9.4 Yer iqtisodiy resurs sifatida. Renta
Ishlab chiqarishning asosiy omili yerdir. Yerning muhim xususiyatlaridan biri uning maydonining cheklanganligi yerni ishlab chiqarish mumkin emasligidir. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi va uni takror ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Umuman olganda, "yer" atamasi keng ma’noda qo‘llaniladi. Bu bir tarafdan, tabiat tomonidan insonga byerilgan barcha ne’matlarni anglatadi, ikkinchi tarafdan inson ularning taklifi ustidan hech qanday hokimlikga ega emas, uni inson emas balki tabiat taklif etadi. Bu yerning o‘zi, minyerallar, suv va o‘rmon resurslari bo‘lishi mumkin. Ba’zi yer uchastkalari foydali qazilmalar manbalari sifatida, boshqalari esa baliq ovlash va qurilish uchun ishlatiladi. Ammo, yer haqida gapirganda, biz, avvalambor, undan qishloq xo‘jaligida foydalanishni nazarda tutamiz. Bunday holda, u ma’lum ekinlarni yetishtirish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Agrar sohada yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, uning o‘rnini boshqa omil bosa ololmaydi. Demak ushbu sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq.
Yerning hosil byerish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik «oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil kiladi. Demak inson yerning unumdorligiga ta’sir etishi mumkin. Biroq bu ta’sir cheksiz emas. Samaraning pasayib borish qonuniga ko‘ra, shunday vaqt keladiki, yerga qo‘shimcha mehnat, o‘g‘itlarning sarflanishi qo‘shimcha unumdorlikning pasayishi va hatto uning to‘liq to‘xtashiga olib keladi. Boshida yer yetarli darajada ishlanmangan sharoitda bu tendensiya ko‘zga ko‘rinmaydi, samaraning pasayib borish qonuni samara maksimal darajaga yetgandan so‘ng harakat qila boshlaydi. Samaraning pasayib borish qonuni agrotexnikani takomillashtirish hisobiga vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Biroq, agar yerdan olinadigan mahsulotlar ga talab cheksiz oshib borsa, pasayib boruvchi samarani to‘xtatib yoki yengib bo‘lmaydi. Yer cheklanganligi uchun ushbu qonun harakat qiladi. Chunki yerga ishlov byerishni jadallashtirish mumkin, biroq ekiladigan yerlarning zaxirasi o‘zgarmasdir.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Yerga egalik jismoniy va hukukiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan an’analar yoki qonuniy asosda belgilangan tartibda egalik huquqini tan olishini bildiradi. U avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilishni nazarda tutadi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun byerilishi mumkin»14.Yerdan foydalanish huquqi - bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda doimiy yoki muddatli foydalanish uchun byerilishini bildiradi. Bunda yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Yerga egalik qilish va undan foydalanishni ko‘pincha turli jismoniy va huquqiy shaxslar, jumladan hozir mamlakatimizda dehqon va fyermyer xo‘jaliklari amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |