Pul-kredit sohasidagi inqiroz – mamlakat pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli qog‘ozlar kursi, bank foizi pasayib ketishi natijasida banklar sinib, ommaviy holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta qimmatining tushib ketishi, bankda valyuta zaxirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati.
Birja inqirozi – birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati.
Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |