qaratilgan milliy, irqiy, diniy adovat va nizoni targib qiluvchi faoliyatga yol qoymaslik;millatlar va elatlar hukuq va erkinliklarini muhofaza qilishga doir xalqaro qoidalar ustuvorligini tan olish kabi tamoyillarga tayangan holda izchil amalga oshirilmoqda.Shuni unutmaslik kerakki, qaerda millatlararo totuvlik goyasining ahamiyati anglab etilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bolayotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.Millatlararo totuvlik goyasini amalga oshirishga gov boladigan eng xatarli tosiq tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli goya tuzogiga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin tarixdan koplab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm goyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan kora koprok kulfat, ofat-balolar yogdirib, oxir-oqibatda ozi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, shovinizm, irqchilik goyalarini tiriltirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik goyasiga qarshi «salib yurishi» uyushtirishga urinayotgan kuchlar borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim.Bagrikenglikning muhim yonalishlaridan biri «diniy bagrikenglik»dir. Turli din vakillari etiqodidagi mavjud farqlardan qati nazar, ularning yonma-yon, ozaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy talimotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim oz etiqodiga amal qilishda erkin bolgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini etirof etishini nazarda tutadi. «Bagrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»da takidlanganidek, «Bagrikenglik bolmasa, tinchlik bolmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bolmaydi».Asrlar mobaynida olkamizning shaharu qishloqlarida masjid, cherkov va sinagogalar emin-erkin faoliyat korsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar hamjihatlikda oz diniy marosimlarini ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, ogir davrlarida ham ular ortasida diniy asosda mojarolar bolmagan. Bu esa, millati va diniy qarashidan qati nazar, insonni ardoqlash va ozgalarni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat korsatish kabi tuygular yurtimiz aholisining qon-qoniga singib ketganidan dalolat beradi. Aynan shu sifatlar xalqimizga xos bolgan diniy bagrikenglikning manaviy asosini tashkil qiladi.Malumki, har bir dinning oziga xos aqidalari mavjud. Ular bazan bir-biriga mutanosib bolsa, bazan zid ham kelishi mumkin. Diniy bagrikenglik ana shu xilma-xillik asosida kelib chiqishi mumkin bolgan nizolarning oldini oladi, turli etiqodlarning yonma-yon va bir paytda mavjud bola olishi uchun xizmat qiladi.Qadim zamonlardanoq olkamizda zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bolgan. Eng qadimiy va keng tarqalgan dinlardan biri bolmish zardushtiylikning vatani ham bizning yurtimizdir. Chunki, u kadimgi Xorazmda shakllanib, rivoj topgan.Ilk orta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim orin tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining nomi ham «Vaxara» buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor.Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu erga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yonalishidagi nasroniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI asr boshlarida Samarqandda nestorian episkopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.VIII asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham kirib keldi. Aholining bu dinni qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir tekis bolmagan holda yuz berdi. Aholining bir qismi ozlarining qadimgi dinlariga etiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan marifiy-axloqiy goyalari, huquqiy meyor va urf-odatlari tola saqlanib qoldi hamda islom talimoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning oziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab boldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy bagrikenglik samarasi edi.Ulkada tinchlik va diniy bagrikenglik muhitini taminlashda islom talimotidagi ozga din vakillari bilan ozaro murosa yolini tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjihatlikda yashashga chorlovchi tamoyillar ham oziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom talimotidagi dinni qabul qilish yoki qabul qilmaslik qalbga bogliq, insonning toliq ixtiyoridagi amal deb qaralishi mintaqada diniy bagrikenglik muhiti barqaror bolishi uchun asosiy omillardan boldi.Xrzirgi kunda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bagrikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustahkamlanishi tahsinga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyamizning 31 -moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga etiqod qilish yoki hech qaysi dinga etiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraitarni majburan singdirishga yol qoyilmaydi» degan qoida diniy bagrikenglik uchun dasturulamal bolib xizmat qilmokda. Bu tamoyilga kora, har kim oz dini va etiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmogi lozim. Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-moddasida ham «Ozbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bolib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib koyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bolishi shart» degan norma asosida turli diniy etiqoddagi insonlarning dini va etiqodidan qati nazar, qonun oldida teng ekani etirof etilgan.Konstitutsiyamizning 61 -moddasida esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda aytilishicha, «Diniy tailkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shundaki, Ozbekistonda har qanday din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat diniy konfessiyalar ortasidagi tinchlik va totuvlikni qollab-quvvatlaydi hamda ular ortasida ozaro murosa va hurmat ornatilishiga komaklashadi.Ozbekistonda etiqod erkinligi va diniy bagrikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bolib, 1993 yilda kiritilgan bazi qoshimcha va ozgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bolib keldi. Songgi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan ozgartirish zarur bolib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Ozbekiston Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.Vijdon erkinligi haqidagi qonun dinga etiqod qilish yoki ozga etiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini taminlash uchun zarur bolgan darajadagina cheklanish mumkinligini taminlaydi. Mazkur meyor 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir.Xalqaro huquqiy hujjatlarda ham etiqod erkinligi va diniy bagrikenglik xalqaro huquq himoyasida ekani takidlanadi. Jumladan, 1948 yili qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 18-moddasida «Har bir inson fikr, vijdon, din va etiqod erkinligi huquqiga egadir», deb takidlangan. 1966 yili qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt»da ham «Biror odam ham oz ixtiyori bilanoz dini va etiqodiga ega bolish yokiularni qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy xatti-harakatlarga duchor bolmasligi kerak», deb korsatilgan. Bu esa, diniy bagrikenglikning nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro huquqiy normalar muhofazasida ekanidan dalolat beradi.Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar togrisidagi huquqiy meyorlarning qonunchilikka kiritilishi diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Jumladan, mustaqillikkacha yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyat olib borgan bolsa, qonuniy asoslar mustahkamlangach, dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amalga oshiruvchi evangel-lyuteran jamoasi, rim-katolik cherkovi, «ettinchi kun adventistlari» diniy tashkiloti, bahoiylar, yahudiylar diniy jamoalari kabi konfessiyalar rasmiy faoliyat yurita boshladi.

Xukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning oz faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, markaziy televidenie orkali Ozbekiston musulmonlari idorasi manaviy-marifiy korsatuvlarni berib borishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mashhur allomalarning tavalludiga bagishlangan anjumanlarning keng kolamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib otish orinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini tola-tokis va hamjihat holda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani tahsinga sazovor.Oz navbatida, pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossiya, katoliklar uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachilar uchun X,indiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda.Bundan tashqari, Prezidentimiz farmoniga kora, 1903 yilda qurilgan «Svyataya Bogoroditsa» ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirilgani, oz vaqtida faoliyati t)statib qoyilgan Evangel-lyuteran cherkovi Kirxasining respublikamizda istiqomat qiluvchi nemislarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat markaziga foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996 yilning dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda faoliyat boshlaganining 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isboti bola oladi.Shuningdek, xristianlarning «Rojdestvo», «Pasxa», yahudiylarning Rosh-Ashona (Yangi yil), Yom-Kipur (Gunoxdardan poklanish bayrami), Pesax (Pasxa), buddaviylarning Sagaalgan (yangi yil), Donchod-xural (Buddaning tugilgan kuni) kabi bayramlarini nishonlash uchun yurtimizda yashovchi shu din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda otgan dinlararo muloqot YuNESKO kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillikni muhokama qildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyaga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan song 18 sentyabrda Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bolib otdi. Unda «tasavvuf»ga bagrikenglikni targib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi islom dinining noyob, oziga xos korinishi, degan tarif berildi. Shuningdek, 2001 yil sentyabrda Toshkentda otgan Osiyo Tinch okeani mintaqasi YuNESKO «Bagrikenglik tarmogi»ning ikkinchi yigilishida bagrikenglik tamoyillari ozbek xalqining urf-odatlari bilan chambarchas bogliq ekani takidlandi.Talim, fan va madaniyat boyicha xalkaro islom tashkiloti (ISESKO) tomonidan Toshkentning islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida «Ozbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qoshgan hissasi» mavzuida bolib otgan xalqaro konferensiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bagrikenglik madaniyatini kamol toptirish yolidagi yutuqlari yana bir bor etirof etildi. Shuningdek, 2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shahrida «Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya otkazildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-marifiy va madaniy merosni organish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targib etish, islomning marifiy goyalarini yoyish hamda diniy bagrikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga ornak bolmoqda.Bagrikenglikning ziddi «mutaassiblik»dir. Umumiy manoda «mutaassiblik» bu bir goyaning togriligiga qattiq ishonish va undan ozgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi.Terrorizm butun dunyoda tinchlikni taminlash yolidagi asosiy gov, tosiqdir. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda ozini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli shiorlar bilan niqoblangan terrorizm mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek taxdid solmokda. Keng kolam va xilma-xil korinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun dolzarb muammo bolib qolmoqda. Malumotlarga kora, bugun dunyo boyicha 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat korsatmokda. Bir yil mobaynida butun Er yuzida sodir etilgan teraktlar va ularning oqibatida halok bolganlarning soni bir necha on mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy taxdidlardan biriga aylanganini korsatadi.Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafkatsiz, gayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sigdirish qiyin bolgan jogrofiy kolam kasb etib borayotganini alohida takidlash lozim. Hozirgi vaqtda har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qorquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni kozlagan qoporuvchilik harakatlari amalga oshirilmoqsa. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormokda.Markaziy Osiyo mintakasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar say-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobidan jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shugullanadigan guruxdar paydo boldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 90-yillarning boshlarida esa, bu guruhlar faollashib ketdi. Mintaqada «Hizbut-tahrir», «Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar» kabi guruxdarning faoliyati kuzatildi.Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi tasirga beriluvchan aholini oz talqinidagi diniy goyalar bilan zaharlash, ozlariga qoshilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zoravonlik, buzgunchilik, qotillik bilan munosabatda bolishni halol deb hisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, songgi yillarda mazkur guruhlar faoliyati natijasida dunyo boylab har yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro halok bolmoqda. Unlab million aholi oz uylarini tashlab ketib, dunyoning turli mamlakatlarida sarson-u sargardon bolishga majbur kolmoqsa. BMT malumotlariga kora, bir milliondan ortiq YOSH bolalar ochlikdan olish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati terrorchilik avj olgan, buzgunchi guruhlar tomonidan egallab turilgan hududlarga togri keladi. Bugungi kunda Irok, Suriya, Nigeriya, Afgoniston, Yaman, Liviya hanuz dunyoning eng xatarli nuqtalari hisoblanadi. Taxdilchilarning fikricha, hech qaysi davlat ozining terrorchilar xurujidan holi ekaniga 100 foiz kafolat bera olmaydi. Jumladan, 2015 yilda dunyoning 96 mamlakati, u yoki bu darajada terrorchilikdan aziyat chekkan.Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini togri anglab etish, ularga qarshi amaliy choralar korish davr talabidir. Shunday ekan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tabiri bilan aytganda, «yanada ogoh va sergak bolish, eng asosiy boyligimiz bolgan va bizhaqliravishda faxrlanadigan kop millatli xalsimizning birdamligi va jipsligini koz qorachigidek asrash hamda yanada mustahkamlash Ozbekistonni oz Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir».2.Malumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga ozining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar obekti bolgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada Ozbekiston oz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Ozbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida Ozbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning tola huquqli subekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning Ozbekistvnn ing zamoiasiy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tvtsn siyosiy kurs ayaib boritni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlargaoz vaqtida va adekvat javob choralari orqali echiiti shshyaab etadigan XXI asrning ota shiddat bilan uzgarid 5orayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.Mustaqillik davrida Ozbekiston chindan ham jahon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda ozini asosli, qatiy va ozgarmas pozitsiyasiga ega bolgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu Ozbekistonning jahon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muhim omil sifatida oz kuch-qudratini korsatdi.Vaqt otgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmokda, yangidan -yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmokda. Ozbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda ozining zamonaviy qarashlari va muammolar echimini topishdagi oziga xos yondashuvlari bilan uzining keng imkoniyatlarini namoyon etmokda. Bu hakdagi haqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoevning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan otkazilgan tantanali yigilishdagi maruzasida yaqqol korish mumkin. Ushbu maruzada Prezident Ozbekiston Respublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. Shuni alohida takidlash kerakki, Ozbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yoli, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. Islom Karimov tamal toshini qoygan va jahon mehvarida butun salohiyatiyu salobati va qudratini korsatayotgan Ozbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilgor namunalari bilan boyitib borilmokda. Demak, Ozbekiston bugungi kunda oz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida otgan 25 yilda toplangan tarixiy tajribalarga tayangan holda, uni yanada boiitish, takomillashtirish, rivojlantirish iolidan bormokda.Ozbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga oz vaqtida va adekvat javob choralari korib, ularni oqilona echishni talab etadigan XXI asrning ota shiddat bilan ozgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.Ozbekiston Respubpikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, Ozbekiston Respublikasining tashqi snyosatining asosiy maqsadlari bu davdat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlattning xayasaro munosabatlarning tolaqonli subekti sifatidagi orni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni taminlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez suratlar bilan usishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yolidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan orin olshii uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini tolaqonli subekti sifatidagi orni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni taminlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez suratlar bilan osishi, uning ochiq, demokratik davlat kurish yolida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib orin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir.Ozbekiston oz tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bolib qolmoqda:ozining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta oylangan tashqi siyosat olib borish;teng huquqlilik va ozaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yol bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik;tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yonalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdostliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qoladi;Ozbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qoladi.Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bolib xizmat qiladi. Ozbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday soglom, qatiyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamokda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bogliq bolgan yonalishlar tizimini qamrab olmoqsa. Prezident Sh. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda Ozbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi. Jumladan:Ozbekiston Respublikasi qoshni davlatlar hududlari qurolli mojarolar va keskinlik ochoqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni koradi, shuningdek, oz hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obektlari joylashtirilishiga yol qoymaydi;siyosiy, savdo-iqgisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga komaklashish;jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kupqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, Ozbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni oz vaktida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya choratadbirlaridan foydalanish;

Ozbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, masuliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyoxdik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga togridan-togri chet el investitsiyalari va ilgor texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini ku'chaytirish uchun ikki tomonlama va kop tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;Ozbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini taminlaydigan kop muqobilli transport-kommunikatsiya yolaklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;xorijdagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini taminlash.Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini taminlaydi. Shu asosda har tomonlama ozaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi Ozbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.
Download 19,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish