1. iqtisodiyotga kirish


Naqd pullar- aniq moddiy shakldagi qog‘oz va tanga pullar bo‘lib, ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib turadilar



Download 20,98 Mb.
bet173/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Naqd pullar- aniq moddiy shakldagi qog‘oz va tanga pullar bo‘lib, ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib turadilar. Naqd pullar keng tarqalgan to‘lov vositasidir. Shuningdek naqd bo‘lmagan yoki kredit pullar mavjud. Bu pul naqd puldan farqli o‘laroq moddiy shaklga emas, u xayoliy pul, ya’ni uning bor- yo‘qligini qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, xayolan tasavvur etiladi.


15.4. Inflyatsiya: kelib chiqish sabablari, turlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Mamlakatda mavjud surunkali makroiqtisodiy muammolardan biri – bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyadir. Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotini asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladi. “Inflytasiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflyatsiya atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Inflyatsiya sabablarini aniqlashning ahamiyati inflyatsiyaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish uchun muhimdir. Inflyatsiya sabablari nimada? Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
1. Markaziy bank tomonidan qog‘oz pullarning keragidan ko‘proq bosib chiqarilishi natijasida muomalada ortiqcha pul massasining ko‘payishi natijasida inflyatsiyaviy holat vujudga keladi. Demak, inflyatsiyaning vujudga kelishining birinchi sababi ortiqcha pul emissiyasi. Qoidasi bo‘yicha Markaziy bank tovarlarning ko‘proq oqimi, ichki qarzlar, qisqa muddatli davrda tartibga solishga xizmat qiladigan miqdorda pulni emissiya qilishi kerak. Ammo bunga har doim ham rioya etilmaydi. Davlat vujudga kelgan muammolarni masalan, ishlab chiqarishning rivojlanishini qo‘llab quvvatlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish yoki davlat byudjeti defitsitini tez bartaraf etishga hukumat Markaziy bankni ham jalb qiladi. MB o‘z navbatida, iqtisodiyotni inflyatsiyadan himoya qilish o‘rniga, uni keraksiz pul massasi bilan to‘ldiradi, buning natijasida esa inflyatsiyaviy jarayonlar kuchayib tezlashadi.
2. Davlat byudjeti defitsiti, ya’ni davlatning xarajatlari uning daromadlaridan oshib ketgan holatda ham inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday holatni vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri davlat bajaradigan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan noishlab chiqarish xarajatlariga ( harbiy xarajatlar, ta’limga, ijtimoiy dasturlar va h.k ) davlat monopoliyasi hisoblanadi. Byudjet kamomadli bo‘lsa, uni moliyalashtirish vositasidan foydalangandan ham inflyatsiyaning oldini olish mumkin emas. Ammo inflyatsiyaning o‘sish sur’ati ko‘proq darajada ushbu defitsitni qanday bartaraf etilayotgani bilan bog‘liq. Agar bu muammo pulni bosib chiqarish yo‘li bilan bartaraf etilsa, unda defitsit faqat oshib boradi. Demak, davlat o‘z qo‘lida mavjud bo‘lgan samarali vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi, masalan xorijiy tadbirkorlarga kredit ajratish. O‘z vaqtida ya’ni XX asrning 80-yillarning o‘rtalarida AQSHda aynan shu tarzda byudjet kamomadni moliyalashtirgan va xorijiy manbalardan qariyb 100 milliyard dollar olgan, bu miqdor davlat byudjeti taqchilligining deyarli yarmiga teng edi.
3. Monopoliya inflyatsiya ta’sirining kuchayishi jarayoniga ham ta’sir qiladi. Bozorda ustun mavqeni saqlab qolish uchun monopoliyalar yuqori narxlarni o‘rnatishga va ushlab turishga, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolishga harakat qiladi va shu bilan inflyatsiyani tezlashtiradilar. Shuningdek ish haqi miqdori, darajasi va uni ushlab turish vaqtini aniqlaydigan kasaba uyushmalar monopoliyasi ham inflyatsiyaga sabab bo‘ladi
4. Jahonda ro‘y berayotgan globalashish jarayoni ta’sirida inflyatsiya tashqi omillar ta’sirida ham vujudga kelishi mumkin, ya’ni tashqaridan jahon savdosi kanallari orqali mamlakatga kirib kelishi mumkin. Bunda u yoki bu resurslarga bo‘lgan jahon narxlarining ko‘tarilishi zanjir bo‘ylab narxlarning o‘sishiga olib keladi va bu o‘sish mamlakatga ham kirib keladi.
6. Inflyatsiyaviy kutishlar ham inflyatsiyaga ijobiy ta’sir etadi. Qanday qilib? Insonlar tovar va xizmatlarga narxlarning uzoq vaqt davomida ko‘tarilishini anglagaganlaridan so‘ng istiqbolda o‘z iste’mollari uchun ularni sotib olishni boshlaydilar ya’ni joriy talabni oshirib yuboradilar, ayni paytda yuqori daromadlarni talab qiladilar. Natijada iste’molchilar talabi o‘sib borib, taklifdan oshib ketadi, natijada narxlar o‘sadi.
Bu omillar bir – biriga bog‘liqdir va har biri alohida talab va taklifning ko‘tarilishi va pasayishiga, ularning o‘rtasidagi nisbatning buzilishiga olib keladi.
Kelib chiqishi nuqtayi nazaridan, iqtisodchilar inflyatsiyaning ikki turini farqlaydilar, bular; a) talab inflyatsiyasi: b) taklif inflyatsiyasi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish