1. iqtisodiyotga kirish


Davlatning ijtimoiy siyosati fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan jamiyatning ijtimoiy sohasini boshqarish bo‘yicha faoliyati



Download 20,98 Mb.
bet150/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

14.5. Davlatningg ijtimoiy siyosati

Davlatning ijtimoiy siyosati fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan jamiyatning ijtimoiy sohasini boshqarish bo‘yicha faoliyati.


Aholi farovonligini oshirish, insonlarning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy adolat tamoyillarini o‘rnatish ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat jamiyat a’zolarining faqat moddiy emas balki ma’naviy, siyosiy manfaatlarini ham e’tiborga olishi kerak.
Davlat olib boradigan iqtisodiy siyosatning asosiy ijtimoiy vazifasi xodimlarning iqtisodiy faoliyatlari samaradorligini oshirishdan manfaatdorligini va uning doimiy ravishda oshishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy siyosat iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi:
-insonlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qanday usullar va vositalar yordamida qondirish.
-jamiyatda ne’matlarning adolatli taqsimlanishini qanday yo‘llar yordamida ta’minlash.
-kishilar farovonligining oshishini ijtimoiy takror ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga monand yuz berishini qanday ta’minlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi natijalar mavjud iqtisodiy tizim va jamiyatning barqarorligini belgilaydi. Ijtimoiy barqarorlik quyidagilarni nazarda tutadi:
-asosiy iste’mol tovarlari va xizmatlariga barqaror narxlari;
-aholi daromadlarining keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Jamiyat a’zolariga ishonchli ijtimoiy himoya va kafolatlar tizimini tarkib toptirish.
Jamiyatning ijtimoiy beqarorligi asosan aholi daromadlarining keskin tabaqalanishi natijasida aholini o‘ta boy va qashshoq qatlamlariga bo‘linishi bilan bog‘liq. Davlatning ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.Bandlik siyosati davlatning mehnatga layoqatli va ishlashni xohlovchilarni ish joylari bilan ta’minlash orqali o‘zini o‘zi boqish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan siyosat.
2. Daromadlar siyosati davlat daromadlarining oqilona taqsimlanishini tartibga solish siyosati.
Ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotatsiyalar va byudjet transfertlari kabilar uning vositasi hisoblanadi. Bandlikni, pensiya bilan ta’minlash va mehnatning ijtimoiy sug‘urtalanishini ta’minlash maqsadida firmalardan ular ajratgan mehnat xaqi summasidan ijtimoiy soliqlar undiriladi. Bularning bir qismi davlat tomonidan ishsizlar va vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotganlarga nafaqa ko‘rinishida to‘lanadi. Daromad solig‘ining progressiv shkalasini belgilash va unga asoslanib soliqlarni undirish orqali ko‘p daromad olgan ko‘p soliq to‘lashga erishiladi. Natijada yig‘ilgan pul davlat byudjetida to‘planib muhtojlarga yordam sifatida beriladi.
3. Ijtimoiy siyosat aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlab turish siyosatidir. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy nafaqalar yordamida amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati aholining o‘zi ishlab pul topishga qodir bo‘lmagan qismiga davlat byudjeti hisobidan pul va moddiy shaklda yordamni nazarda tutadi. Bu yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: daromadlari kam insonlarni soliqlardan ozod qilish: bir yo‘la yordam ko‘rsatish; bepul yotoqxonalar ajratish ijtimoiy yordam miqyosli muhtojlar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq.
Ijtimoiy kafolatlar-jamiyatning har bir fuqaroning oldida ularning zaruriy ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha majburiyatlari. Ijtimoiy kafolatlar tekin ta’lim olish huquqi, fuqarolarning mehnat qilish qobiliyatini realizatsiya qilish va mehnatga zo‘rlashning maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha kafolatlar.
2017— 2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ijtimoiy rivojlanish sohasida asosiy vazifalar belgilangan: aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash va ularga davlat xizmatlari ko‘rsatish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilish hajmlari va shakllarini ko‘paytirish yo‘nalishda davlat pensiya tizimini, davlat xizmatchilari ish haqi fondini isloh qilish, ijtimoiy kafolatlar va nafaqalar to‘lash tizimini takomillashtirish, vaqtincha ishsizlikdan sug‘urta qilishni soddalashtirish, ijtimoiy sug‘urtaning amaldagi tizimini xalqaro normalarga va JST konvensiyalariga muvofiqlashtirish, kasb-hunar-texnik ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, katta yoshdagilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish va shu kabilar nazarda tutiladi.
Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va yaxshilash maqsadida aholining ishlab chiqarish resurslaridan, dori vositalaridan, sog‘liqni saqlashning sifatli va kafolatli xizmatlaridan, zamonaviy ta’lim tizimini qurgan holda ta’limdan teng foydalanilishini ta’minlash va xotin-qizlarning iqtisodiyotning barcha sektorlarida ishtiroki cheklanishini bartaraf etish va shu kabilar nazarda tutiladi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish