Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zurikishlar misol bula oladi. Jismoniy zurikishlar statik, dinamik va gipodinamik xolda bulishi mumkin. Asabiy zurikish esa kuchli akliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko’rinishda bulishidan, kuchli xayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo’ladi. Ishlab chiqarishdagi kupgina holatlarda ushbu faktorlar umumlashgan xolda uchraydi. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni oldini olish, zararli va xavfli faktorlarni ta‟sir darajasini susaytirish maksadida texnologik jarayonlarni tulik mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va ish joylarini germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yeritilganlik, shovkin, titrash miqdorlarini hamda mikroiqlim kursatkichlarini normallashtirish, ishchilarni maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan taminlashni uz vaqtida amalga oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |