«Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytaradi. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qiladi» (Nahl: 90)1.
Islom ruknlari, ya’ni Islom asoslanadigan poydevorlar, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan ushbu hadisda bayon qilinganidek, beshtadir: «Islom besh narsa ustiga qurilgan: Allohni yakkalash (boshqa bir rivoyatda: Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning bandasi va elchisidir, deb guvohlik berish), namozni to‘kis ado etish, zakotni berish, Ramazon oyi ro‘zasini tutish va haj qilish» (Muttafaqun alayh. Imom Muslimning lafzi).
1. «La ilaha illalloh va Muhammadur-rasululloh», deb guvohlik berish, til bilan talaffuz va qalb bilan e’tiqod qilish, demakdir. Ushbu guvohlik, guvohlik berilgan narsalar xilma-xil bo‘lsa-da, yagona bir rukn qilindi. Buning sababi, yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh tomonidan yetkazuvchi bo‘lib, Uning banda va payg‘ambar ekaniga guvohlik berish «la ilaha illalloh» (Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deb guvohlik berishning to‘ldiruvchisi ekani, yoki bu ikki guvohlik amallarning to‘g‘ri va qabul bo‘lishining asosi ekanligidir. Chunki Alloh taologa bo‘lgan ixlos va Uning payg‘ambariga ergashish bilangina amallar to‘g‘ri va qabul bo‘ladi. Demak, Alloh taologa bo‘lgan ixlos bilan «La ilaha illalloh» deb guvohlik berish ro‘yobga chiqsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashish
bilan «Muhammad — Allohning bandasi va elchisidir», deb guvohlik berish ro‘yobga chiqadi.
Ushbu guvohlik samarasi — qalb va nafsning maxluqlarga qul bo‘lish va payg‘ambarlardan boshqalarga ergashishdan ozod bo‘lishidir.
2. Namozni to‘kis ado etish — namozni o‘z vaqtida uzluksiz va mukammal ado etish bilan Alloh taologa qullikni ado etishdir.
Ushbu guvohlik samarasi — bag‘ri kenglik va quvonch. Hamda behayolik va gunoh ishlardan tiyilishdir.
3. Zakotni berish — belgilangan-muayyan miqdorga yetgan boylikdan belgilangan-muayyan miqdorni berish bilan Alloh taologa qullikni ado etishdir.
Buning samarasi — nafsni razil xulq bo‘lmish xasislikdan poklash hamda Islom va musulmonlar ehtiyojini qondirishdir.
4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish — Ramazon oyining kunduzida ro‘zani buzadigan barcha narsalardan tiyilish bilan Alloh taologa bo‘lgan qullikni ado etishdir.
Buning samarasi — Allohning roziligi uchun se-vimli bo‘lgan narsalarni tark qilish bilan nafsni chiniqtirishdir.
5. Haj qilish — haj amallarini ado etish uchun Ka’batullohni qasd qilish bilan Alloh taologa ibodat qilishdir.
Hajning samarasi esa, Alloh taologa itoat qilish yo‘lida moliyaviy chiqimlar va jismoniy kuchlarni sarflash bilan nafsni chiniqtirishdir. Shuning uchun ham haj, Alloh taolo yo‘lida qilingan jihod turlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu asoslarning biz eslatgan va eslatmagan barcha qirralari, xalqlar ichidan Alloh taoloning haq dinini qabul qilgan va yaralmishlar bilan adolat va rostgo‘ylik asosida muomala qiladigan pok Islom ummatini keltirib chiqaradi. Zero, Islomning bundan boshqa 14
qirralari, ushbu asoslarning salohiyatli bo‘lishi bilangina salohiyatli bo‘ladi. Ummat ahvolining salohiyatining yo‘qolib borishi, uning din ishlarining salohiyatining yo‘qolishiga qarab bo‘ladi.
Bu so‘zlarning haqiqatini bilmoqchi bo‘lgan odam, Alloh taoloning ushbu oyatlarini o‘qisin:
Do'stlaringiz bilan baham: |