1. iqtisodiyotga kirish


Iste’molchilarning xatti harakati - bu turli xil tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabini shakllantirish jarayoni



Download 20,98 Mb.
bet49/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Iste’molchilarning xatti harakati - bu turli xil tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabini shakllantirish jarayoni. Yalpi talabni alohida xaridorlarning xatti-harakatlari shakllantiradi, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini va bozorlarda ularning taklifini belgilaydi.
Iste’molchilarning afzalliklari, ularning daromadlari (byudjetlari) va tovarlar (xizmatlar) narxlari iste’molchilarning xatti-harakatlarini belgilovchi omillardir.
Iste’molchilarning afzal ko‘rishi - bu iste’molchi tomonidan iste’mol tovarlari va xizmatlarining ma’lum assortimentini ularning nafliligi bo‘yicha taqqoslash asosida baholash jarayoni. Bunda har bir iste’molchi bozorda oqilona xatti-harakat qiladi deb hisoblanadi. Bu har bir iste’molchi individual afzalliklari shkalasiga (o‘lchoviga) ega ekanligini anglatadi. Iste’molchi unga rioya qilish bilan, shuningdek, o‘zining cheklangan daromadlarini (byudjetini) hisobga olgan holda, maksimal darajada qoniqish darajasiga (naflilik) erishishga intiladi. Iste’molchilarning afzal ko‘rishi-alohida iste’molchilarning aniq ne’matlarni tanlashiga ta’sir etuvchi omillardan biridir.
Iste’molchi xarid qilish maqsadida ne’matlarni tanlashda mavjud imkoniyatlari doirasida eng ko‘p naflilikga erishishdan kelib chiqadi. O‘z navbatida naflilik inson ehtiyojlarini qondirish mezoni hisoblanadi.
Xaridor sotib oladigan ne’matlarni tanlashda afzal ko‘rishdan foydalanadi, biroq ularni iste’molni qondirishda xaridor byudjeti miqdori bilan cheklangan bo‘ladi. Bunday sharoitda xaridor nima qiladi, qaysi tanlov unga maksimal naflilikni ta’minlab beradi?
Quyidagi aksiomalar iste’molchi tanlovi nazariyasining zaminlari bo‘lib hisoblanadi.

  1. Iste’molchilarning afzal ko‘rishlarining to‘liq tartiblanganligi aksiomasi.

Bu aksioma iste’molchining o‘zi nema’tni iste’mol qilish va uni amalga oshirish xususida qaror qabul qilishi kerakligini nazarda tutadi. Bunda xaridor ikki tovar to‘plamidan qaysi biri yaxshi yoki bir xilligini ko‘rsatishi kerak. Demak, gap aniq iste’molchi uchun turli ne’matlar to‘plamlarining taqqoslanishi to‘g‘risida barmoqda. Iste’molchi bu taqqoslashni amalga oshira oladi. Bu har qanday ne’matlarni A va B juftlik to‘plamiga, iste’molchi A tovar V tovarga nisbatan afzalroq ya’ni A> V, V tovar A tovarga nisbatan afzalroq, ya’ni V>A yoki A va V tovarlar to‘plamlari bir xil naflilikga ega, ya’ni A= V
2. Iste’molchilar afzal ko‘rishlari (xohishlari) tranzitivdir. Iste’molchi qaror qabul qilish va uni amalga oshirish uchun xohishlarini bir ne’mat va uning to‘plamlaridan boshqalariga izchilik bilan o‘tkazishlari kerak. Tranzitivlik, agar iste’molchi V ne’matlar to‘plamiga nisbatan A ne’matlar to‘plamini afzal ko‘rsa, S ne’matlar to‘plamiga nisbatan V ne’matlar to‘plamini afzal ko‘rsa, unda iste’molchi S to‘plamga nisbatan A to‘plamni afzal ko‘rishini aglatadi. Boshqacha aytganda agar A>V va V>S bo‘lsa, unda doim A>S bo‘ladi, agar A=V va V=S bo‘lsa, unda har doim A=S bo‘ladi. Tranzitivlik to‘g‘risida bunday faraz afzal ko‘rishlarning ratsionalligini kafolatlaydi. Boshqa holatda iste’molchini xatti- harakati ziddiyatlidir. Bunday holatda iste’molchining didi o‘zgargan bo‘ladi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish