1. iqtisodiyotga kirish


Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investitsiya xajmiga ta’sir etuvchi omillar



Download 20,98 Mb.
bet141/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

12.4. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investitsiya xajmiga ta’sir etuvchi omillar
Foyda olish maqsadida davlat (xususiy) kapitalning mamlakat ichida va tashqarisida turli tarmoqlarga uzoq muddatli qo‘yilmalariga investitsiyalar deb ataladi. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir
Investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor, investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar - investitsiyaviy faoliyat deyiladi.
Investitsiyalarning asosiy yo‘nalishlari:
1. Yangi ishlab chiqarish bino va inshootlarni qurishga;
2. Yangi dastgoh, texnika va texnologiyalarni sotib olishga;
3. Qo‘shimcha xomashyo va materiallarning xaridiga;
4. Turar joy va ijtimoiy obektlarni qurishga.
Demak ushbu yo‘nalishlarga mos, asosiy kapital,tovar-moddiy zaxiral va inson kapitaliga investitsiyalar farqlanadi.
Investitsiyalar pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Nominal investitsiya pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiyalar, unga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsiyaviy resurslar (ishlab chiqarish vositalar ) real investitsiyalar deyiladi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
- aholi jamg‘armalari;
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
- davlat byudjeti mablag‘lari;
- chet elliklar mablag‘lari.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shuningdek investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga bo‘linadi. Yalpi investitsiyalar (YaI) - eskirgan dastgohlarni almashtirishga (amortizatsiya) sarflar summasi va ishlab chiqarishni kengaytirishga investitsiyalarning o‘sishi yoki sof investitsiyalar(SI) miqdoridan iborat.
Ya’ni: YaI=Amortizatsiya + SI
Sof investitsiyalar joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsiyaviy tovarlardan iborat. O‘z navbavtida sof investitsiyalar yalpi investitsiyalar va amortizatsiya summasi ayirmasiga teng. Ya’ni:
SI = YaI- Amortizatsiya
Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning oshishini ta’minlaydi. Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin:

  • sof investitsiyalar ijobiy miqdorni tashkil etsa (YAI+Amortizatsiya) yil oxirida kapital hajmini, pirovard natijada esa iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi, iqtisodiyot rivojlanayotgan bo‘ladi;

  • sof investitsiyalar nolli kattalikni (YaI= Amortizatsiya ) tashkil etsa, unda yil oxirida kapital miqdori o‘zgarmay qoladi, iqtisodiyot statik(turg‘un) holatda bo‘ladi;

  • sof investitsiyalar salbiy miqdorni tashkil etsa (YaI

Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) bankning foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflardan maqsad hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu – kapitalni qarzga olish uchun firma to‘lashi zarur bo‘lgan narx.
Bu yerda foyda va bankning foiz stavkasi bilan bog‘liqlik quyidagicha: agarda kutilayotgan foyda normasi yuqori bo‘lsa, unda investitsiyalar o‘sadi. Agarda kutilayotgan foyda normasi(masalan 12%) foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa (masalan 9%),unda investitsiya qilish foydali bo‘ladi va aksincha. Demak investitsiyalarga talab va foiz stavkasi o‘rtasida teskari proporsional bog‘liqlik mavjud. Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtayi nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiya’ning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (12.3-rasm).
Grafikda jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida muvozanat holati aks ettirilgan. I egri chizig‘i - investitsiyalar, S egri chizig‘i esa jamg‘armani ko‘rsatadi. Ordinata o‘qi foiz stavkasini (r), abssissa o‘qi jamg‘arish va investitsiyalarni aks ettiradi. Investitsiyalar foiz stavkasini funksiyasi


Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish