1. Islom dini haqida tushuncha Iymon haqida tushuncha



Download 57,08 Kb.
bet5/15
Sana06.02.2022
Hajmi57,08 Kb.
#431905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
islom tarixi; Islom va Iymon

«Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu Yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qildilar, bas, ularni o‘zlari qilgan gunohlari sababli ushladik. U qishloqlarning ahli balo qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelib qolishidan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? (Kutmaganmidilar?) Yoki u qishloqlarning ahli balo-qazoyimiz choshgoh paytida, o‘yin-kulgi qilayotgan hollarida ke­lib qolishidan xotirjammilar? Ular Allohning «makri»dan xotirjam bo‘lib qoldilarmi? Bas, Allohning «makri»dan faqat ziyon ko‘ruvchi qavmgina xotirjam bo‘lur» (A’rof: 96-99).
Ushbu haqiqatlarni bilmoqchi bo‘lgan odam, moziy­ga — tarixga nazar solsin. Tarixda aqlli va qalbini mog‘or qoplamagan kishilar uchun ibratlar bor. Haqiqatni bilishda Alloh taoloning O‘zi yordamchi bo‘lsin!
IMON 2, i y m o n (arab. - ishonch, e’tiqod) -islom dinida Allohga, uning farishtalari, kitoblari, payg‘ambarlari, qiyomat kuni, takdir va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish. Bu "imoni mufassal", ya’ni iymonning mufassal ta’biri deb ham ataladi. I. moturidiylik ta’limotiga ko‘ra, 2 narsaning butunligi -e’tiqod (dinga ichdan chuqur ishonish) , iqror (so‘zda buni tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari "arkon al-imon (e’tiqod asoslari) sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sig‘sin, xoh sig‘masin, baribir
ularga shak-shubhasiz e’tiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, ya’ni aqidalar islomning diniy dunyoqarash asoslarini tashkil etadi. Din va huquq ilk islom davrida ajratilmagani tufayli "I." muammosi ilohiyotchilarni ham, fiqhshunoslarni ham band etgan. I. tushunchasi islomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni 8-a. boshidan turli ilohiyot va diniy-huquqiy maktab vakshshari turlicha talqin qilgan. Hoz. kunda I. so‘zi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatanni sevish ma’nolarida ham ishlatiladi.

“Iymon”ning ma’nosi tasdiq etmoq, ishonmoqdir.Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom Alloh taolo tomonidan yetqazgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab , ularga til bilan iqror bo’lish “iymon” deyiladi
Iymon quydagicha izxor qilinadi; “Ashxadu alla ilaha illalloxy va ashxadu anna Muhammadan abduxu va rasuluxu” (ya’ni “Alloh taoladan o’zga iloh yo’qligiga va Muhammad alayhissalom uning bandasi va rasuli ekaniga iqrorman).
Insonlarning iymoni Alloh taoloni bilish va payg’ambarimiz alayhsallom yetqazgan hukumlarga ishonish jihatdan 3 ga bo’linadi: 1.Taxqiqiy iymon – shak va shub’a aslo daxl qilmaydigan iymon
2.Istidloliy iymon – dalilarga asoslangan iymon
3.Taqlidiy iymon – ota-ona iymoniga taqlid qilgan iymon
Iymon ifodalash jihatdan2 ga bo’linadi
Mufassal iymon
jmoliy iymon
Kishi iymonli bo’lish uchun qalbi bilan tasdiqlab qabul etishi lozim bo’lgan narsalarninig har birini yod etishi muffasal iymon, qisqa ifodalash esa ijmoliy iymon deyiladi.
“Amantu billahi kama huva biasmaixi va sifanixi va qobiltu jamia ahkamixi” ya’ni Alloh taologa,uning ismlariga va sifatlariga iymon keltirdim hamda uning hamma hukumlarini qabul qildim.
Iymonning mufassal ifodasi esa quydagicha: “Alloh taologa, uning farishtalariga,kitoblariga,rasullariga,oxirat kuniga,qadarga – yaxshilik va yomonlik Alloh taoloning xohish-irodasi va yaratish bilan bo’lishiga hamda o’lgandan so’ng qayta tirilishga iymon keltirdim.
Din va shariat nima?
- Alloh taoloning bandalariga yuborgan hukmlari to’plami.
- Alloh taolo bandalariga qanday hukmlar yuborgan?
- Bandalariga dunyo va oxirat rohatlariga yetishmoqlari uchun to’g’ri yo’l-yo’riqlardan
iborat hukmlar yuborgan.
- U hukmlarda qanday ishlarning bayoni bor?
- Banda qilishi lozim bo’lgan va qilishi ta’qiqlangan vazifalarning bayoni bor.
- Alloh taolo din va shariat hukmlarini bandalariga qaysi yo’l bilan bildirdi?
- Alloh taolo bandalari ichida eng loyiqlarini payg’ambar etib sayladi va o’sha
payg’ambarlarga farishta Jabroil (a.s.) vositasida din hukmlarini o’rgatdi. So’ngra
payg’ambarlar bu hukmlarni odamlarga yetkazdilar.



Download 57,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish