1. iqtisodiyotga kirish


Jamg‘arish va iste’mol daromadlar darajasiga bog‘liq. Chunki aynan daromad jamg‘arish va iste’molning manbaidir



Download 20,98 Mb.
bet139/239
Sana19.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#604610
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

Jamg‘arish va iste’mol daromadlar darajasiga bog‘liq. Chunki aynan daromad jamg‘arish va iste’molning manbaidir.
Odatda daromadlari mamlakatdagi o‘rtacha daromad miqdoridan yuqori bo‘lgan oilalar daromadlarining bir qismini jamg‘aradilar. Qanchalik oila kambag‘al bo‘lsa, shunchalik kam jamg‘aradi. Eng kambag‘al aholining jamg‘arishi 0 ga teng. Qarzga yashovchi aholi manfiy jamg‘armaga egadir. Demak hamma oilalar ham jamg‘ara ololmaydilar. Jamg‘arishdan farqli o‘laroq barcha oillalar iste’mol qiladilar. Biroq uning pastki darajasi tirikchilik minimumidan pastga tushib ketmasligi kyerak. Iste’mol joriy talabni, jamg‘arish esa kelajakdagi talablarni qondiradi.
Iste’mol fondi – bu milliy daromadning jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi.  Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini va noishlab chiqarish sohadagi muassasalari va tashkilotlarning barcha sarflarini o‘z ichiga oladi. Iste’mol fondi insonlarning va umuman jamiyat talablarini qondiradi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Iste’mol miqdori quyidagicha hisoblanadi:
C = Y – S, ya’ni iste’mol = daromad – jamg‘arma
Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi. Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jamg‘arma – bu milliy daromadning aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Jamg‘arma fondi - ishlab chiqarishni kengaytirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflanadi. Uning hajmi quyidagicha aniqlanadi:
S = Y - C ya’ni jamg‘arma = daromad –iste’mol
Jamg‘arish - milliy daromadning (MD) tarkibiy qismi bo‘lib, asosiy va aylanma kapital shuningdek rezerv zaxiralarni ko‘paytirishga sarflanadi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jamg‘arish farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning bir qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida asosiy va aylanma kapitalni kengaytirishga sarflanadi, bu miqdor ishlab chiqarish jamg‘arishni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishdagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini aniqlaydigan omil hisoblanadi. Jamg‘arish normasi jamg‘arish summasining milliy daromad xajmiga nisbati oqali hisoblanadi:
JN=(JS/MD) x 100%,
Bu erda: NS – Jamg‘arish normasi;
JS – jamg‘arish summasi;
MD – milliy daromad.
Jamg‘arish normasining chegarasi mavjud. Ushbu chegaradan o‘tib ketish iqtisodiy nosamarador va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, haddan tashqari jamg‘arish natijasida investitsiyaviy sarflarning samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar va qurilish tashkilotlari quvvatlari, materiallar va dastgohlarni yetkazib berish imkoniyatlari va infratuzilma o‘rtasida nomutanosibliklar vujudga kelishi mumkin. Buning natijada iqtisodiy o‘sish pasayish tendensiyasiga ega bo‘ladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Milliy daromad YaMM qiymatidan amortizatsiya ajratmalari va biznesga egri soliqlarni ayirish orqali hisoblanadi. Biroq milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromad ixtiyordagi yoki sof daromad deyiladi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy manbai hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Jamg‘arish iqtisodiyotda yalpi sarflarning tarkibiy qismi bo‘lib, investitsiyaviy tovarlarga talab darajasini aniqlaydi. Aslida, investitsiyalar jamg‘arishni namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli tahlilni jamg‘arishni mohiyati, omillari va samaradorligining nazariy asoslarini asoslashdan boshlaymiz.
Shunday qilib, iqtisodiy o‘sishning sur’atlari va sifatiga faqat jamg‘arishning miqdor ko‘rsatkichlari ta’sir etmaydi. Fan texnika progressi natijasi bo‘lmish innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish birinchi va hal qiluvchi omildir. Chunki jamg‘arish milliy daromadning takibiy qismi hisoblanadi, unda milliy daromad hajmini oshirishini aniqlovchi omillar jamg‘arishning hajmini ham aniqlaydi. Foydalanayotgan resurslarning miqdori va unumdorligi ana shunday omillardan biri hisoblanadi. Jamg‘arish hajmi xomashyo, materiallar va energiya sarflarini tejashga ham bog‘liq. Ushbu sarflarni mahsulot birligiga kamaytirish, ushbu material vositalar miqdorini ko‘paytirmasdan ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishga imkon beradi.
Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. O‘z navbatida jamg‘arma miqdorining oshishi esa daromadlarning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsiyaviy tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan ziddiyatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, bir tarafdan daromadlar bir qismining jamg‘arilishi iste’mol miqdorini kamaytiradi, bu esa talab miqdorini kamaytiradi. Aholi daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin. Ikkinchi tarafdan esa jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsiyaviy maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday yetishmaslikni to‘ldiradi.
Korxonalar ham o‘zining ishlab chiqargan barcha mahsulotini iste’molchilarga sotishni nazarda tutmaydi, mahsulotning bir qismini uning o‘zi ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi eng maqbul nisbat, shuningdek iste’mol qilish va jamg‘arishga o‘rtacha va maksimal moyillik, quyidagi tamoyillarga asoslangan makroiqtisodiy muvozanatning Keyns modelida ko‘rib chiqilgan:
- iqtisodiy faoliyat darajasi yalpi taklifni emas, balki yalpi talabni belgilaydi;
- ish haqi va narxlar moslashuvchan emas;
- iqtisodiyotda to‘liq bandlik o‘z-o‘zidan ta’minlanmaydi, ishsizlik uzoqqa cho‘zilishi mumkin. Bu iqtisodiyotga davlat aralashuvining sabablaridan biri hisoblanadi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish