2. AVLODLAR SHAJARASIGA QARAB IRSIY KASALLIKLARNING TIPINI ANIQLASH
Barcha tirik mavjudotlarning irsiyati biologiyaning qanday qonuniyatlariga bo‘ysunsa, inson irsiyati ham xuddi o‘sha qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan boshqa organizmdagi kabi odamda ham dominant va resessiv belgilar uchraydilar. Odamdagi har bir fenotipik xossa yoki belgining shakllanishida irsiyat ham, muhit ham ishtirok etadi.
Insonning shakllanishida uning organik olam shajarasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishida umum genetik omliardan tashqari, ijtimoiy omillar ham katta, ahamiyatga ega bo‘ladi. Buning oqibatida odamda uning oliy nerv sistemasi faoliyati bilan bog‘liq, bo‘lgan xususiyatlar - aql, idrok, qobiliyat, nutq, mehnat qilish kabi xususiyatlar paydo bo‘ladi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo‘lib, u genetik va ijtimoiy omillar tizimining umumiy ta‘sirida amalga oshiradi. Shuning uchun ham odam genetikasini o‘rganishda uning tabiatda va jamiyatda tutgan o‘rnidan kelib chiqadigan o‘ziga hos tomonlari va qiyinchiliklari mavjud.
Odamning ba‘zi belgi va xususiyatlarining irsiylanishi qonuniyatlarini taxlil qilish uchun genetika fanini barcha usullarini qo‘llash ham natija bermaydi. Lekin, belgi va xususiyatlar mumkin qadar ko‘proq avlodlarda tahlil qilinsa, nasillanish qonuniyatlarini aniqlasa bo‘ladi.
Genealogik (yunoncha genos – kelib chiqish, nasl – nasab degan so‘zdan olingan) usulning mohiyati odamning normal va kasallik belgi va xususiyatlarining genetikasi, ularning mumkin qadar ko‘proq avlodlarining nasl – nasabi haqida, ma‘lumot to‘plash va taxlil qilish orqali o‘rganiladi. Ushbu usul yordamida odamning ko‘pgina belgilarining, jumladan, irsiy kasalliklarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlanadi.
Bu usul azvlodlar shajarasini tuzishga asoslangan usul bo‘lib , amaliyot vrachlari uchun keng ma‘lum bo‘lgan, eng qulay usuldir. Bu usulda probandning (avlodlar shajarasi tuziladigan shaxs) qrindoshlari to‘g‘risida ma‘lumotlat to‘plash va uni taxlil qilishga asoslanadi. Bunday probandda irsiylanish o‘rganilayotgan belgining (kasallikning) fenotifik namoyon bo‘lishi kuzatilmasligi ham mumkin. Genalogiya usulli ancha qulay va oson bo‘lib tuyilishiga qaramasdan birmuncha qiyinchiliklarga ham egadir.
Agar oilada irsiy patalogiyasi bo‘lsa har bir oila azosi bunda o‘zini aydorligini his qilishi tabiiydir. Shuning uchun ham ba‘zi so‘ralayotgan shaxslar o‘zing avlodida shunday kasallikning borligini yashiradi, yoki erining (xotining)avlodida shunday kasallik bo‘lganligi haqida no‘to‘g‘ri ma‘lumot beradi. Vrach probandni yoki uning qarindoshlarini aybdorlik hissidan halos qilishga undao‘ziga ishonch uyg‘otishga harakat qilmog‘i lozim. Iloji boricha shajara a‘zolarini shaxsan shifokorning o‘zi tekshirishi, qarindoshlarining bergan ma‘lumotlari bilan cheklanib qolmasligi lozim. Agar bunday qilishning iloji bo‘lmasa, ayniqsa qarindoshlar boshqa joylarda yashasa anketalar orqali ma‘lumotlar to‘planadi. Anketani oila vrachlari to‘ldirishi zarur. Anketa savollarini tuzishda klatta maxorat talab qiladi. Genetik shifokor o‘zi shaxsan tekshirganda turli rivojlaninishning kichik anomaliyalarning (tirik organizimlardagi turli nuqsonlar) o‘zi ko‘rishi mumkin, anketa tuzganda esa savollar mutxassis bo‘lmaganlar ham to‘g‘ri javob beroladigan qilib yozilgan bo‘lishi kerak. Masalan gipertolizim bormi deb so‘rash mumkin emas, chunki hamma shifokorlar ham bu qanday stigma ekanligini yaxshi bilmasligi mumkin. Ko‘z qorachiqlari orasidagi masofa qanday deb so‘ragani to‘g‘riroqdir. Faqatgina to‘liq va ishonchli ma‘lumotlatgina oilaning shajarasini to‘g‘ri tuzishga imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |