14. IQTISODIY O‘SISH. BIZNES- SIKLLAR
14.1. Real yalpi ichki mahsulot va undan iqtisodiy o‘sishni o‘lchashda foydalanish
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotda, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ta’lim, fan, madaniyat, aholi hayot darajasi va sifati, inson kapitalida bosqichma-bosqich sifat va tarkibiy ijobiy o‘zgarishlarga iqtisodiy taraqqiyot deyiladi. Iqtisodiy o‘sishning dinamikasiga qarab milliy iqtisodiyotni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, aholining turmush darajasiga baho beriladi. YaMM uni yaratish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillarining miqdor va sifat nuqtayi nazaridan takomillashishiga iqtisodiy o‘sish deyiladi. Iqtisodiy o‘sishning mazmunini ijtimoiy ishlab chiqarish tashkil qiladi, natijasi esa milliy boylikning yaratilishi. Xodimlar, ishlab chiqarish vositalari tabiat va texnologiyalarning o‘zaro birgalikdagi harakati iqtisodiy o‘sishning harakatlanish mexanizmini tashkil etadi. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishini o‘z ichiga oladi, shuning uchun u har xil tarzda iqtisodiyotning texnologik ukladlari va moddiy ne’matlarni taqsimlashning tarixan rivojlangan aniq sharoitlarida o‘tadi. Yozef Shumpeter 1911 yilda nashr etilgan "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" nomli kitobida iqtisodiyotning o‘sishi va rivojlanishi o‘rtasidagi farqlarni bayon qilgan. Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlaydi: "O‘zingiz xohlagancha pochta karetalarini ketma-ket joylashtiring – bunda siz temir yo‘lga ega bo‘la olmaysiz." Iqtisodiy o‘sish - bu miqdoriy o‘zgarish - vaqt o‘tishi bilan bir xil tovarlar va xizmatlarni (xususan, pochta karetasi) ishlab chiqarish va iste’mol qilishning ko‘payishi. Iqtisodiy rivojlanish - bu ishlab chiqarish, mahsulotlarda, xizmatlarda, boshqaruvda, umuman iqtisodiyotda yangiliklar, ijobiy sifat o‘zgarishlari, ya’ni innovatsiyalar17 Yozef Shumpeter innovatsiyalarni shuningdek tadbirkorlik resursini iqtisodiy rivojlanishning bosh lokomativi deb hisoblagan. Bunda iqtisodiy o‘sish -miqdoriy o‘zgarishlar, iqtisodiy rivojlanish esa hayot sifatining o‘sishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan ijobiy sifat o‘zgarishlaridir Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, iqtisodiy o‘sish, innovatsion iqtisodiyot va venchur biznes sektorini yaratish iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, mehnat unumdorligi va aholining hayot sifatini oshirishni qamrab oladi. Hozirgi davrda rivojlanish jarayonlarining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, davlat institutlari samaradorligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |