1. iqtisodiyotga kirish



Download 20,98 Mb.
bet1/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish




1. IQTISODIYOTGA KIRISH
1.1. Iqtisodiyot fani nimani o‘rganadi?
Dunyoda iqtisodiyotdan holi, mustaqil bo‘lgan birorta ham soha, birorta ham inson yo‘q. Inson xohlaydimi yoki yo‘qmi, lekin farovonlikda yashash uchun iqtisodiy qonunlarga bo‘ysunishi kerak. Ushbu qonunlar inson kelajagini - unga qulay va uzoq umr ko‘rishni ta’minlaydigan faoliyat turini tanlashga imkon beradi. Undan tashqari inson o‘z hayoti mobaynida daromadlarni topish va ularni sarflash bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni hal etishga harakat qiladi. Buning uchun esa inson oddiy iqtisodiy qoidalarni bilishi, shuningdek, iqtisodiyotning tuzilishi va unda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Fanning mavzusi - u yoki bu fanning nimani tadqiq etishi va o‘rganishidir. Masalan, biologiyada tirik tabiat, organik hayotning rivojlanish qonunlari o‘rganiladi, falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining universal qonunlari haqidagi fandir. Biz iqtisodiyotni o‘rganishni boshlaymiz. "Iqtisodiyot" so‘zining o‘zi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, tom ma’noda "uy xo‘jaligini yuritish qoidalari"ma’nosini anglatadi. ("oikos" - uy, maishiy, "nomos" - qoida, qonun). Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy xo‘jaligini yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Iqtisodiyot - bu jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlovchi xo‘jalik yuritish tizimi. Hozirgi davrda iqtisodiyot uy xo‘jaligi, firmalar va davlat hamda ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lgan juda murakkab organizm hisoblanadi.
Iqtisodiyotning asosiy vazifasi - bu odamlarning hayoti uchun zarur bo‘lgan va ularsiz jamiyat rivojlana olmaydigan ne’matlarni doimiy ravishda yaratishdir. Iqtisodiyot cheklangan resurslar dunyosida inson ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.
Ushbu kursda "Iqtisodiyot" atamasi "Iqtisodiyot nazariyasi", "Iqtisodiyot fani" ma’nosida qo‘llaniladi (sinonim so‘zlardan bunday foydalanishga ko‘plab misollar keltirish mumkin, masalan, matematika va matematik nazariya, biologiya va biologiya nazariyasi).
Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, Iqtisodiyot nazariyasi odamlar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarni hamda jamiyatdagi inson xatti-harakatlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, sotsiologiya va falsafadan farqli o‘laroq, faqatgina iqtisodiyot fani, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarni va odamlarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o‘rganadi. Inson hayotida doimo "iqtisodiy muammolar" mavjud bo‘ladi. Masalan, oila a’zolari
ko‘paygandan so‘ng, oilaning turar joyini kengaytirish zarurati vujudga keladi, biroq oilada turar joyni kengaytirish uchun mablag‘ yo‘q. Oyoq kiyim ishlab chiqaradigan korxona bankrot bo‘lish arafasida, u yerda ishlab chiqarish hajmi shunchalik pasayganki, 1000 ishchi o‘rniga 200 ishchi ishlamoqda, qolganlari ishsiz qoldi, biror mamlakatda devalvatsiya ro‘y berdi, natijada yilning boshida import tovarlarning narxi 4-5 baravarga oshib ketdi. Talabaning bir oy yashashiga 2 mln. so‘mi bor, bu mablag‘ni talaba turlicha sarflashi mumkin. Ammo bu pul miqdori yetarli emas, shuning uchun u pulni sarflashning eng yaxshi oqilona usulini tanlashga harakat qilishi kerak. Qo‘shimcha daromad izlash, ishsizlik va devalvatsiya va tanlov zarurati (pulni qanday sarflash kerak? Nima sotib olish kerak?) - bularning barchasi iqtisodiy muammolardir. Shuningdek, iqtisodiyot fani ijtimoiy munosabatlarni, ne’matlarni ishlab chiqarish taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida iqtisodiyotni tashkil etish va tartibga solish, narxlar va pul daromadlari, ishsizlik, inflyatsiya, qashshoqlik va tengsizlik, atrof-muhitning ifloslanishi kabi ko‘plab muammo va masalalarni ko‘rib chiqadi. Ushbu barcha muammolar ishlab chiqarish harajatlarining minimal miqdori bilan zarur miqdordagi tovarlarni yaratish muammosining aksi hisoblanadi. Haqiqat shundaki, inson ehtiyojlari cheksizdir, ammo ularni yaratish uchun zarur resurslar cheklangan. Demak, iqtisodchilarning diqqat markazida odamlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishda cheklangan resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini izlash yotadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, iqtisodiy muammolar odamlar tomonidan, kishilik jamiyati doirasida hal qilinadi.
Jamiyat tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, uning asosiy elementlari - insonlar, ularning birgalikdagi faoliyat shakllari, birinchi navbatda mehnat, mehnat mahsuli, turli mulkchilik shakllari, siyosat va davlat, turli institutlarning umumiyligi tushuniladi. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Jamiyatning hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalardan iborat bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyat bu murakkab tuzilma bo‘lib, unda oila, axloq, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, siyosat, mafkura, fan, din, milliy munosabatlar mavjud. Ijtimoiy tuzilmaning eng muhim qismi - bu ma’lum bir jamiyatning iqtisodiy tizimidir.
Iqtisodiy tizim - bu ijtimoiy tizimning bir qismi bo‘lib, unda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarini ishlab chiqarish, almashish, taqsimlash va iste’mol qilish amalga oshiriladi.
Endi bayon etilgan mulohazalardan kelib chiqib Iqtisodiyot fanining predmeti nimani tadqiq etishi va o‘rganishini aniqlab olamiz.
Iqtisodchi olim A.Marshalning fikricha? “Iqtisodiyot” fani “kishilik jamiyatining normal hayotiy faoliyatini tadqiq etadi. U individual va ijtimoiy xatti harakatlarning shunday sohasini o‘rganadiki, bu farovonlikning moddiy asosini yaratish bilan chambarchas bog‘liq.1A.Marshalning fikricha, bu fan aynan insonning iqtisodiy xatti- harakatlarini o‘rganadi. K. R. Makkonnell va S.L.  Bryularning fikricha “Ekonomiks - bu cheklangan resurslar dunyosida moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida odamlarning xatti-harakatlarini o‘rganadi”2. Iqtisodiyot nazariysi zamonaviy maktablarining aksariyati o‘zlarining predmetini odamlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishni o‘rganish deb hisoblaydilar. Iqtisodiyot fanining predmetiga angliyalik iqtisodchi L.Robbinson tomonidan berilgan ta’rif qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. "Iqtisodiyot - bu inson xulq-atvorini uning maqsadlari va cheklangan mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlarni, muqobil foydalanishga imkon berish nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. "3 Muqobil foydalanish bu tanlov muammosidir. Demak, resurslarning cheklanganligi va tanlash muaommosidan tashqari insonning iqtisodiy faoliyatidagi ratsional xulqi masalasiga ham etibor qaratish lozim. Uning mohiyati xarajatlarni kamaytirish va foydani ko‘paytirishdan iborat. Foyda va xarajatlar nisbati bu samaradorlik ko‘rsatkichidir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini tadqiq etganda, resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarish harajatlaridan iloji boricha ko‘proq samara olish, ya’ni samaradorlik diqqat markazida bo‘ladi. Barcha iqtisodiy fanlar iqtisodiy tizimni turli tomonlardan o‘rganadilar. Xususan, iqtisodiy fanlar qatorida iqtisodiy nazariyadan tashqari mehnat iqtisodiyoti, industrial iqtisodiyot, menejment, iqtisodiy statistika, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, korxona iqtisodiyoti- jami 19 ta amaliy iqtisodiy fanlar mavjud. Ammo iqtisodiy nazariyadan farqli o‘laroq, bu barcha fanlar maxsus aniq iqtisodiy fanlardir. Iqtisodiyot nazariya boshqa barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lgan umumiy nazariy fan hisoblanadi.
Keltirilgan Iqtisodiyot fani predmetiga berilgan ta’riflarda «cheksiz ehtiyojlar», «cheklangan resurslar», «insonning xatti-harakati» tayanch so‘zlardir. Endi biz ushbu tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish