1. iqtisodiyotga kirish


-rasm. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli



Download 20,98 Mb.
bet142/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

12.3-rasm. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli
I= I(r) hisoblanadi. Bu funksiya kamayuvchi hisoblanadi, ya’ni foiz stavkasi darajasi baland bo‘lsa, investitsiya darajasi shunchalik past bo‘ladi. Jamg‘arish ham foiz stavkasi funksiyasi hisoblanadi S= S(r). Bu funksiya o‘sib boruvchi hisoblanadi, ya’ni foiz stavkasi darajasi qanchalik baland bo‘lsa, jamg‘arma darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Grafikda shuni ko‘rish mumkinki, r0 ga teng foiz darajasi milliy iqtisodiyot miqyosida jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi tenglikni, ya’ni muvozanatni ta’minlaydi.
Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi tenglikning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsiyaviy resurslarga bo‘lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsiyaviy resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. r2 darajada esa barcha subyektlar uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.

12.4-rasm. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli.
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: . Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: Ya’ni, keynscha konsepsiya’ning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 12.4-rasm orqali izohlash mumkin.
Ordinata o‘qi jamg‘arma va investitsiyalarni (S, I), abssiss o‘qi milliy daromad darajasini(NI) aks ettiradi. I gorizontal chiziq milliy daromadni har qanday darajasida investitsiyalarning o‘zgarmas miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni I NIga bog‘liq emas. Mazkur modelda uni milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
S jamg‘arishni aks ettiradi. Milliy daromad jamg‘arma darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi oshgan sari jamg‘arma miqdori oshib boradi. Milliy daromadni ONga teng hajmda, chiziqlar E nuqtada kesishadi natijada I=S holat kuzatiladi. Biroq, milliy daromadni ONga teng xajimda to‘la bandlik ta’minlanmaydi. FFE tikka chizig‘i to‘la bandlik holatini aks ettiradi Bu chiziq jamg‘arma va investitsiyalar kesishgan E nuqtadan o‘ngroqda joylashgan. Bu holat Keynsning to‘la bandlik bo‘lmaganda ham miliy daromad muvozanatda bo‘ladi degan xulosasiga to‘g‘ri keladi. Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz
Hozirga qadar jamg‘arma va investitsiyalarning tengligiga asoslangan milliy daromad darajasini aniqlash tahlil qilindi. Daromadning muvozanat darajasini aniqlashning yana bir usuli bor, sarmoyalarni iste’mol qilishga asoslangan usul yoki "milliy daromad - yalpi xarajatlar" modeli, 12.5-rasmda milliy daromad darajasini aniqlashning ushbu usulini grafik tasviri berilgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, milliy daromad ikki asosiy kanal orqali ishlatiladi: iste’mol va investitsiyalar uchun, ya’ni Y= C + I. Yalpi xarajatlar, shaxsiy iste’mol sarflari (C) va unumli iste’mol sarflaridan (I). iborat. Iqtisodiyotning turg‘unlik sharoitida iste’molga moyillik past bo‘ladi hamda daromad va sarflar (shaxsiy iste’mol uchun) tengligiga S0 nuqtada, ya’ni O ga teng jamg‘arma darajasida mos keladi. Ammo, agar shaxsiy iste’mol xarajatlariga investitsiyalar qo‘shilsa, u holda SS chizig‘i vertikal bo‘yicha yuqoriga qarab C + I holatini egallaydi. Endi C + I egri chizig‘i E nuqtasida 45 chiziqni (daromad va sarflar tengligi chizig‘i) kesib o‘tadi. Ushbu nuqtaga milliy daromadning ON miqdori to‘g‘ri keladi. N nuqta F nuqtaga yaqinlashdi, ya’ni to‘liq bandlik holatiga mos keladigan MD darajasiga. Investitsiyalar qancha katta bo‘lsa, C + I egri chizig‘i shuncha yuqori ko‘tariladi va to‘liq bandlik darajasi yaqinlashadi. Agar davlat nafaqat xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirsh, balki turli xil xarajatlarni amalga oshirsa, unda
C + I egri chizig‘i C + I + G egri chizig‘iga aylanadi, bu yerda G davlat xarajatlarini tashkil etadi. Chizma – davlatning xususiy sektorda davlat xarajatlari va investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishining ijobiy rolini aks ettiradi. Bunga J. Keyns katta ahamiyat bergan. Shunday qilib, umumiy xarajatlar C, I, G, summasidan iborat, agar tashqi savdo operatsiyalarini hisobga olsak, unda sof eksport (NM) summasi qo‘shiladi C + I + G + NM
Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning o‘sishiga olib keladi va ma’lum bir ta’sir tufayli to‘liq bandlikka erishishga yordam beradi, bu iqtisodiy nazariyada multiplikator samarasida aks etadi.
Daromad va investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik multiplikator yordamida ifodalanadi. Multiplikator (lot.- ko‘paytiraman) - bu investitsiyalar o‘zgarishi va daromad miqdorini o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi koeffitsiyent. Investitsiyalarning o‘sishida, YaMM hajmi birlamchi qo‘shimcha investitsiyalarga nisbatan katta miqdorda oshadi.


Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish