Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga bog’liq xolda 4 guruxga bulinadi: fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik.
Fizikaviy omillarga harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning ximoyalanmagan kuzgaluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yukori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yukori miqdordagi shovkin, titrash, infratovush, ultratovush, ionli va elektr magnitli nurlanishlar, statik elektr zaryadlari, ultrabinafsha va infraqizil nurlar, yukori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yeritilganlik darajasining meyordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |