Bozor tuzulishi-bu uning alohida elementlarining ichki tarkibi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy bozorlar (Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Pekin bozori); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori); xududiy bozorlar (Markaziy Osiyo, G‘arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori.
Mahsulotni sotish tavsifiga ko‘ra bozor ulgurji va chakana turdagi bozorlarga bo‘linadi. Ulgurji bozorda tovarlar ko‘tarasiga sotiladi, savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib olingan tovarlar fuqarolarga sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |